15 May 2020 353

Ichki ishlar organlari xodimlari ham tomorqadan unumli foydalanishmoqda

Ichki ishlar vazirining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida mamlakatimizda pandemiya sharoitida fuqarolar salomatligini saqlash, aholi tomorqalari va bo'sh qolgan hamda zahiraga olingan erlarda, bog' oralariga qishloq xo'jaligi mahsulotlari ekish yuzasidan mas'ul mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar bergandi. 

Mazkur ko'rsatmaga asosan, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlariga berilgan xizmat uylari hovlilarida ixtisoslashuviga qarab qishloq xo'jaligi ekinlari ekish tavsiya etilgandi. 

Bu borada boshqa sohalar qatori Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar organlari tizimidagi xodimlar ham xizmat va shaxsiy uylari tomorqalarida qishloq xo'jaligi ekinlarini ekib, dastlabki hosilni olishga muvaffaq bo'lishdi.

Jumladan, Qashqadaryo viloyati IIB CHiroqchi tuman IIO FMB HPB 3-sonli IIB HPB 332-sonli TP profilaktika inspektori katta leytenant Jamol Suyunov tomorqasida ekilgan qulupnay hosilga kirdi. Boshqa ekinlar ham baravj rivojlanmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага