18 May 2020 173

Ezgu maqsad yo'lida birlashgan dugonalar

Bugun Urganch shahri ko'chalarida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari safida xotin-qizlarni ham ko'plab uchratmoqdamiz. Ha, yangi tashkil etilgan ushbu harbiy tuzilma tarkibiga xotin-qizlar ham xizmatga qabul qilindi.

Xorazm viloyatida Milliy gvardiya xarbiy xizmatchisi bo'lgan xotin-qizlarning jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha dastlabki ko'nikma va malakalarini shakllantirishda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan tajribali xotin-qizlar beminnat yordam bermoqdalar.

Ilgari umumta'lim maktabida, oliy yoki o'rta-maxsus o'quv muassasalarida ta'lim olish jarayonida dugona bo'lgan xorazmlik qizlarni yurt tinchligini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashdek ezgu maqsad yana birlashtirdi.

Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektorlari tomonidan Milliy gvardiyaning xarbiy xodimalari uchun tashkil etilgan navbatdagi seminar-trening “Jamiyatda xotin-qizlar o'rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish” mavzusida bo'ldi.

Shundan keyin Milliy gvardiya xarbiy xodimalari seminar-trening jarayonida olgan bilimlarini ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektorlari bilan hamkorlikda olib borgan xizmat jarayonida amaliy jihatdan mustahkamlash imkoniyatiga ham ega bo'ldilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага