19 May 2020 470

Jazoni ijro etish muassasalari hamda tergov hibsxonalarida posilka va banderollar qabul qilina boshlandi

O'zbekiston Respublikasida koronavirusning tarqalishini oldini olish bo'yicha maxsus komissiyaning 6 maydagi yig'ilish bayoniga asosan, joriy yilning 8 may kunidan boshlab Respublika hududi 3 toifaga (qizil, sariq, yashil) bo'linib, karantin bo'yicha cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi belgilandi.

O'zbekiston Respublikasi Sanitariya – epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Sanitariya – epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi mutaxassislari tavsiyalaridan kelib chiqqan holda, jazoni ijro etish tizimida koronavirus infektsiyasini “SOVID-19” tarqalib ketilishini oldini olish borasidagi tadbirlarni kuchaytirish bilan birga, jazoni ijro etish muassasalari hamda tergov hibsxonlarida saqlanayotgan maxsus kontingentning qonuniy huquq va erkinliklarini ta'minlashni taqozo etmoqda.

YUqoridagilardan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi talabalari hamda jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan maxsus kontingentning qonuniy huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadida tizimdagi barcha jazoni ijro etish muassasalari hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan maxsus kontingentning qarindoshlari tomonidan yuborilayotgan posilka va banderol faqatgina pochta xizmatlari orqali qabul qilinishini ma'lum qilamiz.

IIV JIeBB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага