14 May 2020 456

Toshkent shahar IIBB xodimlari jinoyat sodir etganliklari uchun qidiruvda bo'lgan shaxslarni qo'lga olishdi

Jinoyat kodeksining 169-moddasida (“O'g'rilik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun 2018 yili Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan qidiruvga e'lon qilingan 35 yoshli muqaddam sudlangan Ulug'bek D. 6 may kuni Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan qo'lga olindi. Sud qo'lga olingan shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo'lladi.

Jinoyat kodeksining 104-moddasida (“Qasddan badanga og'ir shikast etkazish”) ko'rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Surxondaryo viloyati, SHo'rchi tumani IIB tomonidan qidiruvga e'lon qilingan 29 yoshli Sobir X. 12 may kuni Toshkent shahar IIBB va Surxandaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan Toshkent shahri YAshnobod tumanida qo'lga olindi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага