17 May 2020 719

O'tkan kunlar: chorraha qirolichasi

Bir vaqtlar poytaxtda sinov tariqasida yo'llarda tartibni nazorat qiladigan ayollar bo'linmasi tashkil etilgan edi. Ayollar zarur ko'nikmalarni tezda o'zlashtirib, markaziy ko'chalardagi harakatni tartibga solishni boshladilar. Ular orasida kichik serjant Nigora Jo'raboyeva ham bor edi. YOsh va iste'dodli Nigora maktab davridanoq ushbu kasbga katta qiziqish bildib, "Svetofor" viktorinalarida faol ishtirok etardi.

Bo'lajak chorraha qirolichasi 1956 yilda Toshkent viloyatida oddiy oilada tavallud topgan. Ota-onasining qarshiligiga qaramasdan, Nigora ichki ishlar organlarida xizmat qilishga qat'iy qaror qildi. Maktabni bitirgach, u bir muddat Toshkent viloyati CHinoz tumanidagi o't o'chiruvchilarning ixtiyoriy jamiyatida instruktor bo'lib ishladi, 1976 yilning iyul` oyida esa ichki ishlar organlarida – Toshkent shahar IIB davlat yo'l harakati politsiyasi bo'limining 1-son yo'l inspektsiyasining alohida bo'limi inspektori sifatida ish boshladi.

Nigora Toshkent ichki ishlar organlari maktabini yakunlab, 1991 yilda hozirgi O'zbekiston Milliy universitetining huquqshunoslik fakul`tetini muvaffaqiyatli tugatgan. Uning do'stona tashqi ko'rinishi, odamlar bilan muloqot qilish qobiliyati, tartibsizliklarga murosasiz munosabati, qat'iy qarorlar qabul qilishi Toshkent aholisi va rahbariyat e'tiborini tortdi. Xizmat davomida Juraboeva bir necha bor Ichki ishlar vazirligi va mamlakat rahbariyati tomonidan rag'batlantirilgan.

SHahar yo'llaridani tartibni nazorat qilib turgan xodimani ko'rgan haydovchilar yo'l qoidalarini qasddan buzib, yo'l-patrul xizmati xodimasi bo'lgan Nigora bilan gaplashmoqchi bo'lishardi. Ko'plab gazetalarda ayollar bo'limining paydo bo'lishi haqida yozilganiga va ko'pchilik buni bilishiga qaramsdan, haydovchilar uchun uni o'z ko'zi bilan ko'rish butunlay boshqacha tuyulardi.

- U paytlarda ishlash oson emas edi, hozirgi texnikalar yo'q edi. Uyga o'zimiz etib olar edik, – deb eslaydi Nigora Abdurahmonovna. – Bugun esa kasbiy rivojlanishimda menga yordam bergan ustozlarimni iliqlik bilan yodga olaman. Xizmatimning boshida Alijon Alashev va Abdumalik Yo'ldoshev kabi ustozlar ayollar bo'linmasini boshqarganlar. Ular menga kerakli tavsiyalar berib, kasb sirlarini o'rgatar edilar.

Poytaxt Ichki ishlar boshqarmasining davlat yo'l harakati inspektsiyasi bo'limiga Respublika IIV DAI jamoat tartibini saqlash politsiyasi inspektori sifatida xizmatga kirgan Nigora Abdurahmonovna 27 yil faoliyat yuritdi. Keyinchalik u yana bir necha yil davomida Axborot markazida inspektor lavozimida ishladi. Bu ajoyib ayolning xizmatlariga munosib baho berildi: 2009 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan u "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlandi. Ichki ishlar organlaridagi 36 yillik xizmatidan so'ng, Nigora Jo'raboeva podpolkovnik unvonida iste'foga chiqdi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага