21 Fevral 2020 256

Farg'ona viloyati ichki ishlar organlarining mustaqil boshqarmalari, bo'lim va bo'linmalari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari ishtirokida o'quv seminari o'tkazildi

Joriy yilning 20 fevral` kuni viloyat ichki ishlar organlarining mustaqil boshqarmalari, bo'lim va bo'linmalari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari ishtirokida o'quv seminari o'tkazilib, seminarda 2019 yil davomida Viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yo'l harakati xavfsizligi qoidalari, xizmat va ijro intizomi buzilishi holatlari, shuningdek, sodir etilgan yo'l-transport xodisalari, shahar va tuman kesimida tahlil qilingan ko'rgazmali stendlar, xodimlar uchun tayyorlangan uslubiy qo'llanmalar, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o'rtasida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo'l qo'ymaslik, ta'magirlik, poraxo'rlikni oldini olishga qaratilgan “Vijdoningni necha pulga sotasan”, “Biz korruptsiyaga qarshimiz”, “Korruptsiyaning oxiri voy”, “Berma!, Olma!” nomli targ'ibot va tashviqot bannerlari, xodimlar o'rtasida xizmat intizomi va qonunchilik mustahkamlashga qaratilgan “Sadoqatli xizmat, qat'iy tartib-intizom muvaffaqqiyat omili”, “Unutma! Seni har kuni qadrlovchi insonlaring ota-onang, oilang va aziz farzandlaring kutmoqda”, “Zamonaviy ichki ishlar organi xodimi bilimli, kuchli va xalq bilan muloqot qilishni bilishi shart!” nomli bukletlari hamda “Bilib bosilgan tikan”, “Qasamidan qaytganlar”, “Yo'l qoidasi umr foydasi”, “Video uslubiy qo'llanma” nomli videoroliklar namoyish etilib, ushbu targ'ibot va tashviqot materiallarini barcha shaxsiy tarkibga ko'paytirib tarqatilishi va namoyish etilishiga kelishildi. Bundan tashqari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan chop etilgan “Burchga sadoqat” nomli gazetaning dastlabki soni barcha seminar qatnashchilariga tarqatildi.
Shuningdek, seminar davomida xodimlarni bugungi davr talablaridan kelib chiqib, malakali kadr sifatida tarbiyalash, o'qitish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
O'tkazilgan o'quv seminari davomida, chorak mobaynida xizmat intizomi va qonuniylikni buzilishiga yo'l qo'ymagan shahar va tuman ichki ishlar organlarining moddiy texnik bazasini yanada yaxshilash va xodimlar xizmat olib borishlari uchun zarur bo'lgan anjomlar bilan birinchi navbatda ta'minlash orqali xodimlar o'rtasida sog'lom raqobatni shakllantirib borish to'g'risida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, o'quv seminari yakunida doimiy ravishda o'zaro hamkorlikda xizmatni tashkil etish, kelgusida ushbu yo'nalishdagi ishlar davom ettirilishiga kelishib olindi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага