21 Fevral 2020 591

Navoiyda “YOshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish: muammolar, echimlar va vazifalar” mavzusida ilmiy - amaliy konferentsiya o'tkazildi

Joriy yilning 21 fevral kuni Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da “Yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish: muammolar, echimlar va vazifalar” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya bo'lib o'tdi. Unda Navoiy viloyat hokimi Senator Q.Tursunov, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisi, Markaziy harbiy okrug qo'mondoni, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bo'limi mudiri, Navoiy viloyati sektor rahbarlari, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, Navoiy Davlat Pedagogika instituti professor-o'qituvchilari Akademik litsey o'qituvchi va o'quvchilari qatnashdilar. 

Viloyatimiz aholisi va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda qat'iy fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish borasida “Navoiy viloyati tajribasi”ga oid yangi tizimni joriy etish, bu orqali viloyatdagi barcha davlat va jamoat tashkilotlari, hududiy davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda huquqni muxofaza qiluvchi idoralar, ta'lim muassasalari, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, harbiy qism va muassasalar, aholi va yoshlar bilan olib borayotgan ta'lim-tarbiyaviy, ma'naviy- ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Navoiy viloyatida aholi va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish tizimini joriy etish borasida kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 

Mas'ul tashkilot rahbarlari o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etib, YOshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta'lim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz fuqarolarini, davlat va nodavlat, notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg'ularini singdirish maqsadida “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Markaziy harbiy okrug oldida turgan dolzarb vazifalar”, “Harbiy vatanparvarlik va ma'naviyat: muammo va echimlar”, “Aholi va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jinoyatchilikni oldini olish muhim shart sifatida: dolzarb vazifalar”, “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasida huquqiy axborotning ahamiyati”, “Umumta'lim maktablarida harbiy-vatanparvarlik tarbiya masalasi: dolzarb muammo va vazifalar”, “Tarixiy asarlarda vatanparvarlik g'oyalari”, “Faxriy jangchilarning yoshlar tarbiyasidagi o'rni” to'g'risidagi ma'ruzalarda fikr almashildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati 

 

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага