14 May 2020 617

Plastik kartani birovning qo'liga berishning oqibati

13 may kuni Asaka tumani IIBga “Niyozbotir” mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi A.R. ariza bilan murojaat qilgan. Arizada aytilishicha, 5 may kuni soat 11:00 larda “Hamkorbank” ATB Asaka tuman filiali oldida SHahrixon tumani, SHahrixon mahallasida yashovchi D.X. ga hisobida 5 319 000 so'm puli bo'lgan bank plastik kartasini naqdlashtirib berish uchun bergan. Vaqt o'tib, D.X. plastik kartasidagi pullarni o'z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani ma'lum bo'lgan. Jabrlanuvchi firibgarlik yo'li bilan plastik kartasini qo'lga kiritgan D.X. ga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'rab ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Xodimlarning tezkor tadbirlari natijasida D.X. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага