21 Fevral 2020 294

Janub ostonasiga kirishda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi

2020 yil 13 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Transport prokurori M.M.Xodjaev hamda O'zbekiston Respublikasi IIV Transportda Xavfsizlikni ta'minlash Bosh boshqarmasi boshlig'i R.A.Toshpo'latov boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog'ida, yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan Termiz xalqaro aeroporti, Termiz Temir yo'l vokzali binolari, mamlakatimiz hududi orqali harakatlanuvchi xalqaro poedlar kuzatuvlari, davlat chegara hududlardagi bojxona nazorat maskanlari, temir yo'l bekatlari, shuningdek ushbu maskanlarda xizmat o'tovchi xodimlar va yo'lovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mazkur maskanlarning Respublikamiz uchun naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr mulohazalar bildirildi.

Tashrif davomida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda Xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasida ham bo'lib, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan  yaqindan tanishib, huquqbuzarlik va jinoyatga qarshi kurashishda eng avvalo ularning oldini olish borasida mutasaddilarga tegishli taklif va ko'rsatmalar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

 

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага