12 Mart 2020 202

Bolajonlar quvonchiga quvonch ulashildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabr` kuni Muhammad al-Xorazmiy nomli maktabda o'tkazgan YOshlar bilan uchrashuvida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida, Termiz tumani “Orol” mahallasi hududida joylashgan 12-sonli Maktabgacha ta'lim muassasasiga Surxondaryo  viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik Abduvohid Ismoilov tashrif buyurdi.

Ushbu ta'lim dargohiga qilingan tashrif davomida, yosh avlod uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yana bir bor yaqindan tanishib, mazkur muassasada tarbiyalanayotgan kichkintoylarning ota-onalari va maktabgacha ta'lim muassasasida faoliyat olib borayotgan tarbiyachi hamda ishchilar bilan yaqindan suhbatlar o'tkazilib, muammolari o'rganildi.

Boshqarma boshlig'i tomonidan, o'sib ulg'ayib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ona-vatanga muhabbat, yurt tuprog'ini qadrlash, sadoqat va jasorat kabi ezgu his tuyg'ularni bog'cha yoshidan shakillantirib borish zarurligi ta'kidlanib, bu borada tegishli tavsiyalar berildi.

Surxondaryo viloyati 3-sektor rahbari A.Ismoilov tashabbusi bilan yangidan tashkil etilgan maktabgacha ta'lim muassasasi ishga tushirilganligi inobatga olinib, boshqarma boshlig'i tomonidan bolajonlar maza qilib o'ynashlari uchun turli xildagi o'yinchoqlar va bir biridan qiziqarli bo'lgan bir yuz o'n turdan ziyod ertak kitoblari bolajonlar uchun sovg'a qilindi. 

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага