19 May 2020 80

Navoiyda viloyat IIB 3-sektor tashabbusida olis Nurota tumanida navbatdagi saxovat tadbiri o'tkazildi

Saxiylik hamda birdamlik insonlar o'rtasida mehr-oqibatni kuchaytiruvchi eng ezgu va olijanob fazilatlardan biridir. Bunday ulug' qadriyatni teran his etgan dono xalqimizning bag'rikengligi o'zining amaliy natija va samaralarini ko'rsatmoqda. Ayniqsa, sinovli kunlarda bir-biriga tutashgan mehr qo'llari har qanday kulfatni engishda yordam berayotgani ayni haqiqat. Navoiy viloyati IIB tashabbusi doirasida o'tkazilayotgan xayriya ishlarining bardavomligi ham xalqning mushkulini oson qilib, xonadon vakillarining duosiga sabab bo'lmoqda. 

Xususan, viloyat IIB tashabbusi doirasida 3-sektor hududiga qarashli Nurota tumanida o'tkazilgan navbatdagi saxovat tadbiri ham tuman hokimligi, IIB hamda ko'ngilli homiylar hamkorligida tashkil etildi. Tadbir doirasida kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo'qotgan oilalar holidan xabar olinib, 70 ga yaqin xonadonga 200 dan ortiq mayda shoxli mollar tarqatildi. Karantin davrida ayrim cheklovlar sabab, ba'zi oilalarda yuzaga kelgan iqtisodiy etishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida, tuman mahallalar kesimida muhtoj oilalar ro'yxati shakllantirilib, 500 dan ortiq oilalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmon vositalari bilan ta'minlandi. 

SHuningdek, aholining bandligini ta'minlash maqsadida, 50 nafar ishsiz fuqarolarga kooperatsiya asosida er-joy ajratib berilib, ularning dehqonchilik asosida iqtisodiy turmushini tiklashlariga ko'mak bo'ldi.

Bugun saxovatpesha insonlarning beminnat xayriyasidan ko'makka muhtoj oilalarning ko'ngillari nurafshon. Ularning ro'zg'orini but qilishda oz bo'lsada o'z hissasini qo'shayotgan soha xodimlari esa doimo xalq xizmatida.  

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

 

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага