14 Mart 2020 252

Navoiyda profilaktika kunlari doirasida maktablarda harbiy- vatanparvarlik tadbirlari o'tkazilmoqda

YOshlarni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, shu yurtga daxldorlik tuyg'ularini shakllantirish , yurtimizning mudofaa hamda ichki xavfsizlik qudratini o'sib  kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish maqsadida Karmana tumanidagi 3-sonli umumta'lim maktabida keng qamrovli profilaktika tadbirlari tashkil etildi. Viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda yuzlab yoshlar faol ishtirok etishdi. 

“Bu kabi tadbirlar yoshlar o'rtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari harbiy sohaga qiziqishi bo'lgan yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashda bu kabi targ'ibotlarning alohida o'rni bor. Biz mazkur yo'nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirib har bir yosh bilan alohida ishlashni maqsad qilganmiz. Ishonaman bu albatta kelajakda o'zining ijobiy natijasini berib hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga muhim omil bo'lib xizmat qiladi.”-deydi viloyat IIB boshlig'i o'rinbosari polkovnik U.Adizov.

Darhaqiqat, tizim mutassadilari tomonidan o'tkazilayotgan mazkur tadbirlar yoshlar o'rtasida sog'lom muhitni shakllantiribgina qolmay, ularni haqiqiy vatanparvar yoshlar qilib tarbiyalashda alohida ahamiyatga ega.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati  

 

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага