21 Fevral 2020 148

YOshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash  – dolzarb vazifa

Davlatimiz Rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida o'zining yorqin tasdig'ini topgani bilan ahamiyatligini, yangi O'zbekistonimiz barcha hamyurtlarimiz, ayniqsa, yoshlar bilan birgalikda barpo etilayotganligiga alohida e'tibor qaratdi.

Ushbu dasturilamal hujjatda qayd etilgan ustuvor vazifa –“jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashda hech kim chetda turmasligi, “O'z bolangizni, o'z uyingizni, o'z Vataningizni ko'z qorachig'idek asrang!” degan shior odamlarimiz qalbidan chuqur joy olishi kerak”ligi har birimizning jonajon Vatanimiz, kelajak avlodlarimiz oldidagi fuqarolik burchimiz va mas'uliyatimizdir.

Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimizda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”, “Jaholatga qarshi – ma'rifat” degan ustuvor g'oyalarni ijtimoiy hayotda qaror toptirishda yoshlarni vatanparvar, mard va jasur, sadoqatli va ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ushbu ustuvor vazifaning mohiyatidan kelib chiqib, IIV Malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari joylarda o'tkazilayotgan sayyor o'quv yig'inlari doirasida ta'lim muassasalarida “O'z bolangizni, o'z uyingizni, o'z Vataningizni ko'z qorachig'idek asrang!” shiori ostida “Yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash – dolzarb vazifa” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlarni ham uyushtirishmoqda. 

Xususan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi 2-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida o'tkazilgan tadbirda “vatanparvarlik – har bir davlat hayotining ma'naviy asosi” hisoblanishi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo'lishi haqida so'z yuritildi.

Shuningdek, yoshlarda yuksak ma'naviyat va qonun ustuvorligi asosida yashash, el-yurtga sadoqat, adolat, halollik va jasorat kabi olijanob fazilatlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga alohida e'tibor qaratildi.

– Poytaxtimizdan kelgan professor-o'qituvchilar tomonidan maktabimizda o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bizlar uchun katta saboq bo'ldi, – dedi ushbu maktabning 9-sinf o'quvchisi Farangiz Saburova. – Tadbirda yurtimizda biz yoshlarga yaratilayotgan sharoitlardan samarali foydalanish, tinchlikni qadriga etishimiz, ushbu bebaho ne'matni saqlashda nima ishlar qilishimiz lozimligi to'g'risida aniq misollar bilan tushuntirildi. Bunday tadbirlarning muntazam o'tkazilishini xohlar edik, negaki ular orqali biz bilimlarimizni ham oshirdik. Tashkilotchilarga katta rahmat.

– Prezidentimiz har bir chiqishida yoshlarga keng yo'l ochish, ilm-ma'rifat egallashimiz uchun munosib sharoit yaratish lozimligiga e'tibor qaratadi. Bugun maktabimizga poytaxtdan kelgan mutaxassislar tomonidan o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tengdoshlarim qatori, menda ham katta taassurot qoldirdi, – deydi Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani 17-sonli umumta'lim maktabining 11-sinf o'quvchisi Otabek Avazberdiev. – YUrtimizda hukm surayotgan tinchlikning qadriga etishi, uni asrab-avaylashga hissa qo'shishda har bir kishining mas'uliyati, burchi haqida tushunchalar berildi hamda o'tkazilgan viktorina orqali biz o'zimizga tegishli ma'lumotlarni oldik. Ayniqsa, “Halollik vaktsinasi”, “halollik” deganda nimani tushunasiz?” degan savollarga o'quvchilarning turli yondashuvlari bilan bahs-muzokaraga aylanib ketdi. Bu tadbirni tashkil etgan Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga, Malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilariga minnatdorchilik bildirib qolamiz. 

– Bugungi tadbirda ta'kidlanganidek, O'zbekistonda yashayotgan har bir insonning qalbida vatanparvarlik, Vatanga daxldorlik hissi jo'sh urib turishi kerak, – deydi Qashqadaryo viloyati Nishon tumani 2-sonli umumta'lim maktabining 11-sinf o'quvchisi Durdona Ziyaboeva. – Darhaqiqat biz yoshlar ajdodlarimiz orzu qilgan huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyatida yashab, o'qib o'rganyapmiz. Ulug' ne'mat mustaqilligimiz tufayli yaratilgan mana shunday shart-sharoitlar uchun bugun a'lo o'qishga, namunali xulq egasi bo'lishga, Vatan ravnaqini doimo ko'klarga ko'tarishga bor kuch-g'ayratlarini safarbar etishimiz lozimligiga yana bir bor amin bo'ldim.

Ayniqsa, maktab o'quvchilari o'rtasida “YOshlarning ma'naviy va ma'rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish – davr talabi” mavzusida o'tkazilgan viktorina katta taassurot qoldirdi. 

Hay'at a'zolari o'quvchilarning faol ishtiroki hamda bilimlari yuzasidan ijobiy fikr bildirib, yuqori o'rinlarni egallagan jamoa a'zolariga esdalik sovg'alari topshirildi. 

Bundan tadbirlar Xorazm viloyatidagi bir qator ta'lim muassasalarida ham o'tkazildi.

Institut professor-o'qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o'quv yig'inlari, seminar-treninglar, ta'lim muassasalarida targ'ibot tadbirlari hamda kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg'iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti 

 

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага