27 Mart 2020 567

Navoiyda karantin talablariga rioya qilmagan hamda himoya niqoblarini taqmagan fuqarolarga ma'muriy choralar ko'rilmoqda

Nafaqat Navoiy viloyatida balki respublikamizning barcha hududlarida koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilganligiga qaramasdan Navoiy shahar hududida ba'zi bir fuqarolarimiz tomonidan “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” qabul qilingan Hukumat qaroriga amal qilmaslik holatlari uchrab turibdi. Hozirgi kunga qadar karantin qoidalarini buzgan hamda jamoat joylarida himoya niqoblarini taqmagan 120 ta holat bo'yicha ma'muriy javobgarlik masalalari ko'rilgan.

Bugun viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshkarmasi, Patrul`-post xizmati va Milliy gvardiya Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tabdirlar o'tkazildi. Undan ko'zlangan maqsad  aholining  fuqarolik pozitsiyasini oshirish, koronavirusni viloyatimizga kirib kelishining oldini olishga qaratilgan bo'lib ko'cha va jamoat joylarida fuqarolarimizni niqobsiz yurishlariga yo'l qo'ymaslik, sanitariya va karantin qoidalarini buzmasliklari, o'rnatilgan tartib qoidalarga amal qilishlari to'g'risida ogohlantirib o'tildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага