12 Mart 2020 406

IIV Qashqadaryo akademik litseyi o'quvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv yig'ilishi bo'lib o'tdi

2020 yil 10 mart kuni IIV Qashqadaryo akademik litseyida, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi o'quv jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari podpolkovnik Sultonov Abdulla Azamatovich ishtirokida IIV Qashqadaryo akademik litseyi 2-kurs va 3-kurs o'quvchilari, ota-onalar, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo'yicha yordamchilari ishtirokida uchrashuv yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi «Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3216 qarori va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 dekabrdagi 958-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta'lim shakliga nomzodlarni tanlash va o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risida Nizom»ida belgilangan tartib qoidalarni shuningdek, IIV Akademiyasining kunduzgi ta'lim shakliga nomzodlarni tanlash, nomzodlar tanlovini o'tkazish bo'yicha metodikalari to'g'risida nomzodlarga batafsil tushunchalar berildi.

Shu bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi «Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to'g'risida”gi qarori yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 24 dekabr` kunidagi 260-son “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 75 yilligiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora tadbirlari to'g'risida”gi Farmoyishiga asosan tadbirlar Dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlanishi, yoshlarga vatanparvalik hissini, ona Vatanga bo'lgan muxabbati va jonini vatan uchun fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini qadrlash maqsadida ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar ijrosini tashkillashtirish borasida tushunchalar berildi.

Yig'ilish davomida, IIV Qashqadaryo akademik litseyining o'quvchilari tomonidan o'zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага