14 May 2020 251

Avtomobildan saqlaning yohud ogohlik haqida unutmaslik maslahat beriladi

Qarovsiz qoldirilgan avtomobillar ko'pincha o'g'rilar uchun yaxshi “o'lja” bo'lishi mumkinligi haqida doim yodda tutish zarur. SHu bois avtomobil` egalari xavfsizlik choralarini ko'rib qo'yishni unutmasalar, o'zlariga foyda, albatta. Farg'ona shahridagi bozorcha yaqinida “Neksiya” mashinasini qoldirgan ayol shunday ahvolga tushib qoldi. Noma'lum shaxs tomonidan o'g'irlab ketilgan mashinasi to'g'risida ichki ishlar organlariga ma'lum qildi. Xodimlar tomonidan ko'rilgan choralar natijasida avtomashina 27-sonli maktabgacha ta'lim muassasa binosi oldidan texnik soz holda topilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Ichki ishlar xodimlari amalga oshirilgan tezkor choralari natijasida ushbu jinoyatni Farg'ona shahar, A. Qodiriy ko'chasidagi uyda yashovchi I.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda. 

IIV Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага