12 May 2020 304

Toshkent shahar IIBB O'zbekiston Respublikasi IIV Birlashgan tahririyati rahbariyati va jamoasini “Postda” – “Na postu” gazetalari tashkil etilganining 90 yilligi munosabati bilan tabriklaydi!

Yillar davomida gazeta huquqni muhofaza qilish organlarining jamiyatdagi o'rni, idoraning maqsadi va vazifalari haqidagi ishonchli ma'lumotlar manbai sifatida tanildi. Nashrlar sahifalarida muntazam ravishda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlarining xizmati, odamlarni o'z jonlarini ayamasdan himoya qilgan qahramonlar haqida so'zlab beriladi.

Doim zamon bilan hamnafas bo'lishga harakat qilayotgan tahririyat jamoasi, gazeta sahifalarida qonunchilikdagi islohotlar haqida ham so'zlab, qonunchilik targ'iboti va fuqarolarning huquqiy ongini oshirishda katta hissa qo'shmoqdalar.

Karantin kunlarida tahririyat jamoasi o'quvchilarni axborot vakuumida tashlab qo'ymadi va tezda faoliyatni internet tarmog'ida davom ettirishni yo'lga qo'ydi.

Toshkent shahar IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkibi “Postda”-“Na postu” gazetasini 90 yilligi bilan tabriklaydi va ularga ravnaq, farovonlik va sadoqatli o'quvchilari ko'payishini tilab qoladi.

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага