22 May 2020 70

Fuqarolarga xizmat ko'rsatish bizning burchimizdir!

O'zbekiston Respublikasi IIV hamda Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda Sardoba “Suv ombori”da yuz bergan toshqin natijasida fuqarolarning yo'qotilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasportlari) topilib, o'z egalariga qaytarib berilmoqda.

Xususan, Sardoba tumani, “YUrtdosh” mahallasida yashovchi 2000 yilda tug'ilgan fuqaro Xolboeva Dilfuza Bekbo'ta qiziga tegishli hamyon toshqin natijasida oqib ketgan.

“YUrtdosh” mahallasida o'tkazilgan tadbirlar jarayonida ushbu hamyon hududdan topilib, hamyonda bo'lgan fuqarolik pasporti, plastik kartasi va 800 mingga yaqin pul mablag'i o'z egasiga qaytarib berildi.

SHuningdek, hamyon ichida bo'lgan D.B.Xolbaevaga tegishli fuqarolik pasporti yaroqsiz holga kelganligi sababli, Sardoba tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi xodimlari tomonidan qisqa muddatda yangisiga almashtirib berildi.

Ushbu sahovat ishlaridan xursand bo'lgan uning ota-onasi hamda mahalla vakillari Ichki ishlar organlari xodimlariga minnatdorchilik bildirdi. Sinovli kunlarda fuqarolarimizga xizmat qilish bizning eng oliy maqsad va burchimizdir. 

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага