12 May 2020 186

Ilmiy-amaliy video-konferentsiya

IIV Akademiyasida «Yuridik fan huquqni qo'llash amaliyotining dolzarb muammolari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy video-konferentsiyasi o'tkazildi.

Bosh prokuratura Akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Inson huquqlari milliy markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek qator vazirlik va idoralar vakillari, professor-o'qituvchilar hamda doktorantlar ishtirok etdi.

Aytib o'tilganidek, mamlakatimizda demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish va qonun ustuvorligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Konferentsiyada ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlash istiqbolari kabi masalalar muhokama qilindi.

IIV Akademiyasi matbuot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага