11 Mart 2020 435

Qumqo'rg'onda yoshlar uchun bo'sh ish o'rinlari yaratiladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabrdagi "Mamlakat yoshlari bilan uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yasash, ular bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida belgilab berilgan dolzarb vazifalarning ijrosini ta'minlash to'g'risi”dagi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, 2020 yil davomida Surxondaryo viloyati hududida istiqomat qiluvchi ishsiz yoshlarni bandligini ta'minlash borasidagi keng ko'lamli ishlar davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining galdagi yoshlar bandligini ta'minlash bo'yicha uchrashuvi Qumqo'rg'on tumani “Bobolochin” mahallasi hududida faoliyat olib borayotgan “Botirali” ko'p tarmoqli xususiy korxonasida bo'lib o'tdi.

Jazoni ijro etish muasassasidan ozod etilib, hozirgi kunda Qumqo'rg'on tumani ichki ishlar bo'limi Probatsiya hisobida turgan 20 nafar hamda 10 nafar uyushmagan yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida, “Botirali” ko'p tarmoqli xususiy korxonasida yangi bo'sh ish o'rinlari tashkil qilinib, qurilish va ishlab chiqarish yo'nalishlariga ishga qabul qilindi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i tomonidan yoshlarga ushbu korxonaga ishga qabul qilinganligi to'g'risidagi sertifikatlar tantanali topshirildi.

SHundan so'ng, viloyat IIB boshlig'i, tuman hokimi hamda boshqa mutasaddilar hamrohligida yaqin kelajakda quriladigan bozor va inshootlar maydonlarini ko'rishib, yaratiladigan bo'sh ish o'rinlari bo'yicha o'zaro fikr almashishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага