23 May 2020 130

Namangan viloyati IIB tomonidan Ramazon hayiti bayrami yo'qlovlari amalga oshirilmoqda

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan Namangan viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari podpolkovnik Rustamjon Do'stmatov Pop tumanidagi muqaddam sudlangan, ayni paytda profilaktik hisobda turgan fuqarolarning oilaviy sharoitlarini o'rganib, ularga moddiy yordam va oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berdi. 

Boshqarma boshlig'i o'rinbosari fuqarolar bilan kelgusida qayta jinoyat ko'chasiga kirmasliklari uchun profilaktik suhbat olib bordi. Suhbat mobaynida ularni qiynab kelayotgan muammoli masalalarni o'rganib, tez fursatlarda ushbu masalalar ijobiy hal etilishi uchun tuman IIB vakillariga kerakli chora-tadbirlarni belgilab berdi. Foydali mehnat bilan mashg'ul bo'lgan insonning jinoyat yoki huquqbuzarli sodir etishga vaqti ham xohishi ham bo'lmaydi. 

SHu boisdan, ushbu fuqarolarning muntazam bandligini ta'minlash borasida ham kerakli ishlar amalga oshirildi. Xususan, uyida tomorqa qilishga sharoiti bo'lganlarning oilaviy daromadlarini oshirish maqsadida ularga ekin ekib, xosil olishlari uchun ko'mak berildi. IIB va 3-sektor tomonidan bu kabi xayriya ishlari muntazam amalga oshirib kelinmoqda. 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati 

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага