11 Mart 2020 320

Maxsus otryad xodimlari maktabda

IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi 241-sonli maktabda o'quvchilarni vatanparvarlik, mardlik ruhida tarbiyalash maqsadida tadbir o'tkazildi. Unda boshqarma xodimlari maxsus texnikalar, qurol-aslahalarni namoyish etdilar. IIV Aloxida-namunali ko'rgazmali orkestri tomonidan sho'x-shodon kuylar ijro etildi.

Xodimlar qurollangan jinoyatchini zararsizlantirish va qo'lga olish, xizmat itlari yordamida portlash qurilmalarini aniqlash, portlovchi predmetlarni aniqlash va zararsizlantirish bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar namoyish qilishdi.

SHuningdek, tadbir doirasida kitob yarmarkasi ham tashkil etilib, o'quvchilar o'zlari yoqtirgan kitoblarni harid qilishdi.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага