15 May 2020 156

Puxta egallangan nazariy bilimlar qonun ustuvorligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi

Barchamizga ma'lumki bugungi kunda jamiyatimizda tinchlik osoyishtaliklikni ta'minlash va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishda ichki ishlar organlari bilan bir qatorda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari ham samarali xizmat olib bormoqdalar.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchi hamda xodimlarining jinoyat va huquqbuzarlikka qarshi kurash borasidagi nazariy bilimlarini yanada oshirish, ularning bu boradagi kasbiy mahoratlarini yuksaltirish borasida Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi  boshqarmasining malakali xodimlari tomonidan seminar-treninglar o'tkazilmoqda.

“Ma'muriy huquqbuzarlik: uning turlari”, “Ma'muriy javobgarlik”, “Ma'muriy jazo choralari”, “Ma'muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish”, “Ma'muriy-protsessual hujjatlarni tayyorlash”, “Ma'muriy huquqbuzarlarni hisobga olish”,  “Huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish”, “Voyaga etmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish”, “Jamoatchilik nazorati maskanlaridan samarali foydalanish usullari”, “Huquqbuzarlikka qarshi kurashda ma'muriy organlar hamkorligi” nomli mavzular ostida tashkil etilayotgan ushbu seminar-treninglar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasidagi faoliyatlarida qonun ustuvorligini ta'minlashda muhim o'rin tutishi shubhasiz.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага