21 May 2020 95

Hamkorlikdagi profilaktik ishlar samaradorligi oshirilmoqda

Buxoro viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi bilan karantin holatida joylarda ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turgan, probatsiya nazoratidagi, oilaviy muammolar girdobiga tushib qolgan shaxslar bilan jinoyat va huquqbuzarliklarga qo'l urmasliklari borasida hududiy Xotin-qizlar qo'mitalari, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limlari hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan hamkorlikdagi profilaktik ishlar tashkillashtirilmoqda.

Bunda karantin qoidalariga amal qilgan holda xonadonga tashrif buyurib, mavjud muammoning asl mohiyatini aniqlash va uni bartaraf etishga qaratilgan zaruriy choralar ko'rilmoqda.

Xususan, og'ir oilaviy turmush darajasi va nizolashuvga borgan xotin-qizlarga “himoya orderi” berilmoqda. O'tgan davr mobaynida viloyat bo'yicha jami 53 nafar ayollarga “himoya orderlari” tarqatilib, ushbu oilalar bilan individual tarzda profilaktik ishlar olib borildi. Buning natijasida shu kabi nizoli 836 ta oilalarning yarashishi ta'minlandi.

Xonadonlardagi tomorqa erlarida taqiqlangan giyohvandlik o'simligini aniqlash bo'yicha tadbirlar o'tkazilib, fuqarolarga bunday o'simliklarning zararli ta'sirlari haqida tushuntirish kelinmoqda. Viloyatda olib borilayotgan “Qoradori-2020” profilaktik tadbiri davomida profilaktika inspektorlari tomonidan shaxsan 4 ta holat aniqlandi.

Olis hududlardagagi sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida ishlayotgan ishchi-xizmatchilar o'rtasida karantin qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash bo'yicha tushuntirish-ogohlantirish ishlari tashkil etilmoqda. Qayd etish lozim, karantin holati e'lon qilinganidan shu kunga qadar viloyatda jami 5115 ta ma'muriy huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarning 226 nafarini ayollar, 4 nafarini voyaga etmagan shaxslar tashkil etmoqda.

Aniqlangan huquqbuzarliklarning 45 tasi vaqtincha cheklangan faoliyatni davom ettirish, 18 tasi marosim yoki boshqa tadbirlar uyushtirish, 4872 tasi tibbiy niqob taqmaslik va 180 tasi karantin qoidalarini boshqacha tarzda buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklardir.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага