14 Mart 2020 232

YOsh xodimlar diqqat markazida

Namangan viloyati IIBning majlislar zalida boshqarma boshlig'ining o'rinbosari raxbarligida muxokama yig'ilishi o'tkazildi. Unda viloyat IIBning barcha sohaviy xizmat raxbarlari o'rinbosari va yoshlar yetakchilari  ishtirok etishdi. Yig'ilishda dastlab boshqarma boshlig'ining o'rinbosari Podpolkovnik H.T.Ortiqov so'zga chiqib, Prezidentimiz 2019 yilning 27 dekabr` kuni yoshlar bilan uchrashuvlari chog'ida “2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo'ladi”, “Yangi O'zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz” degan katta ishonchlari, o'z o'zidan har bir xodimning zimmasiga katta mas'uliyat ham yuklagani haqida ta'kidlab o'tdi. 

Hamkasblariga nisbatan o'rnak va namuna bo'lib kelayotgan yosh xodimlar e'tirof etilib, ular safini kengaytirish borasida etakchilarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, tizimdagi faoliyati davomida xizmat vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan yondoshgan, ahloqsizligi, bilim darajasini pastligi, xizmat vaqtida hushyorlikni yo'qotgani va boshqa intizom buzish holatlariga yo'l qo'yganligi uchun intizomiy jazoga tortilgan yosh xodimlar muhokamasi bo'lib o'tdi. Muhokama davomida bunday xodimlar qattiq tanqid ostiga olinib, bu kabi holatlarni bartaraf etishda vijdonan ish olib borish lozimligi haqida yig'ilganlarga qat'iy topshiriq berildi. 

Shu o'rinda aytib o'tish joizki, hozirgi kunda viloyat IIB va uning sohaviy xizmatlarida jami 533 nafar yosh xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ish sifatini yanada oshirish hamda ijtimoiy qullab-quvvatlash maqsadida yosh xodimlarga imtiyozli kreditlar asosida uy-joylar, avtomashinalar, moddiy va ijtimoiy yordamlar berilib, ularning xalq uchun kunu-tun xizmat qilishlari, xalqning ichida yurib ishlashi uchun katta qulayliklarni yaratmoqda. O'tkazilgan muhokama yig'ilishi yakunida ham berilayotgan imkoniyat va sharoitlardan oqilona foydalanib ish olib borish kerakligi, yuqoridagi salbiy vaziyatlardan har kim o'zi uchun kerakli hulosa olishi lozimligi xodimlarga tushuntirildi.  

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага