13 May 2020 136

Buxoro viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta'minlash tadbirlari davom etmoqda

O'zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 27 apreldagi hamda Buxoro viloyati IIBning 3 apreldagi farmoyishlariga asosan viloyat hududida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari samaradorligini oshirish borasida ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmat xodimlari tomonidan bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tadbirga jami 4659 nafar xodimlar, shundan 1023 nafar ichki ishlar organlari xodimlari, 56 nafar boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va 3580 nafar jamoatchilik vakillari jalb qilingan.

2020 yilning 29 aprel` kunidan (tadbir boshidan) hozirgi kunga qadar viloyat hududida qayd qilingan 35 ta jinoyatlarning 17 tasini (50 %) bevosita huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlangan jinoyatlar tashkil qiladi.

Tadbirlar davomida ilgari sodir etilib ochilmasdan qolayotgan 3 ta jinoyat fosh etilib, 4 nafar qidiruvda yurgan shaxslar ushlandi.

3078 ta, shundan 78 ta mayda bezorilik, 49 ta ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik, 871 ta karantin qoidalarini buzish hamda 1776 ta boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy choralar ko'rilishi ta'minlandi.

O'tkazilayotgan karantin tadbirlari davomida doimiy daromad manbai to'xtab qolgan, ishsiz va ijtimoiy ko'makka muhtoj bo'lgan jami 1409 nafar ichki ishlar organlari, sog'liqni saqlash va boshqa idoralarning hisobida turgan shaxslar aniqlanib, ularning 1381 nafariga turli xildagi zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa turdagi ijtimoiy yordamlar ko'rsatildi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага