16 Mart 2020 279

Navoiyda harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar davom etmoqda

Bugun yoshlar o'rtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ularda vatanparvarlik ruhini shakllantirish maqsadida qator tadbirlar o'tkazilmoqda. Ayni maqsadlarga qaratilgan keng qamrovli targ'ibot tadbiri Navoiy shahridagi 11-sonli umuta'lim maktabida viloyat IIB Harbiy safarbarlik bo'limi tomonidan tashkil etildi. 

Tadbir davomida o'quvchi yoshlarga viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi, Mahsus guruh xodimlari, kinologiya xizmati xodimlari tomonidan qiziqarli chiqishlar namoyish etildi. 

“Bugungi tadbir orqali yoshlarimizni harbiy sohaga qiziqishlari yanada ortdi. Ayniqsa harbiy qurol- aslahalar hamda texnikalarning namoyishi o'quvchilarda katta ta'surot qoldirdi. Biz mazkur targ'ibot tadbirlarini yanda kuchaytirib nafaqat shahar hududida balki viloyatning chekka olis qishloqlariga ham borib yoshlar bilan uchrashib ularda vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhini jonlantirishga harakat qilamiz.”-deydi viloyat IIB Harbiy safarbarlik bo'limi boshlig'i kapitan Sh.Rajabov.

Shuningdek, tadbir davomida kinologiya xizmati xodimlari tomonidan xizmat itlari yordamida narkotik va portlovchi moddalarni aniqlash, shartli jinoyatchini qo'lga olish bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar ham namoyish etildi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati  

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага