13 Mart 2020 264

“ZIF TEXTILE”da yoshlar shogirdlikdan ishga qabul qilindi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabr` kunidagi mamalakat yoshlari bilan uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yasash, ular bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida belgilab berilgan dolzarb vazifalarning ijrosini ta'minlash hamda ishsiz, bekorchi yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida, joylarda sektor rahbarlari tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazilib, ularning muammolari o'rganilmoqda.

Aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish bo'yicha maqsadli rejalar ishlab chiqilib, asosan yoshlarning ishsizligiga barham berish, ularni kasb-hunarga jalb qilish orqali bandligini ta'minlash choralar ko'zda tutilgan.

Surxondaryo viloyati Termiz tumani hududida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan o'tkazilgan uchrashuvlar davomida ishsiz yoshlar tomonidan daromadi yaxshi bo'lgan ishga joylashish masalalarida 3-sektor rahbari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik Abduvohid Ismoilov tomonidan har bir murojaatlar qabul qilinib, nazoratga olingan edi.

Qariyb ikki oy ilgari ishlash istagani bildirgan yosh yigit-qizlarning 51 nafari “ZIF TEXTILE” mas'uliyati cheklangan jamiyatidagi chevar tikuvchi va bichuvchilarga shogirdlikka qabul qilingan edi.

Ularning barchasi ikki oy davomida ustoz va murabbiylaridan o'zlashtirgan hunarlarini bugun mustaqil o'zi bajara oladigan hunar egasiga aylandi. Ularning har biri bugun “ZIF TEXTILE” mas'uliyati cheklangan jamiyatining ishchisi vazifasiga ishga qabul qilindi.

SHu munosabat bilan “ZIF TEXTILE” korxonasiga tashrif buyurgan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, yoshlarni yangi ishga qabul qilinganligi bilan muborakbod etib ularning kelgusi ishlariga omadlar tiladi.

SHundan so'ng, korxona xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bilan qiziqdi.

Bugun foydali mehnat bilan shug'ullanayotgan yoshlarning o'rni tobora kengayib borayotganligini kuzatishimiz, ular tomonidan yaratilgan mehnatlari mahsuli natijalariga havas ko'zi bilan boqmaslikning iloji yo'qligiga amin bo'lamiz!

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага