18 May 2020 106

Poezdlarda sanitariya talablari doirasida harakatlanish nazorat qilinmoqda

O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil  14 may kunidagi №23 sonli bayonnomasiga asosan, Karantin davrida mahalliy yo'nalishlarda temir yo'l qatnovlarini yo'lga qo'yishning Vaqtinchalik tartibi belgilandi va unga ko'ra joriy yil 18 may kunidan boshlab, karantin  davrida mahalliy yo'nalishlarda avia va temir yo'l qatnovlarini amalga oshirish boshlandi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 18 may kuni Toshkent transport prokuraturasi katta tergovchisi A.V.Sadigov, Toshkent transport prokuraturasi prokuror yordamchisi S.Karimova va Toshkent mintaqasi temir yo'l transportida Xavfsizlikni ta'minlash Boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi boshlig'i podpolkovnik U.N.Abdullaev, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi inspektorlari podpolkovnik F.R.Umarov, katta leytenant U.E.Samandarov hamda katta leytenant B.F.Muxamadjonov, leytenant U.SHamsievlar tomonidan joylarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan Toshkent-Markaziy temir yo'l vokzali chiptaxonasida hamda vokzal hududida yo'lovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, yo'lovchilarning belgilangan manzilga xavfsiz etib olishlari uchun qilingan ishlar bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berib  o'tildi.

Mazkur profilaktik tadbirda asosiy e'tiborni yo'l chiptaxonalariga barcha fuqarolar niqob va tibbiy qo'lqob bilan tana xarorati o'lchangan holda kirish ta'qiqlanganligi qat'iy belgilab qo'yilganligini, temir yo'l chiptaxonalari hamda vokzallarida sutkasiga uch marotaba dizenfektsiya ishlari amalga oshirilishi, vokzal hududiga kirish qismida yo'lovchilar uchun dizenfektsiya  tunneli tashkil qilinganligi, yo'lovchi vokzalga kirish qismida o'zi bilan taqib kelgan niqob hamda tibbiy qo'lqoblarni maxsus ajratilgan idishlarda qoldirib, yangi niqob hamda tibbiyot qo'lqoblari bilan ta'minlanishi shuningdek tana xarorati 36.6 S dan oshmagan yo'lovchilar vokzal hududiga kirishi ta'minlanishi yuzasidan ko'rsatmalar berib o'tildi. 

Temir yo'l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo'lovchilar sonini kamaytirish, dezinfektsiya qilish va boshqa sanitariya talablarini so'zsiz bajarilishi ta'minlanishi ta'kidlab o'tildi.

Shuningdek, poezlarga chiqayotgan yo'lovchilar uchun muhim shartlaridan biri Sanitariya-epidemiologiya markazi tomonidan koronavirus infektsiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan ko'p bo'lmagan va tahlil natijasi «manfiy» ekanligi haqidagi ma'lumotnomaga ega bo'lishlari kerak. Temir yo'l vokzallari hududiga hamda temir yo'l transportiga kirganda, barcha yo'lovchilar bir martalik tibbiy himoya niqoblari va qo'lqoblarda bo'lishlari, temir yo'l vokzallarida ijtimoiy masofani saqlashlari hamda yo'naltiruvchi maxsus tasmalar bo'ylab harakatlanish shartlari ishlab chiqildi. Yo'lovchilar poezd vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirilib, o'z manzillariga yuborildi. 

IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага