16 May 2020 443

Talofatdan jabr ko'rgan aholiga fuqarolik pasportlari berish ishlari boshlab yuborildi

Avval xabar berganimizdek, Sardoba suv ombori to'g'oni yorilishi oqibatida Sardoba, Oqoltin hamda Mirzaobod tumanlaridagi aholi yashash xonadonlariga zarar etdi. Ko'plab fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yaroqsiz holga keldi yoki toshqin oqibatida oqib ketdi. SHu bois, Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi xodimlari tomonidan ushbu hududlarda yashovchi aholi taftishdan o'tkazilib, yaroqsiz holga kelgan yoki yo'qolgan pasportlarni tiklash masalasi yuzasidan ishlar boshlab yuborildi.

Sirdaryo viloyati MvaFRB xodimlari tomonidan toshqin natijasida yaroqsiz holga kelib qolgan yoki toshqinda yo'qolgan pasportlar ro'yxatlari tuzilib, fuqarolarga biometrik pasportlar rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu rasmiylashtirilgan pasportlarni o'z vaqtida tayyorlab, hududlarda yashovchi fuqarolarga olib borib, yashash hududlarining o'zidayoq topshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

SHuningdek, viloyat MvaFRB xodimlariga ish jarayonida ko'mak berish maqsadida Toshkent viloyati IIBB MvaFRB ga qarashli maxsus “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida manzilli xizmat ko'rsatish” avtomashinasi toshqin bo'lgan hududlarga borilib, shu erning o'zida aholiga birma-bir pasportlar rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага