13 Mart 2020 269

3-sektor rahbari o'quvchi yoshlarga kitoblar sovg'a qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabr` kuni Muhammad al-Xorazmiy nomli maktabida bo'lib o'tgan “YOshlar bilan uchrashuvi” jarayonida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida, Termiz tumanidagi 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining “YOshlar bilan uchrashuvi” tashkil etildi.

Dastlab, mazkur ta'lim dargohida ta'lim va tarbiya topayotgan o'quvchi yoshlar bilan yaqindan tanishishdi, dildan suhbatlar qurildi va o'quvchi yoshlarning qiziqishlari bilan o'rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida, ta'lim dargohi mas'ullari bilan Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar, kitobga va ilg'or komp`yuter texnologiyalariga bo'lgan qiziqishlarini uyg'otish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, bu borada o'zlarining tegishli fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.

Uchrashuv jarayonida viloyat 3-sektor rahbari Abduvohid Ismoilov tomonidan muhtaram Prezidentimizning beshta tashabbuslaridan biri bo'lgan kitob o'qishni targ'ib qilish maqsadida, maktab yoshlari sevib o'qishlari uchun qirq turdan ortiq badiiy kitoblari sovg'a qilindi.

Maktab kutubxonasi fondiga, ichki ishlar organlari xodimlaridan esdalik sifatida ikki yuzdan ortiq o'quvchilar uchun o'quv qo'llanmalaridan tashkil topgan kitoblar topshirildi.  

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Тепага