23 May 2020 89

Nurafshon shahar IIB xodimlari extiyojmand oilalarga bayram sovg'alari bilan birga mehr ulashishdi

Ramazon kunlarida odamlarga yaxshilik qilish, saxovat ko'rsatish, ko'mak berish – azaldan qadriyatimizga aylangan. “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakati bilan bu yanada uyg'unlashdi.

Nurafshon shahar IIB boshlig'i boshchiligida xodimlar, muborak Hayit bayrami munosabati bilan “Oppoq”, “YUksalish”, “Taraqqiyot”, “Birlik” va “CHig'iriq” hamda “Hurriyat” mahalla fuqarolari yig'inida yashovchi kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalarning 30 nafariga oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlar hamda bayram sovg'alari bilan birga mehr ulashishdi.

Hozirda ushbu muborak bayram hamda “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakati doirasida Toshkent viloyati IIBB rahbariyatidan boshlab har bir xodim, viloyat va 3-sektor hududlarida istiqomat qilayotgan kam ta'minlangan, vaqtinchalik ishini yo'qotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, saxovat sovg'alarini etkazilmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati 

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага