10 Mart 2020 297

YOshlarga ekin er maydonidan foydalanish huquqini beruvchi “Sertifikat”lar topshirildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabr` kuni Muhammad al-Xorazmiy nomli maktabida o'tkazgan Yoshlar bilan uchrashuvi jarayonida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida, yoshlarning bandligini ta'minlash uchun kechiktirib bo'lmaydigan vazifalar belgilanib, sektor raxbarlari tomonidan yoshlar bilan doimiy muloqot qilish amaliyoti yo'lga qo'yilib, viloyat Halq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabr` kunidagi mamalakat yoshlari bilan uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yasash, ular bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida belgilab berilgan dolzarb vazifalarning ijrosini ta'minlash to'g'risi”dagi Qaroriga asosan viloyatda 2020 yil davomida ishsiz yoshlarni bandligini ta'minlash bo'yicha “Manzilli reja” ishlab chiqildi.

Shunga asosan, 2020 yil davomida yoshlarni bandligini ta'minlash bo'yicha Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i tomonidan joylarda yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Viloyat IIB boshlig'i polkovnik Abduvohid Ismoilov rahbarligida 3-sektor rahbarlari bilan birgalikda 2020 yil uchun chora-tadbir belgilanib, har bir ishsiz yoshlarni individual o'rganish va ularning muammolarini hal etish maqsadida viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarni 3-sektorlar va boshqa sektorlarda istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlarga biriktirib chiqilgan edi.

Biriktirilgan yoshlar o'rtasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida, Jarqo'rg'on tumani “Mehnat-rohat” MFY hududida uzoq yillardan buyon qarovsiz bo'lgan er maydoniga texnik ishlovlar berilib, ekin ekishga qulay bo'lgan ekin maydoniga keltirildi.

Ekin ekishga qulay bo'lgan 4 gektar er maydoni tuman Ichki ishlar bo'limi boshlig'i tashabbusi bilan olinib, mazkur er maydoni dehqonchilik bilan shug'illanish uchun tuman hokimligining 18 nafar yoshlarga to'lovlarsiz bir yil muddatga foydalanishlari uchun sertifikatlari topshirildi.

Buning natijasida har bir yoshlarga ajratilgan ekin er maydoniga qo'shimcha bir yoki ikki nafardan yoshlar jalb etilsa, o'ttizdan ziyod yoshlarning, qolaversa ularning oila a'zolarining bandligi ta'minishiga, shuningdek oilaning daromadi ortishiga o'z hissasini qo'shadi.

Boshqarma boshlig'i tomonidan yoshlarga ekin er maydonlaridan foydalanish huquqini beruvchi tuman hokimligining “Sertifikati”ni topshirish bilan birga sevib o'qishlari uchun badiiy kitoblar ham sovg'a qilindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага