13 May 2020 130

Profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va Davlat soliq inspektsiyasi xodimlaridan iborat ishchi guruh a'zolari Jizzax shahar hududida koronavirus pandemiyasini tarqab ketishini oldini olishga qaratilgan targ'ibot tadbiri o'tkazishdi.

Dastlab, ishchi guruh a'zolariga Jizzax shahar hokimi hamda Jizzax shahar ichki ishlar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i tomonidan xizmat oldi yo'riqnomalari berildi.

SHundan so'ng koronavirus infektsiyasining oldini olishga qaratilgan targ'iboti tadbirlari boshlanib, ishchi guruh a'zolari avtomobil ehtiyot qismlari do'konlari, qandolat, shirinlik ishlab chiqaruvchi tsexlar, sanoat korxonalari, sartaroshxona va shu kabi jamoat to'planishi mumkin bo'lgan joylarga tashrif buyurishdi.

Aytish joizki, ushbu jarayonlarda mas'ullar tomonidan maishiy xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish korxonalarining eshik va derazalarining tutqichlari maxsus bint bilan o'ralib, doimiy zararsizlantiruvchi vositalar sepib turishligi, har kuni xodimlarning tana harorati o'lchanib maxsus jurnalga qayd etib borishligi borasida tavsiya va ko'rsatmalar berildi. Agarda tana harorati yuqori bo'lgan xodimlar aniqlangan taqdirda karantinga olinib, mutaxassis shifokorlar nazoratiga olinishi, shuningdek, ishlash vaqtida xodimlar oraliq masofani saqlash, sanitariya-gigiena qoidalari to'liq amal qilish, rezina qo'lqoplar, tibbiy niqoblardan foydalanish zarurligi ta'kidlandi.

Tadbirlar davomida 130 dan ziyod savdo do'konlari ko'zdan kechirilib, karantin qoidalariga amal qilmagan, sanitariya qoidalarini buzgan 31 nafar savdo faoliyati bilan shug'ullanuvchi fuqarolarga ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.   

Darhaqiqat, koronavirus infektsiyasining oldini olishga qaratilgan bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda. 

 Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага