14 Mart 2020 237

CHirchiq shahrida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chiqishlar va bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etildi

13 mart kuni Toshkent viloyati IIBB tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda, doimiy ish bilan band bo'lmagan aholi, ayniqsa yoshlar, ta'lim muassasasi bitiruvchilari hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan fuqarolarni ish bilan ta'minlash orqali, hududlarda jinoyatchilikning izchil oldini olishga qaratilgan “Mehnat yarmarkasi” hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Chirchiq shahar hokimligi, Bandlikka ko'maklashish markazi hamkorligida doimiy ish bilan band bo'lmagan aholi va yoshlarni ish bilan ta'minlash, haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish, korxona, tashkilot va muassasalarda mavjud bo'sh o'rinlarga ularni ishga joylashtirish yuzasidan “Bo'sh ish o'rinlari” yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada, shaharda faoliyat yuritayotgan 50 dan ortiq turli korxona, tashkilot va muassasalar 2 ming 500 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi.

Shuningdek, tadbirning ikkinchi qismida viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi, shahar hokimi, shahar prokurori, Harbiy gornizon, Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti rahbarlari hamda Oliy o'quv yurtlarining rektorlari yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarda huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, faqat jazo qo'llash bilan emas, avvalo, ularni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash vazifasi birlamchi etib belgilanib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Tadbir so'ngida Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan maxsus texnik vositalarining ko'rgazmali chiqishlari hamda shahar Madaniyat bo'limi tomonidan kontsert namoyishi bo'lib o'tdi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага