16 Aprel 2020 502

SHirin shahar hududida Koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar olib borilmoqda

SHirin shahar hududiga Koronavirus epedemiyasini kirib kelishini oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, shaxar hududiga 3 tomondan kirishi mumkin bo'lgan joylarga blok-postlar tashkil etilib, ushbu postlarda IIB, tibbiyot birlashmasi, SeOM va xarbiy qism xodimlaridan iborat sutkalik naryadlar tashkil etilgan. Ular shahar hududiga kirib kelayotgan fuqarolar va avtomashinalarni har biri ro'yxatga olinib kelinmoqda.

SHu kunga qadar shahar xududida Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish davomida 180 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik kodeksining 54-moddasiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy hal etishlik uchun shahar SeOM ga yuborilgan.

Uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olingan 43 nafar fuqarolardan 5 nafari karantin qoidalarini buzganligi uchun ularga nisbatan ma'muriy hujjatlar to'planib, qonuniy hal etish uchun Ma'muriy ishlar bo'yicha SHirin shahar sudiga yuborildi. Ushbu sud tomonidan ularning 3 nafariga ma'muriy qamoq va 2 nafariga jarima jazosi tayinlagan.

SHahardagi 3 ta blok-postlarda shu kunga qadar 25 ta avtomashinalardan 4 tasi mast holatda, qolgan 21 tasi tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun shahardagi 1-sonli jarima maydoniga joylashtirilgan.

Karantin qoidalarini buzish bilan bog'liq holatlarni aniqlash va huquqbuzarlarga nisbatan ta'sir choralari ko'rish chora-tadbirlari davom ettirilmoqda.

YUrtdoshlarimizdan karantin qoidalarini buzmasliklarini qat'iy talab qilamiz.

eslatib o'tamiz! Sirdaryo viloyati IIB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan karantin tartib-qoidalarini buzilishini aniqlash bo'yicha o'tkazilayotgan reyd tadbirlari fuqarolarimizni ushbu sinovli kunlardan sog'lig'ini saqlashga qaratilgan.

Uyda qoling, o'zingiz va oila a'zolaringizni asrang.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага