19 Fevral 2020 334

Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini tizimli va samarali amalga oshirish – davr talabi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi «Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi hamda 2018 yil 23 avgustdagi «Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorlari ichki ishlar organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ayni kunlarda Institut professor-o'qituvchilari tomonidan Xorazm viloyatidagi ichki ishlar organlarining tayanch punktlari (katta) profilaktika inspektorlari, Patrul`-post xizmati batal`oni rahbariyati va shahar-tuman IIB boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo'yicha o'rinbosarlari tarkibi uchun malaka oshirish sayyor o'quv yig'inlari o'tkazilmoqda. 

O'quv yig'inlarida Davlatimiz Rahbari tomonidan ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarning talablari bilan tanishtirishga va ular asosida xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratildi.

– Mamlakatimizda barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari tizimini ham takomillashtirish, xalqchil tuzilmaga aylantirish, «Jinoyat haqiqati va adolati», «Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga  jazo – muqarrar» degan tamoyillarni amalda qaror toptirish soha xodimlarining bilim va ko'nikmalarini oshirish bilan uzviy bog'liq, – deydi Xorazm viloyati Shovot tumani IIB HPB tayanch punkti profilaktika inspektori, leytenant Muratjon Atajonov. – Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari tomonidan ta'lim muassasamizning Xorazm filialida o'tkazilayotgan besh kunlik sayyor o'quv yig'inlarida sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, soha faoliyatiga oid tajribalar bilan yaqindan tanishyapmiz. endilikdagi asosiy vazifamiz olgan bilimlarimizni kundalik faoliyatimizga tadbiq etish hisoblanadi. 

– Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda, ayniqsa voyaga etmaganlar va yoshlar o'rtasida, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda “hududlar tajribasi”, xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidagi ijobiy tajribalarni tushuntirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda, – deydi Xorazm viloyati Xonqa tumani IIB HPB tayanch punkti profilaktika inspektori leytenant Ruslan Sapaev. 

O'quv yig'iniga jalb qilingan xodimlarga joydagi ichki ishlar organlarida xizmatni to'g'ri tashkil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jamoat xavfsizligini ta'minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi muammolar va ularning echimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda. 

O'zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

 

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага