29 Aprel 2020 622

Tayziqqa uchragan yana bir ayolga YAngier shahar IIB tomonidan «Himoya orderi» berildi

YAngier shahar IIB HPB XQMB katta inspektori mayor YU.A.Boymatova va "Binokor" mahallasi mutahassisi N.Jiyanbekovalar ishtirokida YAngier shahar IIB ga ariza bilan murojaat qilgan Bog'ishamol ko'chasida yashovchi fuqaro Q.S. turmush o'rtog'i S.X. doimiy ravishda unga tayziq o'tkazib kelayotganligi uyidan ko'chaga doimo chiqarib ko'yayotganligi bo'yicha «Himoya orderi» so'rab murojaat qilgan.

Ushbu fuqaroning uyiga borib o'rganilganda, unga nisbatan muntazam ravishda turli xil so'zlar bilan haqorat qilayotganligi, urib ko'chaga chiqarib qo'yayotganligi ma'lum bo'ldi. O'rganish davomida bu oila murosaga keltirildi. Fuqaro Q.S. ning turmush o'rtog'i aybiga iqror bo'lib, pushaymonligini bildirdi. Ularni yarashtirib kelgusida yana shunday holat bo'lgan taqdirda qat'iy qonuniy chora ko'rilishi to'g'risida ogohlantirilib, unga nisbatan rasmiy ogohlantirish tuzilib, fuqaro S.K.ga «Himoya orderi» berildi va huquqlari tushuntirib o'tildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага