20 Fevral 2020 340

Andijonda maktab o'quvchilarining sumkalariga nur qaytargichlar yopishtirib chiqilmoqda

Andijon viloyati IIB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan 4 fevral` kuni IIV Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rahbariyati ishtirokida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida viloyatda mavjud maktab o'quvchilari sumkalariga nur qaytargichlar yopishtirib chiqilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati hududidagi 4R-112 "Andijon-Asaka" avtomobil` yo'li yoqasida joylashgan 4-sonli umumta'lim maktabida bolalar ishtirokidagi yo'l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan targ'ibot-tashviqot tadbirlari o'tkazildi.

Maktab o'quvchilarining yo'llarda xavfsiz harakatlanishini ta'minlash maqsadida har bir o'quvchilarning maktab sumkalariga nur qaytargichlar yopishtirildi. Bu kabi targ'ibot-tashviqot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага