Murojaatlarni 1102 raqamli Ishonch telefoni orqali qabul qilish


O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Murojaatlarni 1102 raqamli Ishonch telefoni orqali qabul qilish”reglamenti

1. Xizmatni yoritish (pasport)

1.1. Xizmat nomlanishi.

Murojaatlarni 1102 raqamli “ Ishonch telefoni” orqali qabul qilish.

1.2. Xizmat natijasi

Markazga kelib tushgan murojaatlarning o'z vaqtida, to'liq va qonun talablariga qat'iy rioya etgan holda ko'rib chiqilishini tashkil etish va nazorat qilish, bu borada tezkor axborot almashinuvini ta'minlash orqali fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta'minlash.

1.3. Xizmat ko'rsatish organi

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi.

1.4. Huquqiy asos

O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'RQ-445-sonli Qonuni.

1.5. Xizmatdan foydalanuvchi

O'zbekiston Respublikasining Jismoniy va yuridik shaxslari yoki ularning qonuniy vakillari.

1.6. Ijro muddati

O'zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonundan kelib chiqib, murojaat masalani mazmunan hal etishi shart bo'lgan ichki ishlar organiga kelib tushgan kundan e'tiboran o'n besh kun ichida, qo'shimcha o'rganish va (yoki) tekshirish, qo'shimcha hujjatlarni so'rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi.
Murojaatlarni ko'rib chiqish uchun tekshirish o'tkazish, qo'shimcha materiallarni so'rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko'rish zarur bo'lgan hollarda, ularni ko'rib chiqish muddatlari tegishli ichki ishlar organi rahbari tomonidan, istisno tariqasida asoslantirilgan bildirgi orqali ko'pi bilan bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
Taklif ichki ishlar organiga kelib tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi, qo'shimcha o'rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o'n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.

2. Xizmat oluvchilarga ma'lumot berish

2.1. Ma'lumot xajmi va tarkibi:

Vazirlik sohaviy xizmatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari ko'rib chiqilgan murojaatlar bo'yicha yakuniy javob xatida murojaatda keltirilgan masalaning echimi yuzasidan aniq ma'lumotlar bayon etiladi.

2.2. Batafsil ma'lumot berish

Bir shaxsning aynan bir masala bo'yicha oldingi murojaatiga javob berilmayotganligi haqidagi murojaati agar uni qonunda belgilangan ko'rib chiqish muddati o'tmagan bo'lsa bu haqda muallifga tushuntiriladi.

2.3. Murojaat bo'yicha huquqiy maslahat berish

Markaz xodimlari tomonidan murojaat mualliflariga huquqiy maslahat berilishi ta'qiqlanadi.

3. Xizmat ko'rsatish

3.1. Ish vaqti

Murojaatlar “Ishonch telefoni” orqali tunu kun uzluksiz qabul qilinadi.

4. Xizmat ko'rsatish tartibi


4.1. Xizmat uchun undiriladigan xaq.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish xizmati  – bepul.

4.2. Rad etish asoslari

Muallif tomonidan shaxsiga oid ma'lumotlar berilmagan taqdirda, unga O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi Qonuniga asosan murojaati ko'rib chiqilmasligi tushuntiriladi.

5. Sifatini ta'minlash

5.1. Sifat ko'rsatkichlari

Jismoniy va yuridik shaxslarning ichki ishlar organlariga murojaatlarini amalga oshirishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini samarali ta'minlash.

5.2. Sifatsiz xizmatdan shikoyat etish

Ko'rsatilgan xizmatdan qoniqish xosil qilinmaganida, Jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага