Xizmatni o'tash tartibi
Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 29.11.2017 yildagi PQ-3413-son)
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-son «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlashda ularning mas'uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarida xizmat (keyingi o'rinlarda — xizmat)ni tashkil etishni tubdan takomillashtirish maqsadida:
- O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning zaxirasini shakllantirish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari (bundan buyon xodimlar)ning xizmat o'tashini tashkil etish sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin.
- Xizmatni tashkil etishni takomillashtirishning quyidagi ustuvor yo'nalishlari O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning bo'linmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
birinchidan — huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasida tezkorlikni, jinoyatlar haqidagi xabarlarni o'z vaqtida hisobga olish va ko'rib chiqishni ta'minlaydigan, amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida ichki ishlar organlarining mavjud kuch va vositalarini boshqarish hamda hamkorlikni tashkil etishning samarali tizimini yaratish;
ikkinchidan — ichki ishlar organlarining barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlariga ega kadrlar tanlanishi, ularning maqsadli joylashtirilishi hamda «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» o'z xizmat burchini so'zsiz bajarish ruhida tizimli ravishda tarbiyalash uchun shaxsiy javobgarligini belgilash;
uchinchidan — bo'sh lavozimlarni jamlash va kadrlar zaxirasini, birinchi navbatda, o'z kasbiy fazilatlari, axloqiy ko'rinishi, xulq-atvori va madaniyat darajasi bilan namuna bo'lgan istiqbolli boshqaruv tarkibini shakllantirishning ta'sirchan mexanizmini joriy etish;
to'rtinchidan — xizmat o'tashni qat'i nazorat qilish va tarbiyaviy jarayonni ta'minlash sohasida muvofiqlashtirish, tahliliy va uslubiy ishlarni kuchaytirish bo'yicha faoliyatni tashkil qilishning sifat jihatdan yangi tartibni belgilash;
beshinchidan — ish tajribasining vorisiyligini, yosh xodimlarning xizmatga amaliy moslashishini, kasbiy shakllanish jarayonini tezlashtirish hamda ularda xizmat vazifasi bo'yicha zimmasiga yuklatilgan tezkor-xizmat vazifalarni mustaqil bajarish qobiliyatini rivojlantirishni ta'minlovchi samarali murabbiylik tizimini joriy etish;
oltinchidan — ichki ishlar organlarining barqaror professional kadrlar tarkibini shakllantirish, kadrlar qo'nimsizligini pasaytirish, xodimlarning uzoq muddatli xizmatini rag'batlantirish, shuningdek shaxsiy tarkibni uning kasbiy malakasi, shaxsiy fazilatlar va qobiliyatlarini inobatga olgan holda lavozimlarga optimal taqsimlash;
ettinchidan — qo'yilgan vazifalarni vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajaruvchi xodimlarni rag'batlantirish, shuningdek mas'uliyatsiz xodimlarga nisbatan xizmatdan bo'shatishgacha bo'lgan intizomiy jazo tayinlash bo'yicha choralarni o'z vaqtida va xolisona ko'rish orqali ichki ishlar organlarida mustahkam xizmat intizomini ta'minlash;
sakkizinchidan — ichki ishlar organlarida ijro intizomini, jumladan boshqaruv qarorlari har bir bevosita ijrochiga o'z vaqtida etkazilishiga va tizimli uzluksiz nazoratni ta'minlanishiga imkon beradigan zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etish orqali ta'minlash mexanizmini tubdan qayta ko'rib chiqish.
- Xizmatni tashkil etishni takomillashtirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni muvofiqlashtirilgan holda va kompleks amalga oshirilishini ta'minlash uchun quyidagilar yuklatilsin:
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga — barcha quyi bo'linmalar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar talablarining muqarrar va o'z vaqtida bajarilishini manzilli muvofiqlashtirish va uning ustidan muntazam nazorat o'rnatish, yuklatilgan vazifalar bajarilishining aniq mexanizmlarini ko'rsatgan xolda kontseptual boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga — ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar talablarini hamda kontseptual boshqaruv qarorlarini ishni tashkil qilish bo'yicha yo'riqnomaviy «yo'l xaritalari» ishlab chiqqan holda amalga oshirish bo'yicha aniq ijrochilar va harakatlarni belgilash, sohaviy xizmatlari o'rtasida yaqin hamkorlikni ta'minlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda mavjud kuch va vositalarni samarali muvofiqlashtirish;
(3-bandining uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 maydagi PQ-4343-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 30.05.2019 y., 07/19/4343/3206-son)
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (bo'lim)lari, ichki ishlar organlarining ta'lim va boshqa muassasalariga — boshqaruv qarorlarini ijro qilish bo'yicha belgilangan tadbirlarni yuklatilgan vazifalarni bajarishda ko'rsatilgan usullarga muvofiq sifatli amalga oshirishda barcha mavjud kuch va vositalarni maqsadli taqsimlash va ulardan foydalanish, har bir xodim tomonidan o'z xizmat vazifalarini so'zsiz bajarilishini ta'minlash.
- Shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o'rinbosarlari, Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmalari boshliqlari:
Oldingi tahrirga qarang.
a) har chorakda joylarga chiqib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari sohaviy xizmatlar rahbarlarining, shuningdek tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (bo'lim)lari rahbarlarining aniq erishilgan natijalarni ko'rsatgan holda boshqaruv qarorlari ijrosining amalga oshirilishi haqidagi shaxsiy hisobotlarini kengaytirilgan majlislarda tinglaydi;
(4-bandining «a» kichik bandi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 maydagi PQ-4343-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 30.05.2019 y., 07/19/4343/3206-son)
b) har yarim yil yakunlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay'atida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, shuningdek xizmat o'tashni, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar talablarini inobatga olgan holda qilingan ishlar yuzasidan shaxsan hisobot beradi. Bunda quyidagilar bo'yicha aniq choralar ko'rilishi nazarda tutiladi:
tashabbus ko'rsatmaydigan va mas'uliyatsiz rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llash;
ichki ishlar organlari bo'linmalarining ijobiy ish tajribasini tatbiq etish va qo'llash.
- Belgilab qo'yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirgan fuqarolar bilan (to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirganlar bundan mustasno) belgilangan tartibda o'qishni tugatganidan keyin besh yil mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot bo'yicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat o'tashlari haqida shartnoma tuziladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son)
ichki ishlar organlari rahbar tarkibining rotatsiyasi, qoida tariqasida, teng mavqeli lavozimga, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan so'ng amalga oshiriladi;
xizmatda bo'lishning chegara yoshi safdor va serjantlar tarkibi xodimlari, shuningdek ayollar uchun (mavjud maxsus unvonidan qat'i nazar) — ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun oltmish yosh;
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati kalendar` hisobida yigirma yilni tashkil qiladi, ulardan imtiyozli hisoblanadigan davri xodimlarga pensiya miqdori hisoblanayotgan vaqtdagina inobatga olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarning bolalari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yashash yoki xizmat o'tash joyi bo'yicha navbatdan tashqari qabul qilinadi.
(5-bandning ettinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020 y., 07/20/4857/1357-son)
- Quyidagi tartib o'rnatilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlarida murabbiylar amaliy xizmat staji besh yildan ortiq bo'lgan, yuksak kasbiy fazilatlarga, xizmatda samarali ko'rsatkichlarga va tarbiyaviy yo'nalishda ko'nikmalarga ega bo'lgan eng tajribali xodimlar orasidan tanlab olinadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
murabbiylarga, qoida tariqasida, ko'pi bilan bir nafar ofitserlar tarkibidan bo'lgan xodim, uch nafargacha serjantlar tarkibidan bo'lgan xodimlar, besh nafargacha safdorlar tarkibidan bo'lgan xodimlar biriktiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus kasbiy tayyorgarlik va boshlang'ich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi yoki oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta'lim muassasalari, xalqaro shartnomalar asosida xorijiy davlatlar oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilariga biriktirilgan murabbiylarga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida har oylik ustama haq to'lanadi;
(6-bandning to'rtinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
murabbiylar o'zlariga biriktirilgan xodimlarning ta'lim-tarbiyasiga mas'uliyatsizlik bilan yondashganida, shuningdek xodimlar lavozimga kirishishi davrida xizmat intizomini buzgan hollarda murabbiylar, ayblilik darajasidan kelib chiqib, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo'lgan intizomiy jazoga tortiladi.
- Ichki ishlar organlari tizimida xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash maqsadida jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatuvchi intizomiy kengashlar tashkil qilinsin, ular faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
xizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan va ishda ijobiy natijalarga erishgan xodimlarni ularning faoliyatini mukofotlash choralarini ko'rish va ichki ishlar organlarida amalda bo'lgan ijtimoiy ta'minot sohasidagi tegishli imtiyozlarni berish to'g'risidagi masalalarni ko'rib chiqish va iltimosnomalar kiritish orqali rag'batlantirish;
jamoada yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni hal qilish, nojo'ya harakat sodir etgan, xizmat burchiga mas'uliyatsiz munosabatda bo'layotgan xodimlarga belgilangan intizomiy jazo choralarini qo'llash haqida xolisona qaror qabul qilish orqali jamoatchilik ta'sirini ko'rsatish.
- 2018 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
a) xizmat intizomini qo'pol ravishda buzgan, xizmat burchiga mas'uliyatsiz yondashgan yoxud ishda past ko'rsatkichlarga ega bo'lgan xodimlarga nisbatan lavozim maoshining 50 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasi qo'llanilishi mumkin;
b) har chorak yakunlari bo'yicha quyidagilarga nisbatan lavozim maoshining 50 foizgacha miqdorda bir martalik pul ushlanishi yoki mukofot ta'sir chorasi sifatida qo'llaniladi:
profilaktika (katta) inspektorlariga — biriktirilgan hududda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni, birinchi navbatda, og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni barvaqt oldini olish, shuningdek joylardagi muammolarni hal etishda aholi bilan ishlashni tashkil qilish ahvoli uchun;
biriktirilgan hududda tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiruvchi ichki ishlar organlari (katta) tezkor vakillariga — og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni aniqlash va fosh etish, tergov va suddan yashiringan shaxslarni qidirish ahvoli uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
v) O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus byudjetdan tashqari jamg'armasi mablag'larining 10 foizi xizmatda samarali natijalarga erishgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish uchun tashkil etiladigan alohida hisob raqamiga yo'naltiriladi, bunda ularni ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda maqsadli ishlatishni ta'minlash vazifasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti zimmasiga yuklatiladi;
(8-bandning «v» kichik bandi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
g) intizomiy kengashlar iltimosnomasiga ko'ra, zimmasiga yuklatilgan xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarayotgan va ishda ijobiy natijalarga erishgan xodimlar va ularning oila a'zolariga har yili bolalar sog'lomlashtirish oromgohlariga va sanatoriy-kurort muassasalariga bepul yo'llanmalar beriladi.
- O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xizmat intizomi va benuqson uzluksiz xizmati uchun tashabbuskor va vijdonli xodimlarni taqdirlash maqsadida quyidagi idoraviy ko'krak nishonlari ta'sis etish haqidagi taklifi ma'qullansin:
I, II va III darajali «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun»;
«Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi».
Oldingi tahrirga qarang.
- Ichki ishlar organlarida xizmatni o'tash tartibi to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(10-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
- Quyidagilarga:
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga — amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga muvofiq ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda faoliyat yo'nalishlarining sifatli va to'la hajmda amalga oshirilishi, xizmatlar faoliyatining samarali muvofiqlashtirilishi, hamkorligi va markaziy apparat tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlarining muqarrar va o'z vaqtida ijro etilishi yuzasidan tizimli nazorat o'rnatilishi bo'yicha;
barcha darajadagi va sohaviy ichki ishlar organlarining rahbarlariga — kadrlarni tanlash va joy-joyiga maqsadli qo'yish, jinoyatlarni hisobdan qasddan yashirishni ta'sirchan oldini olish, xodimlarga nisbatan o'z vaqtida va xolislik bilan rag'batlantirish hamda intizomiy jazo choralarini ko'rish, ularning ijtimoiy kafolatlarini ta'minlash, shuningdek rahbarlik qilayotgan bo'linmada ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha;
ichki ishlar organlari rahbarlarining kadrlar bo'yicha o'rinbosarlariga — o'z xizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan xodimlarning xizmatda ko'tarilishini ta'minlovchi kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni o'qitish va ulardan to'laqonli foydalanish, shaxsiy tarkib bilan samarali tarbiyaviy ishni olib borish va xizmat o'tashni nazorat qilishni tashkil etish bo'yicha;
mutaxassislarga biriktirilgan murabbiylarga — xodimlarga amalga oshirayotgan faoliyatida natijadorlikka hamda yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishga intilishni singdirish, ularda amaliy ish ko'nikmalarini shakllantirish va xizmat burchiga tashabbuskorlik bilan munosabatda bo'lishini tarbiyalash bo'yicha shaxsan javobgarlik yuklatilsin.
- O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy Majlis palatalari bilan birgalikda ikki oy muddatda jinoyatlarni hisobdan qasddan yashirish uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish bo'yicha belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
- O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
bir oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi to'g'risidagi nizomni tasdiqlasin;
bir oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda pul ushlash yoki mukofot tizimining aniq mezonlarini belgilab beruvchi, biriktirilgan hududda huquqbuzarliklarning profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha ichki ishlar organlarining faoliyatini baholash tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin;
ikki oy muddatda «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun» va «Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi» idoraviy ko'krak nishonlari to'g'risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda ichki ishlar organlari intizomiy kengashlarining faoliyati tartibini belgilasin;
ikki oy muddatda ichki ishlar organlarida murabbiylik to'g'risidagi nizomni tasdiqlasin, bunda murabbiylar zaxirasini shakllantirish tartibi, rag'batlantirish va intizomiy jazolash choralarini qo'llash bilan murabbiylik ishini tashkil qilishni ta'sirchan mexanizmini nazarda tutsin;
2018 yilning 1 fevraliga qadar xodimlarning xizmat, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini sifat jihatdan yangi tamoyillar asosida tashkil etish tartibini tanqidiy qayta ko'rib chiqsin, unda uning mazmuni bo'linmalar ehtiyojiga mos kelishi, hudud, lavozim majburiyatlari va xizmat xususiyati inobatga olinishi ta'minlansin;
2018 yilning 1 mayga qadar elektron hujjat aylanishi, hujjatlarni qayd etish, hisobga olish va saqlash tartibini, ularni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlariga, uning hududiy bo'linmalari va bevosita joylardagi ijrochilarga o'z vaqtida etkazish mexanizmini takomillashtirish bo'yicha ta'sirchan choralarni ko'rsin;
uch oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga biriktirilgan xodimlar (ishchilar) toifasini inobatga olib, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida idoraviy davolash-profilaktika muassasalarini qurish, Qoraqalpog'iston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan gospitalni rekonstruktsiya qilish, shuningdek idoraviy davolash-profilaktika va sanatoriya-kurort muassasalarining yotoq fondini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash haqida moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda takliflar kiritsin;
uch oy muddatda xodimlarning umumiy huquqlari va majburiyatlari hamda ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni, asosiy mansabdor shaxslarning majburiyatlarini, shuningdek ichki tartib qoidalarini belgilovchi Ichki ishlar organlarining ichki xizmat ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
- Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog'liq xarajatlar O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga ko'ra har yili ajratiladigan byudjet mablag'lari, Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablag'lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
- Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklatilsin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYoEV
Toshkent sh.,
2017 yil 29 noyabr`,
PQ-3413-son
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qaroriga
1-ILOVA
Ichki ishlar organlarida xizmatni o'tash tartibi to'g'risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom ichki ishlar organlari xodimlari (keyingi o'rinlarda — xodimlar) va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta'lim muassasalari kursant (tinglovchi)larining xizmat o'tash tartibini belgilaydi.
- Ichki ishlar organlaridagi xizmat (keyingi o'rinlarda — xizmat) davlat xizmatining turi bo'lib, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta'minlash, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini bo'yicha vazifalarni amalga oshirishdan iborat.
- Xizmatni o'tash quyidagi tartiblarni o'z ichiga oladi:
xizmatga qabul qilish;
maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum etish;
lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va rotatsiya;
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
xodimning boshqa davlat organlari va tashkilotlariga saylanganida (tayinlanganida, safarbar etilganida) xizmat o'tashi;
attestatsiya o'tkazish;
ta'tillar berish;
huquqiy va ijtimoiy himoya qilish;
xizmat o'tash rejimini ta'minlash;
xizmat muddatlarini uzaytirish, xizmatdan bo'shatish va xizmatga tiklash.
Oldingi tahrirga qarang.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo'shinlari va qorovul qo'shinlari harbiy xizmatchilarining xizmat o'tashi, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(3-bandning o'n ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018 y., 06/18/5454/1290-son)
2-bob. Ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilish
- Xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida ta'lim muassasalari, harbiy qismlar, mudofaa ishlari bo'yicha boshqarma (bo'lim)larida, aholi turar joylarida, tashkilot va muassasalarda muntazam ravishda targ'ibot-tashviqot ishlari olib boriladi, ommaviy axborot vositalarida qabul va bo'sh lavozimlar to'g'risida e'lonlar joylashtiriladi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalarida ochiq eshiklar kuni o'tkaziladi.
- Xizmatga 165 santimetrdan past bo'lmagan erkaklar va 160 santimetrdan past bo'lmagan ayollar qabul qilinadi.
Nomzodlarga maxsus biometrik parametrlar o'rnatiladigan bo'linmalar va lavozimlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
- Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o'n sakkizdan kichik va o'ttizdan katta bo'lmagan, shu jumladan o'ttiz yoshdagi ham, tegishli ma'lumotga ega, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog'lig'ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo'yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalaridagi kunduzgi ta'limga o'qishga, yoshi o'n ettidan kichik va yigirma beshdan katta bo'lmagan, shu jumladan yigirma besh yoshdagi ham, o'rta, o'rta-maxsus yoki kasb-hunar ma'lumotga ega O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining sirtqi ta'limga o'qishga, yoshi qirq yoshdan katta bo'lmagan, shu jumladan qirq yoshdagi ham, ichki ishlar organlarida kamida uch yillik amaliy xizmat stajiga, o'rta, o'rta-maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma'lumotga ega bo'lgan xodimlar qabul qilinadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakul`tetiga harbiy xizmat o'tagan (erkaklar uchun) va oliy ma'lumotga ega, yoshi o'n sakkizdan kichik va o'ttizdan katta bo'lmagan, shu jumladan o'ttiz yoshdagi ham, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi.
(6-bandning to'rtinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son — Qarorning 5-ilovasi bilan 6-bandning to'rtinchi xatboshisiga kiritilayotgan o'zgartirish 2021 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi)
Zarur bo'lgan hollarda, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan ro'yxati bo'yicha ichki ishlar organlarining ayrim bo'linmalari va tashkilotlariga xizmatda bo'lishning eng yuqori yoshiga to'lgan paytida ko'p yillik xizmati uchun pensiya olish huquqiga ega bo'ladigan o'ttiz yoshdan katta bo'lgan fuqarolar qabul qilinishi mumkin.
erkaklar ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirguniga qadar O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o'tashi yoxud oliy o'quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o'tishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kiruvchilar uchun ushbu talab o'rnatilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida hollarda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, farmoyishiga, shuningdek roziligiga yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga yoxud O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug'iga asosan boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan xodimlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining katta amaliy ish tajribasiga ega pensionerlari, ushbu bandning birinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida belgilangan talablarini inobatga olmagan holda xizmatga qabul qilinishi mumkin.
(6-bandning ettinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 avgustdagi PQ-3919-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.08.2018 y., 07/18/3919/1787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
- Xizmatga (keyingi o'rinlarda — nomzod) yoki O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish istagini bildirgan shaxs doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan joyidagi ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021 y., 06/21/6146/0065-son)
xizmatga yoki O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasasiga o'qishga qabul qilish to'g'risida ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta ma'lumotlari;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022 y., 06/22/112/0326-son)
tug'ilganlik haqida guvohnomasi nusxasi (aslini ko'rsatgan holda);
FHDYo organlaridan ma'lumotnoma (tug'ilganlik haqida guvohnomaga o'zgartirish, tuzatish va qo'shimchalar kiritilgan yoki almashtirilgan hollarda);
Oldingi tahrirga qarang.
qarindoshlarining (ota-ona, er-xotin, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta ma'lumotlari, nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi, nogironlik (agar mavjud bo'lsa), qarindoshlarining o'limi haqidagi guvohnomalar ma'lumotlari;
(7-bandning oltinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022 y., 06/22/112/0326-son)
3 x 4 sm o'lchamdagi oltita rangli fotosurat (bosh kiyimsiz), shuningdek 9 x 12 sm o'lchamdagi ikkita fotosurat (bosh kiyimsiz);
nomzodning tarjimai holi;
anketa-ma'lumotnoma;
o'qish, ish (agar o'qiyotgan yoki ishlayotgan bo'lsa) va yashash joyidan tavsifnoma hamda ma'lumotnoma (oila a'zolari ko'rsatilgan holda);
o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma'lumotni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (asli ko'rsatilgan holda);
asli ko'rsatilgan holda harbiy guvohnoma nusxasi (O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy ta'lim muassasalariga o'qishga topshirayotganda harbiy guvohnoma mavjud bo'lmasa, chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi to'g'risida guvohnoma taqdim etiladi);
Oldingi tahrirga qarang.
doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan joydan belgilangan namunadagi sog'lig'ining holati haqida ma'lumotnoma (bo'y parametri ko'rsatilgan holda);
(7-bandning o'n uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021 y., 06/21/6146/0065-son)
asli ko'rsatilgan holda mehnat daftarchasining nusxasi (agarda mavjud bo'lsa).
Xizmat o'tash xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida nomzoddan yoki tegishli muassasadan qo'shimcha hujjat yoxud ma'lumotlar talab qilib olinishi mumkin.
- O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish istagini bildirgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari ichki ishlar organi vakolatli boshlig'i nomiga ushbu Nizomning 7-bandida ko'rsatilgan hujjatlarni taqdim etmagan holda belgilangan tartibda bildirgi bilan murojaat etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
- Xizmatga qabul qilish nomzodning doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan joyidagi ichki ishlar organlari tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlovlarni tashkil etish va o'tkazish uchun ichki ishlar organlarida qabul komissiyalari tuziladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son)
Tanlovlar nomzodning xohishiga ko'ra davlat, qoraqalpoq yoki rus tillarida o'tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati va oliy ta'lim muassasalariga, shuningdek Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga xizmatga, istisno tariqasida, Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinmagan fuqarolar orasidan ham nomzodlarni tanlash va qabul qilishga ruxsat beriladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021 y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
- Nomzodlarni xizmatga tanlab olish tadbirlari quyidagi saralash va o'rganish bosqichlarini o'z ichiga oladi:
a) saralash bosqichi:
ro'yxatdan o'tish;
dastlabki o'rganish (ushbu Nizomda belgilangan umumiy talablarga mos kelishini tekshirish);
intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash;
test sinovi (nomzodlarning O'zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo'yicha bilimlarini baholash);
jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
b) o'rganish bosqichi:
xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiya ko'rigidan o'tkazish;
2023 yil 1 sentyabrdan e'tiboran, psixofiziologik (poligraf) tekshiruv (ichki ishlar organlarida xizmat qilish uchun to'sqinlik qiladigan salbiy omillarni aniqlash maqsadida).
Dastlabki o'rganish hamda intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash natijalari asosida test sinovi bosqichiga qo'yilgan nomzodlarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etiladi.
Test sinovlari belgilangan tartib asosida O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladi.
Test sinovlarining savollari umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim fanlarining o'quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Nomzodlar test sinovlarini o'zlarining tanlovi bo'yicha davlat tili, rus tili yoki qoraqalpoq tilida topshiradilar.
Test sinovlarini o'tkazish tartibi hamda saralash bali O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar o'rganish bosqichiga qo'yiladi.
Tor ixtisoslik bo'yicha mutaxassislar qatoridan bo'lgan nomzodlar O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan ro'yxat va tartibda saralash bosqichisiz o'rganish bosqichi orqali xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Mavjud bo'sh lavozimlarni hisobga olgan holda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig'majildi rasmiylashtiriladi.
Saralash va o'rganish bosqichlari natijalariga ko'ra nomzodning xizmatga ma'naviy-kasbiy va sog'liq jihatdan mosligi to'g'risida xulosa chiqariladi.
(10-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
- Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig'majildlarini rasmiylashtirish ichki ishlar organlarining kadrlar bo'linmalari tomonidan aalga oshiriladi. Nomzodning tegishli hujjatlarini yig'ish jarayonida unga bir paytning o'zida o'rganish bosqichidan o'tish uchun yo'llanma beriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, ichki ishlar organlarida xizmatni o'tashga to'sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo'lgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko'ra bo'shatilgan, shuningdek, sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlangan (qo'llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan va amnistiya akti qo'llanilgandan qat'i nazar) fuqarolar xizmatga qabul qilinishi mumkin emas.
Xizmat o'tashga to'sqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Xizmatga kiruvchi nomzodlarga xizmat siri hisoblanuvchi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan hamda oshkor etilishi man etiladigan maxsus talablar ham o'rnatiladi.
Nomzodning shaxsiy hujjatlar yig'ma jildlarini rasmiylashtirish davomida xizmatga qabul qilinishiga to'sqinlik qiluvchi ma'lumotlar (xizmatga qabul qilish uchun umumiy va maxsus talablarga mos kelmaslik) aniqlangan taqdirda, uni shaxsiy hujjatlar yig'ma jildlarini rasmiylashtirish to'xtatilib, xizmatga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi to'g'risida vakolatli rahbar tomonidan qaror qabul qilinadi, bu haqda nomzodga xabar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning oltinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o'z kuchini yo'qotgan — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o'z kuchini yo'qotgan — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son)
- O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalariga nomzodlar tanlovi tartibi va qabul qilish qoidalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakul`tetiga qabul qilish qoidalari O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son)
Ichki ishlar organlarining maxsus bo'linmalariga tanlash tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning to'rtinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
- Quyidagi nomzodlar, istisno tariqasida, tanlab olish tadbirlarining saralash bosqichidagi test sinovi va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan ozod etiladi:
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo'lganlar;
oliy ta'lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar;
professor-o'qituvchi va ilmiy tarkib lavozimlariga nomzodlar;
ekspert-kriminalistika, ish yuritish, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari, tahliliy va yuridik ta'minlash bo'linmalariga nomzodlar;
sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari bo'yicha Olimpiya va Osiyo o'yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to'rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g'olib va sovrindor (1 — 3 o'rin)) individual turlarida g'olib chiqqan nomzodlar;
talabalar, magistrlar yoki doktorantlar uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo'lgan nomzodlar.
Xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida halok bo'lgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari xizmatga qabul qilinishida O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ustunlikka ega bo'ladi.
(15-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
- Xizmatga tanlab olish tadbirlari bosqichlarining biridan o'ta olmagan nomzod uni takroran topshirishiga, shuningdek, xizmatga tanlab olish tadbirlarining keyingi bosqichiga qo'yilmaydi.
(16-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
- O'rganish bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan, shuningdek, shaxsiy hujjatlar yig'ma jildi to'liq rasmiylashtirilgan nomzodlar xizmatga qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan boshliqning buyrug'i bilan xizmatga qabul qilinadi va ichki ishlar organlarining boshlang'ich kasbiy tayyorgarlik kurslariga yuboriladi.
Boshlang'ich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan va belgilangan sertifikatga ega bo'lgan xodimlar xizmatga qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan boshliqning buyrug'i bilan tegishli lavozimga tayinlanadi.
(17-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
- Nomzodlarni xizmatga tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish, shuningdek nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig'ma jildlarini rasmiylashtirish tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
(18-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
- Ichki ishlar organlaridagi lavozimlar quyidagicha jamlanadi:
ofitserlar tarkibi — oliy ma'lumotga ega, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
serjantlar tarkibi — oliy ma'lumotga ega, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakul`tetini yoki Mudofaa vazirligining Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazini tamomlagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
safdorlar tarkibi — O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorlarining yordamchilari, shuningdek, oliy ma'lumotga ega yoki sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.
Safdorlar tarkibining tor mutaxassislik sirasiga kiruvchi lavozimlarni o'rta, o'rta maxsus yoki kasb-hunar ma'lumotga ega, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan jamlashga yo'l qo'yiladi.
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxirasidagi ofitserlarni ichki ishlar organlarining safdor va serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yo'l qo'yilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri rag'batlantirish tariqasida, ichki ishlar organlarida kamida ikki yil xizmat stajiga ega, oliy ma'lumotli va yuklatilgan vazifalarni bajarishda samarali natijalarga erishgan, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakul`tetini yoki Mudofaa vazirligining Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazini tamomlamagan safdorlar tarkibidagi xodimlarni ham, istisno tariqasida, serjantlar tarkibidagi lavozimlarga tayinlashga va «kichik serjant» maxsus unvonini berishga ruxsat berishi mumkin.
Ichki ishlar organlarining maxsus bo'linmalarining, shuningdek, tibbiy muassasalarining serjantlar tarkibi lavozimlari o'rta va o'rta maxsus ma'lumotli shaxslar bilan jamlanishi mumkin.
(19-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son — Qarorning 5-ilovasi bilan 19-bandga kiritilayotgan o'zgartirish 2021 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi)
- Ichki ishlar organlaridagi lavozimlarga tayinlash uchun zarur ta'lim va mutaxassisliklarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
- Xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
«Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirar ekanman, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakat tinchligi, osoyishtaligi va xavfsizligini mustahkamlash borasidagi burchimni va zimmamga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sidqidildan bajarishga va'da beraman.
Vatanimga va O'zbekiston xalqiga sodiq bo'lishga qasamyod qilaman».
- Xizmatga qabul qilishda xodimga xizmat guvohnomasi va shaxsiy raqamli jeton beriladi.
Xodimning xizmat guvohnomasi va jetonining namunalari, shuningdek ularni berish va hisobini yuritish tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Xodimning xizmat guvohnomasi o'qotar qurolni olib yurish va saqlash huquqini, shuningdek qonunga muvofiq unga berilgan boshqa huquq va vakolatlarini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
- Xizmatga qabul qilingan xodimga dastlabki sinov muddati tayinlanadi va unga lavozimga tayinlangan paytidan boshlab murabbiy biriktiriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dastlabki sinov muddati bir yildan ortiq bo'lishi mumkin emas.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
- Qasamyod qabul qilish, dastlabki sinov muddatini o'tash va murabbiylarni biriktirish tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
- Xizmatga qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining harbiy xizmatga majbur fuqarolari, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalarining xizmatga chaqiriluvchi hisoblangan kursantlari, harbiy hisobdan chiqariladi va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus hisobida turadi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalarining kursantlari birinchi bosqich ta'lim muddati yakunlanganidan so'ng, muddatli harbiy xizmatni o'tgan hisoblanadilar va ularga ta'lim muassasasi joylashgan erdagi mudofaa ishlari bo'yicha hududiy bo'lim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi.
- Xizmatga qabul qilish va bo'shatish, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalarida o'qishga qabul qilish, shuningdek maxsus unvonlar berish O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan vakolat berilgan boshliqlarning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
3-bob. Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum qilish
Oldingi tahrirga qarang.
- Maxsus unvon xodimning xizmat majburiyatlariga munosabati, malaka oshirish kurslarini o'taganligi, o'tagan xizmat yillari va egallagan lavozimini inobatga olgan holda yakka tartibda beriladi.
(27-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son — 2021 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi)
- Xodimlarga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
safdorlar tarkibi — safdor;
serjantlar tarkibi — kichik serjant, serjant, katta serjant;
ofitserlar tarkibi:
kichik ofitserlar tarkibi — leytenant, katta leytenant, kapitan;
katta ofitserlar tarkibi — mayor, podpolkovnik, polkovnik;
generallar tarkibi — general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik.
- Birinchi va navbatdagi maxsus unvonlar, maxsus unvonlar berish vakolatiga ega boshliqning buyrug'i bilan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
- «Safdor» maxsus unvoni ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilingan, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta'lim muassasalari va chet davlatlar ta'lim muassasalari (O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan kelishuv asosida yuborilgan) kursant (tinglovchi)lari safiga qabul qilingan shaxslarga ularni qabul qilish bilan bir vaqtda beriladi, serjantlar tarkibining maxsus unvoniga ega xodimlar bundan mustasno.
(30-bandning birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
«Safdor» maxsus unvoni xizmatga yoki o'qishga qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan boshliqlar tomonidan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
- «Kichik serjant» maxsus unvoni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig'i tomonidan kasbiy tayyorgarlik fakul`tetini serjantlar tarkibini tayyorlash dasturi bo'yicha maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga beriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
Serjantlar tarkibining navbatdagi maxsus unvonlari lavozimga tayinlash vakolatiga ega boshliqlarning buyruqlari bilan beriladi.
- Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlarga qabul qilingan nomzodlarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda «katta serjant» maxsus unvoni beriladi, bu unvonda ular dastlabki sinov muddati tugab, ofitserlik unvoni berilguniga qadar xizmat olib boradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasidagi ofitserlar hisoblanuvchi va ichki ishlar organlari Boshlang'ich kasbiy tayyorgarlikdan o'tib, ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga mavjud harbiy unvoniga teng darajadagi maxsus unvon beriladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
- Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining birinchi maxsus unvoni «leytenant» hisoblanadi.
Ayrim hollarda, ilmiy darajasi yoxud faoliyatning tor ixtisoslik turlari bo'yicha ko'p yillik staji va ish (xizmat) tajribasiga ega bo'lgan fuqarolarga ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlash vaqtida birinchi unvon sifatida «mayor» maxsus unvonigacha bo'lgan, shu jumladan mayor unvoni ham, maxsus unvonlaridan biri berilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida yoki roziligi bilan generallar tarkibi lavozimlariga xizmatga yuborilgan, maxsus, harbiy va boshqa unvoni bo'lmagan shaxslarga belgilangan tartibda «polkovnik» maxsus unvonigacha bo'lgan, shu jumladan polkovnik unvoni ham, maxsus unvon berilishi mumkin.
Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining birinchi maxsus unvoni O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan beriladi.
«Leytenant» maxsus unvoni quyidagilarga beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlanib, sinov muddatini muvaffaqiyatli o'tagan shaxslarga;
(33-bandning oltinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlarining safdor yoki serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlanganlarga O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining qayta tayyorlash maxsus kurslarini o'taganlaridan so'ng;
(33-bandning ettinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son — 2021 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning sakkizinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan 2021 yil 1 sentyabrdan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son)
Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalarini kunduzgi ta'lim, shuningdek xorijiy davlatlar ta'lim muassasalarining (O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan kelishuv asosida yuborilgan) bitiruvchilariga.
- Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining navbatdagi maxsus unvonlari quyidagilar tomonidan beriladi:
«mayor» maxsus unvonigacha — ofitserlar tarkibi unvonlarini berish vakolatiga ega boshliqlar tomonidan, boshliqlari bunday vakolatga ega bo'lmagan tarkibiy tuzilmalar xodimlariga esa O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
«podpolkovnik» maxsus unvoni — O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan;
(34-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi PF-6230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 20.05.2021 y., 06/21/6230/0473-son)
Oldingi tahrirga qarang.
«polkovnik» maxsus unvoni — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan;
(34-bandning to'rtinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
generallar tarkibining maxsus unvonlari — O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan.
- Maxsus unvonda xizmat o'tash muddatlari quyidagicha belgilanadi:
«safdor» — muddatsiz;
«kichik serjant» — ikki yil;
«serjant» — ikki yil;
«katta serjant» — muddatsiz;
«leytenant» — ikki yil;
«katta leytenant» — ikki yil;
«kapitan» — uch yil;
«mayor» — to'rt yil;
«podpolkovnik» — besh yil.
«Polkovnik» va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi.
- Navbatdagi maxsus unvonlar belgilangan xizmat muddatini o'tagan xodimlarga, ular egallab turgan lavozimining unvon pog'onasiga muvofiq beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Navbatdagi «katta serjant», «kapitan», «mayor» va «podpolkovnik» maxsus unvonlari O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti yoki Maxsus tayyorgarlik o'quv markazining maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli o'tagan xodimlarga beriladi. Rag'batlantirish chorasi tariqasida muddatidan oldin maxsus unvonlar berilishi bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Navbatdagi «polkovnik» maxsus unvoni yuklatilgan vazifalarni bajarishda samarali natijalarga erishgan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining, Huquqni muhofaza qilish akademiyasining yoki Jamoat xavfsizligi Universitetining magistraturasini yoki Qurolli Kuchlar Akademiyasining ikki yillik ta'lim dasturini, boshqa oliy ta'lim muassasalarining moliya-iqtisod, texnik yoki tibbiy sohalari yo'nalishlari bo'yicha magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan yoxud ilmiy darajaga ega xodimlarga beriladi.
(36-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
Mazkur bandni inobatga olmagan holda maxsus unvonlarni berishga faqat O'zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan yo'l qo'yiladi.
(36-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan ikkinchi — to'rtinchi xatboshilar bilan to'ldirilgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021 y., 09/21/183/0283-son — 2021 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi)
- Navbatdagi maxsus unvonni chetlab o'tib, maxsus unvonlar berilishiga yo'l qo'yilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalarida o'qish va sport-madaniyat sohasida yuqori natijalarga erishgan, ta'lim dasturini a'lo baholarga tamomlagan bitiruvchilariga O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan ta'lim muassasa boshlig'ining taqdimnomasi asosida ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining birinchi maxsus unvonini chetlab, «katta leytenant» maxsus unvoni berilishi mumkin.
- Xodim yuqori darajadagi unvon belgilangan lavozimga o'tkazilganda, mavjud unvonida bo'lish muddati o'tgan bo'lsa, lavozimiga qachon tayinlanganidan qat'i nazar, navbatdagi maxsus unvon berish uchun taqdim etiladi.
- Maxsus unvonda xizmat o'tash muddati kalendar` hisobda maxsus unvon berish haqida buyruq chiqarilgan kundan e'tiboran hisoblanadi (ushbu Nizomning 47 va 48-bandlari talablari asosida berilgan maxsus unvonlar bundan mustasno).
Xodimning maxsus unvoni pasaytirilgan taqdirda uning avvalgi unvonini qayta tiklanguniga qadar o'tagan xizmat davri navbatdagi unvon muddatiga qo'shilmaydi.
- Xizmat majburiyatlarini namunali darajada bajarayotgan, jinoyatchilikka qarshi kurashda, ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatda yuqori ko'rsatkichlarga erishgan, xizmat burchini bajarishda qahramonlik, jasorat va fidoyilik ko'rsatgan xodimlarga rag'batlantirish chorasi tariqasida ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining maxsus unvonini muddatidan oldin yoki egallab turgan lavozimi bilan ko'zda tutilgandan bir pog'ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilishi ham mumkin.
Muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonlar quyidagilarga beriladi:
ichki ishlar organlari generallar tarkibi lavozimlariga tayinlangan («polkovnik» unvonidan past unvonga ega bo'lgan) xodimlarga — mavjud maxsus unvonda qancha muddat xizmat o'taganidan qat'i nazar;
ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmat qilayotgan xodimlarga — mavjud maxsus unvonda xizmat qilish uchun belgilangan muddatning kamida uchdan ikki qismi o'tganidan so'ng.
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, mavjud maxsus unvonda xizmat o'tash uchun qancha muddat belgilanganidan qat'i nazar, navbatdagi maxsus unvonlarni berish huquqiga ega.
egallab turgan lavozimi bilan ko'zda tutilgandan bir pog'ona yuqori navbatdagi maxsus unvon quyidagilarga beriladi (generallar tarkibi maxsus unvonlari bundan mustasno):
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi xodimlariga — mavjud unvonda xizmat o'tash muddati tugaganidan so'ng;
ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xodimlarga — mavjud unvonda xizmat o'tash muddatining kamida bir yarim baravari o'tganidan so'ng.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari profilaktika, ekspert-kriminalistika, tergov va tezkor bo'linmalari xodimlariga rag'batlantirish chorasi tariqasida mazkur Nizomning 36-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga javob berganda egallab turgan lavozimi bilan ko'zda tutilgan maxsus unvondan qat'i nazar navbatdagi maxsus unvon berilishi mumkin:
«podpolkovnik» maxsus unvoni — tegishliligi bo'yicha ichki ishlar organlari profilaktika, ekspert-kriminalistika, tergov va tezkor bo'linmalarida o'n besh kalendar` yildan ortiq ish stajiga ega bo'lgan profilaktika inspektori, eksperti, tergovchisi (surishtiruvchisi), tezkor vakili yoki profilaktika katta inspektori, katta eksperti, katta tergovchisi (katta surishtiruvchisi), katta tezkor vakili lavozimidagi xodimlarga «mayor» maxsus unvonida xizmat o'tash muddati tugaganidan so'ng;
«polkovnik» maxsus unvoni — tegishliligi bo'yicha ichki ishlar organlari profilaktika, ekspert-kriminalistika, tergov va tezkor bo'linmalarida yigirma kalendar` yildan ortiq ish stajiga ega bo'lgan profilaktika katta inspektori, katta eksperti, katta tergovchisi (katta surishtiruvchisi), katta tezkor vakili, bosh eksperti yoki o'ta muhim ishlar bo'yicha tergovchisi, tezkor vakili lavozimidagi xodimlarga «podpolkovnik» maxsus unvonida xizmat o'tash muddati tugaganidan so'ng.
(40-bandning to'qqizinchi — o'n birinchi xatboshilari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi PQ-122-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 09.02.2022 y., 07/22/122/0109-son)
Bir vaqtning o'zida muddatidan oldin hamda egallagan lavozimi bilan ko'zda tutilgan bir pog'ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilishiga yo'l qo'yilmaydi.
- Pensiya olish huquqini beradigan xizmat yilini hamda navbatdagi maxsus unvon uchun belgilangan muddatini o'tagan, egallab turgan lavozimi bilan belgilangan unvon pog'onasi «kapitan» bo'lgan, ijobiy tavsiflanadigan ofitserlar tarkibidagi xodimlarga xizmatdan bo'shatish bilan bir vaqtda «mayor» maxsus unvoni berilishi mumkin.
- Xodimlarga navbatdagi maxsus unvon berilishi quyidagi hollarda kechiktiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
xodim ichki ishlar organlari ixtiyorida bo'lganda (bola parvarishlash ta'tili berilgan xodimlar bundan mustasno);
(42-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
xodimda amaldagi intizomiy jazosi mavjud bo'lganda;
xodim attestatsiyadan shartli ravishda o'tganida;
xodimga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilganda;
intizomiy jazo tariqasida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va boshqa lavozimga o'tkazilgan taqdirda — lavozimidan ozod etilgan kundan boshlab, bir yil davomida.
- Navbatdagi maxsus unvonni asossiz ravishda kechiktirilishiga yo'l qo'ygan boshliqlar va xodimlar belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi.
- Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi xodimlarining maxsus unvonlarini intizomiy jazo tariqasida bir pog'ona pasaytirish mumkin. Bunda unvon «leytenant» maxsus unvonigacha pasaytiriladi.
«Podpolkovnik» va undan past maxsus unvonlarni pasaytirish O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
«Polkovnik» maxsus unvoni O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda pasaytiriladi.
(44-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Maxsus unvoni pasaytirilgan xodimning avvalgi unvoni, egallab turgan lavozimidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan unvonini pasaytirishni tavsiya etgan boshliqning (yoki unga tenglashtirilgan boshliqning) yoxud yuqori lavozimdagi boshliqning taqdimnomasi bo'yicha tiklanishi mumkin.
Generallar tarkibi xodimlarning maxsus unvonlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan pasaytiriladi va tiklanadi.
- Maxsus unvoni pasaytirilgan va so'ngra tiklangan xodimning maxsus unvondagi muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar o'tagan xizmati bilan qo'shib hisoblanadi.
- Sudning hukmi asosida maxsus unvonlardan mahrum qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
safdorlar va serjantlar tarkibining maxsus unvonlari — ushbu unvonlarni berish vakolatiga ega boshliqlar tomonidan;
ofitserlar tarkibining maxsus unvonlari O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan.
Generallar tarkibi maxsus unvoniga ega shaxslar maxsus unvonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sudning tegishli taqdimnomasi asosida mahrum qilinishi mumkin.
Sud shaxsning maxsus unvonini tiklash haqida qaror qabul qilganida maxsus unvondan mahrum qilgan boshliq yoki bunday vakolatga ega yuqori turuvchi rahbar tomonidan tiklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
- Nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvon va martaba darajasi bo'lishi nazarda tutilgan boshqa organlardan xizmatga o'tkazilgan (yuborilgan) shaxslarning maxsus unvonlari, egallab turgan lavozimidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ushbu Nizom ilovasiga muvofiq beriladi.
Ushbu tartib nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvonlar bo'lishi nazarda tutilgan boshqa organlar bo'linmalariga o'tkazilgan (yuborilgan) xodimlarga ham qo'llaniladi.
(47-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
- Harbiy unvonda xizmat qilgan yoki harbiy ta'lim muassasalaridan xizmatni ichki ishlar organlarida davom ettirish uchun kelgan oddiy askar va serjantlar tarkibi harbiy xizmatchilariga (shartnoma asosida xizmat o'tagan) lavozimga tayinlash to'g'risidagi buyruq bilan birga ularning harbiy unvonlariga muvofiq tenglashtirilgan maxsus unvonlar beriladi.
«III darajali serjant», «II darajali serjant» hamda «I darajali serjant» harbiy unvonlari ichki ishlar organlarining «serjant» maxsus unvoniga tenglashtiriladi.
(48-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi PF-6230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 20.05.2021 y., 06/21/6230/0473-son)
- Ushbu Nizomning 47 va 48-bandlarida belgilangan tartibda navbatdagi maxsus unvon berilgan xodimlarga ularni avvalgi ish joyida unvonda xizmat o'tagan davri hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
- Ushbu Nizomning 33-bandi uchinchi xatboshisi, 47 yoki 48-bandlariga muvofiq maxsus unvonlar berilgan xodimlarga (shu jumladan mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar xizmatga o'tkazilgan (yuborilgan) yoki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishi yoki uning roziligi bilan yuborilgan) xizmat yillari uchun foizli ustama haq belgilashda ularning ilgarigi ish joyidagi (foizli ustama to'lash uchun belgilangan) xizmat yoki mehnat stajlari inobatga olinadi hamda ushbu davr xodim ichki ishlar organlaridan bo'shatilgan taqdirda unga pensiya tayinlashda umumiy xizmat stajiga qo'shib hisoblanadi.
(50-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son)
- Yuqori yoki teng lavozimga vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar, vazifa bajaruvchi etib tayinlangunga qadar egallagan lavozimining unvon pog'onasi bo'yicha beriladi.
Agar vaqtincha lavozimni bajarish uchun tayinlangan xodimning ilgari egallagan lavozimining unvon pog'onasi navbatdagi unvonini berish uchun mos kelmasa, uni navbatdagi maxsus unvonga tavsiya etish mumkin emas. Bunda lavozim vazifasini bajarish muddati olti oydan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
- O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistraturasi tinglovchilariga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalarining doktoranturasida ta'lim olayotganlarga navbatdagi maxsus unvonlar ular tinglovchilar safiga, doktoranturaga qabul qilinganiga qadar xizmat qilgan oxirgi lavozimining unvon pog'onasiga muvofiq beriladi.
(52-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son — 2021 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi)
- Xodimlar ilgari egallagan lavozimlaridagi shtat jadvali bo'yicha o'zgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvon pog'onasi ko'tarilishi yoki tushirilishi) lavozim vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganlaridan yoki o'qishga kirganlaridan so'ng inobatga olinmaydi.
- Maxsus unvonlar berish, ulardan mahrum qilish va ularni tiklashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ularni ko'rib chiqish tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
4-bob. Lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va rotatsiya
- Ichki ishlar organlarining asosiy lavozimlari bo'yicha xodimlarning maxsus unvonlar ro'yxati — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, ularga tenglashtirilgan lavozimlar ro'yxati esa — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlagan tashkiliy-shtat tuzilmasi va umumiy shtatlar soni asosida O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
- O'zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi Qonunining 14-moddasida ko'rsatilmagan xodimlarni lavozimlarga tayinlash va ozod etish tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
- Tayinlanishi uchun xodimlarning sog'lig'i holati inobatga olinishi talab etiladigan lavozimlar O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
- Xodimlarni lavozimga tayinlash, bunga vakolatli boshliqlar tomonidan quyidagi qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi:
a) xodimlarni lavozimga tayinlash ularning ma'lumoti, mutaxassisligi yoki lavozimga yaqin mutaxassislik, shuningdek amaliy ish tajribasiga muvofiq amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Xodim ichki ishlar organlarining shtat jadvali asosida doimiy shaxsiy tarkib sirasiga kiruvchi lavozimda xizmat qilgan davr uning ichki ishlar organlarida amaliy xizmat staji bo'lib hisoblanadi.
Ichki ishlar vazirligi ta'lim muassasalarida o'qish va muddatli harbiy xizmatni o'tash davri ichki ishlar organlarida amaliy xizmat stajiga kiritilmaydi (qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o'qish davri bundan mustasno).
(58-bandning «a» kichik bandi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to'ldirilgan — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son)
b) bo'sh lavozim vazifasini bajarishning uzluksiz muddati olti oydan, jamlangan lavozimda esa to'rt oydan oshmasligi lozim;
v) tashkiliy-shtat o'zgarishlari bo'lganida, shuningdek xodimning hayoti va faoliyati bilan bog'liq holatlar yuzaga kelganida u egallab turgan lavozimida ozod qilinadi va 15 kundan ortiq bo'lmagan muddatga, ayrim hollarda esa O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ruxsati bilan ikki oydan oshmagan muddatga pul ta'minoti (oxirgi lavozimi bo'yicha) saqlangan va xizmat stajini bir kuni bir kunga hisoblagan holda ichki ishlar organlari ixtiyoriga olinadi.
Ichki ishlar organlari ixtiyorida bo'lish muddatini hisoblashda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri (layoqatsizlik haqidagi hujjat bo'lganida) yoki qo'shimcha ta'tilda bo'lish (bola parvarishlash ta'tilida bo'lish vaqti bundan mustasno) inobatga olinmaydi.
Xodimlarning ichki ishlar organlari ixtiyorida belgilangan muddatdan ortiq bo'lgani uchun haq to'lanmaydi, bunda ushbu davrning bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda umumiy xizmat stajiga kiritiladi.
g) xodimning yoki uning oila a'zolari hayoti yoxud sog'lig'iga xavf yuzaga kelganida, shuningdek ularning sog'lig'i holati tufayli xizmat (yashash) joyini o'zgartirish zarur bo'lganida, ushbu xodimni boshqa tuman (shahar, viloyat)ga xizmatga o'tkazish lavozimga tayinlash vakolatiga ega boshliq tomonidan amalga oshiriladi;
d) o'zaro qarindosh bo'lgan xodimlar (ota-ona, turmush o'rtog'i, aka-uka, opa-singil, farzandlar, shuningdek turmush o'rtog'ining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari), agar unda xizmat o'tash birining ikkinchisiga bo'ysunishi yoki nazorat ostida bo'lishi bilan bog'liq bo'lsa, bir bo'linmadagi lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
e) O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari tarkibi hamda jazoni ijro etish muassasalari tibbiyot xodimlari lavozimlariga, kafedralar (fakul`tetlar, tsikllar, bo'limlar) rahbarlaridan tashqari, tegishli sohada kamida o'n yillik ilmiy, pedagogik, tibbiyot yoki amaliy ish tajribasiga ega bo'lgan shaxslar shahodatlangan lavozimlar hisobidan tayinlanishi mumkin.
(58-band «e» kichik bandining birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi 2022 yil 1 avgustdagi PQ-339-son qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 02.08.2022 y., 07/22/339/0703-son)
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bakalavrlari sirasidan bo'lgan xodimlari, istisno tariqasida, ichki ishlar organlari ta'lim muassasalarining o'qituvchilar tarkibi lavozimlariga magistr darajasiga ega bo'lmagan holda tayinlanishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining ixtisoslashtirilgan kafedralari professor-o'qituvchilar tarkibidagi lavozimlariga tegishli sohada kamida 3 yillik amaliy xizmat stajiga yoxud tegishli mutaxassislik bo'yicha ilmiy darajaga ega shaxslar tayinlanadi.
Tegishli sohada kamida 3 yillik amaliy xizmat stajiga ega ichki ishlar organlari xodimlariga O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bazaviy doktoranturasi kunduzgi shakliga pedagogik stajga ega bo'lmagan holda kirish huquqi beriladi.
(58-bandning «e» kichik bandi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini 2001 — 2004 yillarda bakalavriat dasturi bo'yicha kunduzgi ta'lim shaklini tamomlagan ichki ishlar organlari xodimlariga, istisno tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini tayyorlash va belgilangan tartibda himoya qilish huquqi beriladi.
(58-bandning «e» kichik bandi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to'ldirilgan — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son)
j) xodimni egallab turgan lavozimidan chetlashtirishga doir jinoyat ishi bo'yicha sud qarori chiqarilganida u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi hamda avvalgi xizmat vazifalarini bajarish bilan bog'liq bo'lmagan past yoki teng mavqeli lavozimga tayinlanadi yoxud ichki ishlar organlari ixtiyorida qoldiriladi;
egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan xodimni ichki ishlar organlaridan bo'shatish yoki uni avvalgi yoxud teng mavqeli lavozimga tayinlash masalasi bunga vakolatli boshliqlar tomonidan sud qarori asosida hal etiladi.
Xodimni egallab turgan lavozimidan qonunga xilof tarzda chetlashtirish tufayli yuzaga kelgan majburiy progulning bir yildan ortiq bo'lmagan muddati uchun unga pul ta'minoti tarzida haq to'lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
z) xodimga bola parvarishlash ta'tili berilganida, egallab turgan lavozimidan ozod etilib, ichki ishlar organlari ixtiyoriga olinishi mumkin.
Xodimlar bolani parvarishlash uchun berilgan ta'til muddati tugamasdan xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishish huquqiga ega.
Bolani parvarishlash uchun berilgan ta'tildan chiqqan xodim muqaddam egallagan lavozimiga (agar bo'sh bo'lsa), buning imkoni bo'lmasa, boshqa teng lavozimga tayinlanadi.
(58-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qaroriga asosan «z» kichik bandi bilan to'ldirilgan — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
- Xodimni lavozimdan lavozimga o'tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
yuqori lavozimga — xizmat bo'yicha ko'tarilish yoki rag'batlantirish tartibida;
teng lavozimga — o'zining xohishiga ko'ra, sog'lig'ining holati bo'yicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida), oilaviy sharoitga ko'ra, sud qarori asosida lavozimdan chetlashtirish yoki bo'sh lavozimlarni jamlash zaruriyati yuzaga kelganida xodimning kasbiy va shaxsiy xislatlarini inobatga olib, uning egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida, shuningdek tashkiliy-shtat o'zgarishlari bo'lganida;
past lavozimga — o'zining xohishiga ko'ra, sog'lig'ining holati bo'yicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida), attestatsiya tartibida egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilganida, intizomiy jazo chorasi sifatida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, shuningdek tashkiliy-shtat o'zgarishlari bo'lganida yoki sud qarori asosida lavozimidan chetlashtirilganligi sababli teng lavozimga o'tkazish imkoniyati bo'lmaganida.
Boshliqning xodimni past lavozimga o'tkazish haqidagi buyrug'ida buning asoslari ko'rsatiladi.
- Yuqori, teng yoki past lavozimlar egallab turgan lavozim bilan nazarda tutilgan maxsus unvonga muvofiq, maxsus unvonlar teng bo'lganida esa — lavozim maoshi miqdori bo'yicha aniqlanadi.
- egallab turgan lavozimiga noloyiqligi sababli yoki intizomiy jazo tariqasida past lavozimga tayinlangan xodimlarni xizmat bo'yicha ko'tarish ularning kasbiy va shaxsiy xislatlari, sog'lig'ining holati, ish natijalari va xizmat vazifalarini bajarish bo'yicha ko'rsatgan qobiliyatidan kelib chiqib, kamida bir yildan keyin amalga oshiriladi.
- Xizmat joyi o'zgargan xodim ichki ishlar organlari xizmat bo'yicha ko'chirish haqida buyruqni yoki yozma xabarni olgan kunidan so'ng o'n kundan kechikmasdan moddiy va ishonib berilgan mulkni topshirganidan keyin, xizmat joyiga safarbar qilinishi lozim, xodim navbatdagi ta'tilda yoki davolanishda bo'lgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
- O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakul`teti, va magistraturaga o'qishga kirgan xodimlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etiladi va tinglovchilar safiga kiritiladi.
(63-bandning birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son)
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta'lim muassasalari kursantlari (tinglovchilari)ni o'tkazish, tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
- Xodimni maxfiy hujjatlar bilan ishlashi belgilangan lavozimga tayinlashda unga davlat sirini tashkil qiluvchi ma'lumotlarga o'rnatilgan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirish jarayoni amalga oshiriladi.
Davlat sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarga ruxsatnomasi bo'lmagan xodimni maxfiy hujjatlar bilan ishlashi belgilangan lavozimga tayinlashga yo'l qo'yilmaydi.
Xodim o'rnatilgan tartibda davlat sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarga ruxsatnomadan mahrum qilinganda egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va maxfiy hujjatlar bilan ishlash talab etilmaydigan lavozimga o'tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
- Ichki ishlar organlarida rahbar lavozimlarni egallagan xodimlar faoliyatining samaradorligin oshirish, korruptsiya va vakolatlar suiiste'mol qilinishining oldini olish, shaxsiy tarkib orasida sog'lom muhitni ta'minlash maqsadida xodimlar amaliy xizmat stajini va kasbiy tayyorgarlik darajasini inobatga olgan holda teng lavozimga, jumladan boshqa tuman (shahar, viloyat) yoki tarkibiy tuzilmaga, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan so'ng, rotatsiya tartibida o'tkazilishi mumkin.
(65-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son)
- Xodimlarni ichki ishlar organlari ixtiyorida qoldirish va rotatsiya qilish tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
5-bob. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
- Ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalarida hamda boshqa ta'lim muassasalarida, shuningdek xalqaro shartnomalar asosida xorijiy davlatlar ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlar ta'lim muassasalarida o'qish uchun tanlov o'tkazish tartibi va shartlari O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
- O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalariga, xorijiy davlatlar oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirgan fuqarolar bilan (to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirganlar bundan mustasno) o'qishni tamomlaganidan keyin besh kalendar` yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot bo'yicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat o'tashlari haqida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.
(68-bandning birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
Shartnoma shartlari hamda uning bajarilmasligi sababli moddiy javobgarlik haqida nomzod (shuningdek uning ota-onasi) o'qishga kirguniga qadar dastlabki tanlov davrida yozma ravishda ogohlantiriladi.
Shartnoma o'qishga kirgan fuqarolar bilan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi nomidan ta'lim muassasalari tomonidan, xorijiy davlatlarning oliy ta'lim muassasalariga o'qishga yuboriladiganlar bilan esa — O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tuziladi.
Shartnoma tuzishni rad etgan fuqarolar mazkur ta'lim muassasalariga qabul qilinmaydi.
Agar kursant (xodim) tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasa undan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan o'qishiga sarflangan mablag'lar qonunga muvofiq undiriladi.
Quyidagi hollarda ta'limga sarflangan mablag'lar undirilmaydi:
ichki ishlar organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida yoki tashkiliy-shtat o'zgarishlari sababli bo'shatilganda;
kursant (xodim)ning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi bo'lib, xizmat vazifalarini bajarish chog'ida halok bo'lgan taqdirda;
kursant (xodim) vafot etganida.
Oldingi tahrirga qarang.
- Xizmatga qabul qilingan fuqarolar (kursantlar va maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslari tinglovchilari bundan mustasno) majburiy tartibda uch oy muddatli boshlang'ich kasbiy tayyorgarlikdan o'tadilar.
(69-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
- Xodim boshqa turdagi kasbiy faoliyat bilan bog'liq lavozimga tayinlanganda yoki uni yangi yo'nalishlar bo'yicha tayyorlash zarur bo'lganida qayta tayyorgarlikdan o'tishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
- Xodimlar O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Maxsus tayyorgarlik o'quv markazida O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan dasturlar asosida malaka oshiradilar.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Maxsus tayyorgarlik o'quv markazida nazarda tutilmagan mutaxassisliklar bo'yicha xodimlarning malakasini oshirish O'zbekiston Respublikasining boshqa ta'lim muassasalarida yoki xorijiy davlatlar ta'lim muassasalarida tashkil etiladi.
(71-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son)
- Ichki ishlar organlari uchun rahbar kadrlarni tayyorlash O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalarida O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini, ma'naviy-axloqiy darajasini oshirish uchun ichki ishlar organlarida tizimli ravishda xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlari tashkil etiladi.
Xodim maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va o'qotar qurol qo'llash bilan bog'liq sharoitlarda harakatlanishiga kasbiy yaroqliligi bo'yicha har yilgi tekshiruvdan o'tishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan o'tgan xodimga tegishli sertifikat beriladi.
- Xodimlarni maxsus kasbiy (boshlang'ich) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek xizmat o'tash vaqtida xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlikdan o'tishini tashkil qilish tartibi va shartlari O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
6-bob. Xodimning boshqa davlat organlari va tashkilotlariga saylanganida (tayinlanganida, safarbar etilganida) xizmat o'tashi
Oldingi tahrirga qarang.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, farmoyishiga, shuningdek roziligiga yoxud O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga tayinlangan, xuddi shuningdek O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan boshqa davlat organlarining ta'lim muassasalariga o'qishga yuborilgan xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilib, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kadrlarining amaldagi zaxirasiga (bundan buyon matnda — kadrlar zaxirasi) kiritilishi mumkin.
(75-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son)
- Agarda qonunchilikda boshqa tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda xizmat o'taydilar.
- Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning lavozimi o'zgargan (boshqa lavozimga tayinlangan, lavozimdan ozod qilingan, o'qishdan chetlashtirilgan), rag'batlantirilgan, shuningdek intizom buzgan taqdirda ular faoliyat ko'rsatayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, ta'lim muassasalari rahbarlari bu haqida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini yozma ravishda xabardor qiladi.
- Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarni davlat mukofotiga tavsiya etish, ichki ishlar organlarida xizmatda bo'lishning belgilangan chegaradagi yoshiga to'lganida xizmat muddatini uzaytirish ular faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek ta'lim muassasalari rahbarlarining taqdimnomasiga asosan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarga maxsus unvonlar quyidagi tartibda beriladi:
«podpolkovnik» maxsus unvonigacha, shu jumladan «podpolkovnik» unvoni ham — ilgari egallagan lavozimidan qat'i nazar, xodim faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek ta'lim muassasalari rahbarlarining kiritgan tavsiyanomasiga ko'ra ushbu Nizomda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
«polkovnik» maxsus unvoni — ilgari egallagan lavozimidan qat'i nazar mazkur Nizomning 36-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan talablarga javob berganda, xodim faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek ta'lim muassasalari rahbarlarining kiritgan tavsiyanomasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan;
(79-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son — 2021 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi)
generallar tarkibining maxsus unvonlari — O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri hamda ular faoliyat ko'rsatayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining birgalikdagi tavsiyanomasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan.
- Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarga ta'tillarni, shuningdek xorijiy davlatlarga borishlari uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, xodimlar faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, ta'lim muassasalari rahbarlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
- Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar xizmatni o'tash tartibi bilan bog'liq o'zgarishlardan xabardor bo'lishlari, lavozimi o'zgarganida (boshqa lavozimga tayinlanganida, lavozimidan ozod etilganida, o'qishdan chetlashtirilganida), mukofotlanganida, intizom buzilishiga yo'l qo'yganida, shuningdek o'zlariga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilganida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yozma ravishda axborot berishi shart.
- Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar nikohdan o'tganida, oilasi tarkibida boshqa o'zgarishlar bo'lganida, qarindoshlariga (ota-ona, er-xotin, aka-uka, opa-singil, o'g'il-qizlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilganida uch ish kuni muddati ichida, mehnat ta'tili yoki xizmat safarida bo'lganida esa ta'til va safar tugashi bilan darhol O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yozma ravishda xabar beradilar.
- Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar xizmat majburiyatlarni bajarish (o'qish) muddati yakunlanganidan so'ng, davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek ta'lim muassasalari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtiyoriga qaytarib yuboriladi.
- O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qaytgan xodim O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan kadrlar zaxirasidan chiqariladi va ilgarigi, unga teng yoki yuqori lavozimga tayinlanadi.
- Intizom buzishi va boshqa salbiy sabablarga ko'ra davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlardagi lavozimidan ozod etilib, shuningdek o'qishdan chetlashtirilib, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qaytarib yuborilgan xodimni lavozimga tayinlash yoki xizmatdan bo'shatish ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi .
- Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar ta'lim muassasalarini tamomlaganidan so'ng, o'qish davrida olgan ma'lumoti va mutaxassisligiga hamda amaliy ish tajribasidan kelib chiqib lavozimga tayinlanadi.
- Xizmatda bo'lishning belgilangan chegara yoshiga etgan yoki xizmatni davom ettirish istagi bo'lmagan xodimlar, kadrlar zaxirasiga kiritilguniga qadar egallagan lavozimi bo'yicha mazkur Nizomga muvofiq xizmatdan bo'shatiladi.
- Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar va ularning oila a'zolari xizmat (o'qish) vaqtida, shuningdek bo'shatilganidan so'ng, qonun hujjatlari va mazkur Nizomda ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a'zolari uchun belgilangan barcha turdagi ta'minot, huquq, imtiyoz va boshqa afzalliklardan foydalanadi.
- Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek ta'lim muassasalarida lavozim majburiyatlarni bajarish (o'qish) davri ichki ishlar organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni olish huquqini beradigan xizmat qilgan yillariga ustama to'lash, pul ta'minoti (lavozim maoshi va maxsus unvon bo'yicha maoshi summasidan iborat bo'lgan) maoshini belgilash va pensiya tayinlash uchun ichki ishlar organlaridagi xizmat stajiga qo'shib hisoblanadi.
7-bob. Attestatsiya o'tkazish
- Ichki ishlar organlarida attestatsiya xodimlarning bilim darajasini, ishga munosabatini, kasbiy tayyorgarligini, egallab turgan lavozimiga loyiqligini xolisona baholash, mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyatidan xabardorligi darajasini aniqlash, shuningdek xizmat intizomini mustahkamlash va zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi chog'ida ularning mas'uliyatini oshirish maqsadlarida o'tkaziladi.
Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, printsipiallik va xayrixohlik vaziyatida o'tishi lozim.
- Xodimlar xizmat davrida navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyadan o'tadilar.
- Navbatdagi attestatsiyadan o'tkazish muddati lavozimga tayinlangan va oxirgi attestatsiyadan o'tkazilgan kunidan boshlab hisoblanadi.
Navbatdagi attestatsiya besh yilda bir marta yoki navbatdagi maxsus unvon berish uchun o'tkaziladi.
Quyidagi xodimlar navbatdagi attestatsiyadan o'tmaydilar:
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganlar;
egallab turgan lavozimida bir yildan kam muddat xizmat qilganlar;
xizmat safarida, davolanishda (ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan holda) va malaka oshirishda bo'lganlar;
kadrlar zaxirasiga kiritilganlar. Ushbu toifadagi xodimlar kadrlar zaxirasidan chiqarilib, ichki ishlar organlaridagi lavozimga tayinlangan kundan boshlab kamida bir yil o'tganidan so'ng umumiy tartibda attestatsiyadan o'tadilar;
homiladorlik, tug'ish va bola parvarishlash ta'tilida bo'lganlar. Bola parvarishlash ta'tilida bo'lgan xodimlar xizmat vazifalarini bajarishga kirishganlaridan so'ng kamida bir yil o'tganidan so'ng attestatsiyadan o'tadilar.
- Navbatdan tashqari attestatsiyadan ish ko'rsatkichlari past bo'lgan, kasbiy yaroqliligini aniqlash bo'yicha tekshiruvdan o'ta olmagan, xizmat intizomini qo'pol tarzda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, ichki ishlar organlari xodimining sha'niga putur etkazuvchi nojo'ya harakatlar sodir etgan xodimlar o'tadilar.
Navbatdan tashqari attestatsiya o'tkazish haqidagi qarorni lavozimga tayinlash vakolatiga ega bo'lgan boshliq qabul qiladi.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vaziri yoxud ichki ishlar vazirining qaroriga asosan xodimlar navbatdan tashqari attestatsiyadan o'tkazilishi mumkin, buning uchun maxsus komissiya tuziladi.
- Attestatsiyani tashkil qilish va o'tkazish, attestatsiya komissiyalari tarkibini shakllantirish va tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
8-bob. Ta'tillar
- Xodimlarga quyidagi ta'tillar beriladi:
har yilgi asosiy ta'til;
homiladorlik, tug'ish va bola parvarishlash ta'tillari;
kasallik bo'yicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan) ta'til;
o'quv (kanikulyar) ta'tili — O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalari kursant (tinglovchi)lari uchun;
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalarini tamomlaganligi munosabati bilan ta'til;
ijodiy ta'til — amaliy faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan xodimlarga dissertatsiyasini yakunlashi uchun;
qo'shimcha ta'til — O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish imtihonlarni topshirishi uchun, oilaviy sharoiti bo'yicha, jangovar harakatlarda va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganlarga.
Shuningdek, xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo'yicha ta'tillar ham berilishi mumkin.
- Xodimlarga dam olish va ish qobiliyatini tiklashlari uchun ta'tilni o'tkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur bo'lgan, biroq uch kalendar` kundan oshmaydigan vaqt qo'shilgan (bayram kunlari hisobga olinmagan, lavozimi va pul ta'minoti saqlangan) holda davomiyligi o'ttiz kalendar` kun bo'lgan har yilgi asosiy ta'til beriladi.
- Asosiy ta'til xodimlarga birinchi xizmat yili uchun kamida olti oy ishlaganidan so'ng beriladi.
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri asosiy ta'tilni xodim dastlabki sinov muddatini o'taganidan so'ng, xizmatining birinchi yilining istalgan davrida berish huquqiga ega.
- Xodimning belgilangan xizmat muddatini o'tagandan keyin har yilgi asosiy ta'tiliga qo'shimcha ravishda kalendar` hisobida davomiyligi quyidagicha bo'lgan haq to'lanadigan qo'shimcha ta'til beriladi:
o'n yillik xizmatidan so'ng — besh kun;
o'n besh yillik xizmatidan so'ng — o'n kun;
yigirma yillik xizmatidan so'ng — o'n besh kun.
- Har yilgi asosiy ta'til davrida xodim ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasasida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi varaqasi ochilgan holda davolanganida ta'til ushbu muddatga uzaytiriladi.
- Favqulodda holatlar davri belgilangan, tabiiy ofat hududi deb e'lon qilingan yoki ularga tenglashtirilgan joylarda xizmat o'tagan xodimlarga ular foydalanmagan har yilgi asosiy ta'til ularning xohishiga ko'ra keyingi yilgi asosiy ta'tilga qo'shib beriladi.
- Xodimlar ichki ishlar organlarining boshqa bo'linmalariga o'tkazilgan taqdirda, ularning foydalanilmay qolgan har yilgi asosiy ta'tili yangi xizmat joyi bo'yicha beriladi.
- Xodimga yiliga bir marotaba qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi hududi doirasida har yilgi asosiy ta'tilni o'tkazadigan joyiga, shuningdek sanatoriy-kurortlarda davolanish joylariga borishi va qaytishi uchun sarflagan yo'l xarajatlari to'lab beriladi.
- Xodimlarga har yilgi asosiy ta'til xohishiga ko'ra ikki qismga bo'lib berilishi mumkin. Bunda ta'tilning bir qismi o'n besh ish kunidan kam bo'lmasligi kerak. Ushbu holda ta'til guvohnomasi ta'tilning har bir qismi uchun alohida rasmiylashtiriladi.
- Homiladorlik va tug'ish ta'tillari qonun hujjatlarida belgilangan muddatga va tartibda beriladi.
Xodimga qonun hujjatlariga muvofiq bola uch yoshga to'lguniga qadar uni parvarishlash uchun ta'til beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolani parvarishlash ta'tillari muddati xodimning xizmat stajiga (shu jumladan mutaxassisligi bo'yicha xizmat stajiga ham) qo'shiladi, lekin hammasini jamlaganda olti yildan oshmasligi kerak. Bunda xizmat muddati har bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda hisoblanadi.
(105-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
- Xodimlarga kasalligi bo'yicha ta'tillar harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida beriladi. Ushbu ta'tilning davomiyligi kasallikning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Kasallik sababli ta'tilda bo'lishning uzluksiz umumiy muddati to'rt oydan oshmasligi lozim. Ayrim kasalliklar bo'yicha davolanishda bo'lish uchun ko'proq muddat talab qilingan hollarda bu muddat tibbiyot muassasasi xulosasi asosida uzaytirilishi mumkin.
Xodimlar kasallik bo'yicha ta'tilda uzluksiz bo'lishning belgilangan muddati tugaganidan so'ng, keyingi xizmatga yaroqliligini hal qilish uchun harbiy-tibbiy komissiyada guvohlantirilishi lozim.
Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishda olingan yaradorligi (kontuziya, jarohatlar)ni davolashda bo'lgan davri ma'lum bir muddat bilan cheklanilmaydi. Shaxslarning mazkur toifasi davolanish tugagandan so'ng harbiy-tibbiy guvohlantirilishidan o'tkaziladi.
Kasallik sababli berilgan ta'til har yilgi asosiy ta'til hisobiga kiritilmaydi.
Xodim xizmatdan bo'shatilayotganda, unga kasalligi sababli ta'til berilmaydi.
- O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalarining akademik qarzdorligi bo'lmagan kursantlariga etti kun davom etadigan qishki va o'ttiz kun davom etadigan yozgi, shuningdek oliy ta'lim muassasasini tamomlashi munosabati bilan o'ttiz kun davom etadigan ta'tillar beriladi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalarida sirtdan o'qiyotgan xodimlarga imtihonlar, sinovlar va boshqa o'quv ishlarini topshirish davrida sessiya muddatiga pul ta'minoti saqlangan holda ta'til beriladi.
- Oliy ta'lim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasining mustaqil izlanuvchi bo'lgan xodimlarga dissertatsiyalarini yakunlashlari uchun O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan tartibda ijodiy ta'til beriladi.
- Oliy ta'lim muassasasiga kirish imtihonlari topshirish uchun ruxsat olgan xodimlarga ta'lim muassasasiga borish va u erdan qaytish vaqtini hisobga olgan holda kamida o'n besh kalendar` kuni davom etadigan va pul ta'minoti saqlanmaydigan ta'til beriladi.
- Xodimlarga oilasidagi kechiktirib bo'lmaydigan ijtimoiy-maishiy masalalarni hal etish, qarindoshlik burchini bajarish bilan bog'liq bo'lgan, shuningdek boshqa uzrli sabablarga ko'ra ta'tilni o'tkazish joyiga borish va qaytish uchun vaqt hisobga olinmagan, pul ta'minoti saqlanmagan holda o'n kungacha qisqa muddatli ta'til berilishi mumkin.
- Xodimlarga har yilgi asosiy ta'til joriy kalendar` yili davomida berilmagan bo'lsa, ushbu ta'til keyingi yilning birinchi choragida berilishi lozim.
- Xodimni ta'tildan faqat xizmat yuzasidan o'ta zarur hollardagina o'zining roziligi va xizmatga qabul qilish vakolatiga ega boshliqning yozma qarori bilan chaqirib olishga yo'l qo'yiladi.
Ta'tildan chaqirib olinganida uning foydalanilmay qolgan qismi, qoida tariqasida, joriy yilda beriladi.
Agar har yilgi asosiy ta'tilning foydalanilmagan qismi o'n kun va undan ortiq bo'lsa, xodimga ta'til o'tkazadigan joyiga borishi uchun pul mablag'i beriladi, ammo masofa uni chaqirib olingan aholi punktidan uzoq bo'lmasligi kerak.
- Ushbu Nizomning 144-bandi «a», «b», «v», «g», «d» va «e» kichik bandlari asosida xizmatdan bo'shatilayotgan xodimlarga ishdan bo'shatish haqida qaror qabul qilingan kalendar` yili uchun haq to'lanadigan har yilgi asosiy va qo'shimcha ta'tillar beriladi.
Boshqa asoslarga ko'ra xizmatdan bo'shatilayotgan xodimlarga foydalanilmagan haq to'lanadigan asosiy va qo'shimcha ta'tillar uchun pul kompensatsiyasi to'lanadi.
- Xodimlarga ta'tillar berish, ta'tildan chaqirib olish, shuningdek ularni muddatlarini hisoblash tartibi va shartlari O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
9-bob. Huquqiy va ijtimoiy himoya
- Xodim faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari talablaridan kelib chiqqan holda egallab turgan lavozimi bo'yicha xizmat vazifalarini bajarishda davlat organining vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasi ostida bo'ladi.
- Xodimning xizmat vazifalarini bajarish chog'ida o'z vakolatlari doirasidagi qonuniy talablari barcha fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Xodimning qonuniy talablarini bajarmaslik va uning xizmat vazifalarini bajarishga to'sqinlik qiluvchi xatti-harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.
- Xodim tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o'qotar qurolni qo'llash qonun asosida amalga oshirilgan bo'lsa, bunda u jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zarar uchun javobgar bo'lmaydi. Xodimlarning jismoniy kuch ishlatishi, maxsus vositalarni yoki o'qotar qurolni qo'llashining asosliligi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
- Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash yoxud buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish vaqtida, shuningdek kasb faoliyatiga bog'liq asosli tavakkalchilik qilish oqibatida zarar etkazsa, uni javobgarlikdan ozod qilish masalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
- Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida faqat bevosita yoki to'g'ridan-to'g'ri boshlig'iga bo'ysunadi.
- Qonun bilan vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim xodimning qonuniy faoliyatiga aralashish, xodimni qonun bilan ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilmagan majburiyatlarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.
Xodim o'z ish yurituvida bo'lgan ishlar va materiallarning mohiyati bo'yicha hech qanday tushuntirish berishga, shuningdek ularni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldorlarini tanishib chiqish uchun taqdim etishga majbur emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar va tartiblar bundan mustasno.
- Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta'minlanadi:
sog'lig'ini saqlash;
mehnatiga haq to'lash;
uy-joy maydoni bilan ta'minlash;
mol-mulkiga etkazilgan zararning o'rnini qoplash;
xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;
davlat pensiya ta'minoti;
davlat sug'urtasi;
ijtimoiy yordam ko'rsatish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar.
- Xodimlar belgilangan namunadagi bepul kiyim-kechak bilan ta'minlanadilar.
- Xodimlar, ichki ishlar organlaring pensionerlari hamda ularning oila a'zolari, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta'lim muassasalari kursant (tinglovchi)lari ambulator, statsionar va tibbiy-sanitariya sharoitida bepul tibbiy xizmat olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiy-davolash muassasalariga biriktiriladi, ularda qonun hujjatlarda belgilangan tartibda davolanadi va sog'lomlashtirishdan o'tkaziladi.
Xodimlar va ichki ishlar organlaring pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yilida bir marta imtiyozli yo'llanmalar bilan ta'minlanadilar.
- Xodimlar O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yilda bir marta majburiy chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy ko'rikdan o'tadilar. O'qotar qurol bilan xizmat olib boradigan xodimlar profilaktik tibbiy ko'rikdan har olti oyda o'tadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
- Xodimlarning farzandlari yashayotgan joydagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi yozgi sog'lomlashtirish oromgohlariga navbatsiz va imtiyozli ravishda joylashtiriladi.
(125-bandning birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020 y., 07/20/4857/1357-son)
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi yozgi sog'lomlashtirish oromgohlariga qabul qilish tartibi va shartlari O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
(125-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018 y., 06/18/5454/1290-son)
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kenesi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarga, shuningdek ichki ishlar organlaridan bo'shatilgan fuqarolarga hamda ularning oila a'zolariga ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar ham belgilashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
- Xizmat muddati, pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy darajasi va ilmiy unvoni mavjudligi uchun xodimlarga qonun hujjatlarga muvofiq ustama haqlar to'lanadi.
(127-bandning birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son)
Xizmat muddatini hisoblash tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
- Xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan, yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasiga erishgan, yuksak ma'naviy-axloqiy xislatlarga ega bo'lgan, shuningdek o'z faoliyatida yuqori natijalarni ko'rsatgan xodimlarga har oylik qo'shimcha to'lovni nazarda tutuvchi «uchinchi toifa mutaxassisi», «ikkinchi toifa mutaxassisi», «birinchi toifa mutaxassisi» va «usta» malaka toifalari beriladi.
Malaka toifalarini berish tartibi va shartlari O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
- Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog'liq holda etkazilgan zararning o'rni ixtiyoriy yoki majburiy sug'urta mablag'laridan qat'i nazar O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan to'liq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ushbu qoida ichki ishlar organlaridan pensiyaga chiqarilgan shaxslarga, agar zarar ularga yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyati bilan bog'liq holda etkazilganida ham tatbiq etiladi.
Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli, uning yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
- Mehnatning qatnov xususiyati bilan bog'liq bo'lgan xizmat majburiyatlarini bajaruvchi xodimlarga shahar yo'lovchi transportidan (yo'nalishli va yo'nalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yo'l chiptalari beriladi yoki pullik kompensatsiya to'lanadi.
- Faoliyatida xizmat majburiyatlarini bajarish qatnov xususiyati bilan bog'liq bo'lgan xodimlarga shahar yo'lovchi transportidan (yo'nalishli va yo'nalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yo'l chiptalari berish yoki pul kompensatsiya to'lash, shuningdek xizmat safarlarida shaxsiy transportidan foydalanuvchilarga kompensatsiya to'lash tartibi va miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
- Xodimlar xizmatga qabul qilingan kunidan boshlab o'n kun ichida Davlat byudjeti mablag'lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mablag'lar hisobidan davlat tomonidan majburiy sug'urta qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus byudjetdan tashqari jamg'armasi mablag'larining xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga ajratiladigan qismi hisobidan ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni quyidagi shakllarda ijtimoiy himoya qilish kafolatlari ta'minlanadi:
betob xodimlar davolanishi uchun — pul ta'minotining besh baravarigacha bo'lgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
xodimlarning betob yaqin qarindoshlarini (ota-onasi, turmush o'rtog'i, farzandlari) operatsiya qildirish, ortopedik oyoq kiyim va protez-ortopedik mahsulotlar bilan ta'minlash xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha bo'lgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
sanatoriy-kurort muassasalarida davolanish va dam olish uchun — pul ta'minotining ikki baravari miqdorigacha moddiy yordam berish;
uy-joyga ega bo'lish yoki yashash sharoitini yaxshilash uchun — besh yildan oshmaydigan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining ming baravaridan oshmaydigan miqdorda foizsiz qarz berish;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlarida amaliy xizmat staji 10 yildan ortiq bo'lgan, xizmatda samarali natijalarga erishgan xodimlarga mamlakatda ishlab chiqarilgan engil avtotransport vositalarini sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan oshmagan miqdorda 3 yil muddatga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida qarz berish;
(132-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi PQ-118-sonli qaroriga asosan ettinchi xatboshi bilan to'ldirilgan)
to'ylar va dafn marosimlarini o'tkazish uchun — pul ta'minotining ikki baravarigacha bo'lgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;
pul mukofoti yoki qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlash.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus byudjetdan tashqari jamg'armasi mablag'larining xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga ajratiladigan qismi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti boshlig'i rahbarligida tashkil etiladigan markaziy va hududiy komissiyalarning xulosalari asosida maqsadli sarflanadi.
Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga sarflangan mablag'lar haqidagi ma'lumotlar xodimlar kesimida maxsus axborot tizimiga kiritib boriladi.
(132-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan ikkinchi — o'ninchi xatboshilar bilan to'ldirilgan — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son)
- Xizmatdan bo'shatilayotgan xodimlarga bir marta to'lanadigan nafaqa puli beriladi.
Xizmatdan bo'shatilayotgan xodimlar ko'p yillik va vijdonan (benuqson) xizmatlari uchun vakolatli rahbarlar tomonidan qimmatbaho sovg'a yoki pul mukofoti bilan taqdirlanishi mumkin.
- O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida tan jarohati olgan xodimlarga, shuningdek halok bo'lganlarning oilasiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda bir martalik nafaqa tayinlashga haqli.
Xodimlar, boquvchisini yo'qotganda esa ularning oila a'zolari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat pensiya ta'minoti olish huquqiga ega.
- Xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida halok bo'lgan xodimlarning farzandlarini xizmatga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishda afzalliklar berish tartibi va shartlari O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
- Sog'liqni saqlash, moliyaviy ta'minoti, ta'tillar berish, uy-joy maydoni va imtiyozli ipoteka kreditlari bilan ta'minlash, mol-mulkiga etkazilgan zararning o'rnini qoplash, xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish, davlat pensiya ta'minoti, davlat ijtimoiy sug'urtasi, ijtimoiy yordam ko'rsatish jarayonida xodimlar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10-bob. Xizmat o'tash rejimi
- Xodimlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlarni bajaradilar hamda huquq va erkinliklardan foydalanadilar.
- Xodimlarning haftalik ish vaqti qirq soatdan oshishi mumkin emas, zarur bo'lgan hollarda esa ular kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda xizmat o'tashga jalb etilishlari mumkin.
Odatdagi xizmat o'tash rejimi olti kunlik ish haftasi o'rnatilishini nazarda tutadi, bunda kunlik ish davomiyligi etti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa – sakkiz soatdan oshmasligi kerak.
Kuchaytirilgan rejim kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi to'rt soatdan oshmaydigan xizmat belgilanishini nazarda tutadi.
Sutkalik rejim uch mahal ovqatlanish hamda kamida sakkiz soat dam olish uchun vaqt berilgan holda yigirma to'rt soat davomida xizmat o'tashni nazarda tutadi.
Sutkalik rejim xizmat o'tash chog'ida xodimlarga ularning xohishiga ko'ra xizmat o'tash joyida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun belgilangan umumqo'shin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogi uchun beriladigan kompensatsiya o'rniga uch mahal bepul ovqat berilishi mumkin, o'z xizmat vazifalarini doimiy ravishda sutkalik navbatchilik asosida bajaradigan xodimlar bundan mustasno.
Kuchaytirilgan yoki sutkalik rejim joriy etilishi munosabati bilan ish soatlari (kunlari)ning belgilangan normalari oshirilganligi evaziga xodimga O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda pul kompensatsiyasi to'lanadi yoki dam olish kunlari (otgullar) beriladi yoxud bu kunlar uning har yilgi asosiy ta'tiliga qo'shiladi.
Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek xodimlarni jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan amalga oshiriladi.
- Dam olish va bayram kunlari xizmat vazifalarini bajarishga jalb etiladigan xodimlarga haftaning boshqa kunlarida dam olish kuni beriladi.
- Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari sutkalik naryadining xizmati yigirma to'rt soatga mo'ljallab tashkil etiladi.
Navbatchilik vaqtida ichki ishlar organlari navbatchilik qismi xodimlariga navbatma-navbat ovqatlanish va qisqa muddatli dam olish uchun umumiy davomiyligi uch smenalik rejimda — olti soat, to'rt smenalik rejimda — to'rt soat davom etadigan tanaffuslar beriladi.
Smena tugagach, ichki ishlar organlari navbatchilik qismlarining xodimlari hamda xizmat vazifalarini sutkalik navbatchilik rejimida doimiy bajaruvchi boshqa xodimlarga belgilangan tartibda dam olish beriladi.
- Ichki ishlar organlarida asosiy xizmat vazifalariga qo'shimcha ravishda sutkalik rejimda navbatchilikka tushgan xodimlarga navbatchilik tugaganidan so'ng, kamida 24 soat davom etadigan dam olish vaqti beriladi.
- Ichki ishlar organlari xizmat faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ichki ishlar organlarining boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan kun tartibi ishlab chiqiladi.
- Urush holati e'lon qilingan davrida xodimlarning xizmat o'tash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
11-bob. Xizmat muddatini uzaytirish, xizmatdan bo'shatish va xizmatga tiklash
- Xodim quyidagi asoslarga ko'ra xizmatdan bo'shatiladi:
a) o'zining xohishi (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o'tamaganlarga) — xodimning bildirgisi asosida;
b) xizmatda bo'lishning belgilangan chegara yoshiga to'lganligi;
v) pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o'taganligi — xodimning bildirgisi asosida;
g) tashkiliy-shtat o'zgarishlari;
d) kasalligi − harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizligi to'g'risidagi xulosasi asosida;
e) sog'lig'ining cheklanganligi holati − harbiy-tibbiy komissiyaning ichki ishlar organlaridagi xizmatga yaroqliligi cheklanganligi to'g'risidagi va xizmat bo'yicha boshqa lavozimga o'tkazish imkoniyati mavjud bo'lmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
j) dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi;
z) malakasi etarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi − attestatsiya natijalari asosida;
i) xizmat intizomini qo'pol ravishda buzganligi;
k) ichki ishlar organi xodimining sha'niga putur etkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
l) sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi;
(144-bandning «l» kichik bandi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021 y., 07/21/5050/0280-son)
m) xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud bo'lgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi;
n) boshqa turdagi davlat xizmatiga o'tganligi (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritmasdan);
o) O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi;
p) xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etmaganligi.
- Ichki ishlar organlarida xizmatda bo'lishning chegara yoshi safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlar uchun ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun — oltmish yosh, ayollarga esa (mavjud unvonidan qat'i nazar) — ellik yoshni tashkil etadi.
- Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega bo'lgan va sog'lig'ining holatiga ko'ra xizmatni o'tashga yaroqli xodimlarning xizmat muddati o'zining roziligi bilan O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda besh yilgacha, boshliqlar tarkibidagi, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega bo'lgan shaxslarning esa — o'n yilgacha bo'lgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
- Xizmat muddatini uzaytirish to'g'risidagi qaror xodimni ushbu Nizomda nazarda tutilgan asoslar bo'yicha ichki ishlar organlaridan bo'shatish imkoniyatini istisno etmaydi.
- Quyidagi hollarda xodimlarning xizmatdan bo'shatilishiga yo'l qo'yilmaydi:
tibbiyot muassasalarida davolanishda bo'lganida, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalari tomonidan vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilganda;
ta'tilda yoki xizmat safarida bo'lganda;
asirga yoki garovga olinganida (o'z ixtiyori bilan asirga yoki garovga tushish hollari bundan mustasno).
- Xodimga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan, sudda ko'rilayotgan jinoyat ishi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan yoki sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan bo'lsa, u xizmatdan bo'shatilishi mumkin emas.
- Xodim yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga xizmatdan bo'shatilishi yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
- Xizmatdan bo'shashga qaror qilgan xodim bo'shashni rejalashtirgan kundan kamida ikki oy avval ichki ishlar organining boshlig'iga bildirgi bilan murojaat etadi.
Xodimlarning xizmatdan bo'shatilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
«podpolkovnik» maxsus unvonigacha, shu jumladan «podpolkovnik» unvoni ham, — O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining yoki xizmatga qabul qilish vakolatiga ega boshliqning buyrug'i bilan;
«polkovnik» va undan yuqori maxsus unvonlardagi xodimlar — belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan.
- Xodimning xizmat muddati kalendar` hisobda yigirma yilga etganidan so'ng, o'tagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega bo'ladi. Bunga O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va xorijiy davlatlar oliy ta'lim muassasalarida (O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro shartnomalarga muvofiq), O'zbekiston Respublikasining oliy-harbiy ta'lim muassasalarida o'qish, Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni o'tash davrlari kiradi.
Ushbu holda xodimga pensiya tayinlashda uning kalendar` tarzda hisoblanadigan xizmat muddatiga qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan imtiyozli hisoblanadigan xizmat muddati qo'shiladi.
- Pensiya olish huquqini beruvchi xizmat muddatini o'tamagan, ushbu Nizomning 144-bandi «b», «g», «d» yoki «e» kichik bandlariga muvofiq xizmatdan bo'shatilayotgan xodimlar bo'shash kunida umumiy ish staji yigirma besh va undan ortiq yilni tashkil etgan, ulardan kamida o'n ikki yilu olti oyi ichki ishlar organlari xizmatiga to'g'ri kelganda pensiya olish huquqiga ega bo'ladi.
- Xodimlar halok bo'lganligi (vafot etganligi), bedarak yo'qolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb e'lon qilinganligi sababli ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi ro'yxatidan o'chiriladi.
Bedarak yo'qolgan yoki vafot etgan deb topish to'g'risidagi sudning qarori bekor qilinganda, bedarak yo'qolgan yoki vafot etgan deb topilishi oqibatida shaxsiy tarkib ro'yxatidan o'chirilgan shaxsni xodim sifatida qayta shaxsiy tarkib ro'yxatiga kiritish O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qarori asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
- Ushbu Nizomning 144-bandi «l» kichik bandiga asosan ichki ishlar organlari xizmatidan bo'shatilgan shaxslarni xizmatga tiklash sudning xizmatga tiklash to'g'risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori yoki O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qarori asosida amalga oshiriladi.
Qolgan barcha asoslarga ko'ra ichki ishlar organlari xizmatidan bo'shatilgan shaxslarni xizmatga tiklash O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri qarori bilan amalga oshiriladi.
Tiklanishi lozim bo'lgan shaxslarni shaxsiy tarkib ro'yxatiga kiritish va lavozimga tayinlash O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri qarori bilan amalga oshiriladi.
(155-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021 y., 07/21/5050/0280-son)
Oldingi tahrirga qarang.
- Ushbu Nizomning 155-bandida nazarda tutilgan shaxslar bo'shatilganidan yoki sudning xizmatga tiklash to'g'risidagi qarori chiqarilganidan boshlab bir oy muddatda xizmatga tiklash haqida ichki ishlar organlariga murojaat etishlari lozim.
(156-bandning birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021 y., 07/21/5050/0280-son)
Xizmatga tiklash shaxsni bo'shatilgan kunidan tiklangan kuniga qadar bo'lgan oraliq davri uchun navbatdagi maxsus unvon berish, foizli qo'shimcha haq to'lash va pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblashda xizmat stajiga qo'shib hisoblash sharti bilan avvalgi maxsus unvoni, egallab turgan lavozimi, buning imkoni bo'lmasa, unga teng yoki boshqa lavozimga tayinlash orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xizmatdan bo'shatilgan shaxs bo'shatilganidan yoki sudning xizmatga tiklash to'g'risidagi qarori qonuniy kuchga kirgan kundan bir oy muddat o'tgandan keyin ichki ishlar organiga murojaat etsa, murojaat qilish muddatidan keyingi davr navbatdagi maxsus unvon berish, foizli qo'shimcha haq to'lash va pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblashda uzluksiz xizmat stajiga qo'shib hisoblanmaydi.
(156-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021 y., 07/21/5050/0280-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar shaxs bir oylik muddatni uzrli sabablarga ko'ra o'tkazib yuborgan taqdirda ushbu muddat O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tiklanishi mumkin.
(156-bandning to'rtinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021 y., 07/21/5050/0280-son)
- Xizmatga tiklanayotgan shaxsga etkazilgan moddiy va ma'naviy zararni qoplash sudning qarori asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Xizmatga tiklangan xodimlarga pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblash chog'ida hisobga olinadigan xizmat stajiga:
ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash bilan bog'liq jazolar o'talganda — bir kuni uch kun;
qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilganida — bir kuni uch kun;
ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash bilan bog'liq bo'lmagan jazolar o'talganida bir kuni bir kun hisobida qo'shiladi.
Xizmatga tiklangan xodimlarga navbatdagi maxsus unvon berish, foizli qo'shimcha haq to'lashda xizmat yillariga bo'shatilgandan keyingi davri bir kuni bir kun hisobida qo'shiladi.
- Ushbu Nizomning 144-bandi «v», «g», «e» va «n» kichik bandlariga muvofiq xizmatdan bo'shatilgan xodimlar maxsus unvonni tiklagan holda xizmatga qayta qabul qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning 144-bandi «a» kichik bandiga muvofiq xizmatdan bo'shatilgan xodimlar ularning ichki ishlar organlaridagi kalendar` hisobdagi amaliy xizmat staji o'n yildan ortiq bo'lganda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy ichki ishlar organlari va sohaviy xizmatlari, ta'lim muassasalari boshliqlarining asoslantirilgan taqdimnomalariga asosan, shuningdek xizmatdan bo'shashiga o'qishga kirishi sabab bo'lgan hollarda xizmatga qayta qabul qilinishi mumkin.
(159-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son)
Ilgari ichki ishlar organlaridan bo'shatilgan shaxslarni xizmatga qabul qilish tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
- Davlat hokimiyati organlariga tayinlanganligi munosabati bilan xizmatdan bo'shatilgan va tayinlangan lavozimi bo'yicha vakolat muddati tugaganligi sababli xizmatga qayta qabul qilingan xodimlarning ushbu organlardagi mehnat faoliyati davri, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ichki ishlar organlaridagi umumiy xizmat muddatiga qo'shilib, bir kuni bir kunga hisoblanadi.
- Ichki ishlar organlarida xizmat o'tayotgan, shu jumladan kadrlar zaxirasida bo'lgan xodimlarga xizmat muddati, agar qonun hujjatlarda va ushbu Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, imtiyozli ravishda — bir kuni bir yarim kunga tenglashtirib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa xorijiy davlatlar (O'zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomalarga muvofiq yuborilgan taqdirda) oliy ta'lim muassasalarida, jumladan kasbiy tayyorgarlik fakul`tetida va magistraturada kunduzgi ta'lim o'qish davri bir kuni bir kunga hisoblagan holda xizmat muddatiga qo'shiladi.
(161-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021 y., 07/21/5076/0347-son — 2021 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida davrda jamoat tartibini saqlashda, terrorchilikka qarshi operatsiyalar o'tkazishda, favqulodda holat tartibini huquqiy ta'minlash va ularning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan, shuningdek ushbu harakatlarda ishtirok etishi davomida olgan yaradorligi, kontuziyasi va jarohatlanganligi oqibatida tibbiy muassasada bo'lgan xodimlar ushbu davrdagi xizmat muddati pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblash chog'ida bir kuni uch kunga tenglashtirilib hisoblanadi.
(161-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)
Xodimlarning alohida davrda jamoat tartibini saqlashda, terrorchilikka qarshi operatsiyalarda, favqulodda holat rejimini huquqiy ta'minlashda va uning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganligi va muddatlari haqida vakolatli boshliq buyruq chiqaradi, buyruqdan ko'chirma ularning shaxsiy hujjatlari yig'ma jildlariga qo'shiladi.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
- Mazkur Nizom asosida O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ichki ishlar organlarining ayrim bo'linmalarida xizmat o'tashning boshqa tartibi va shartlari belgilanishi mumkin.
- Fuqarolarni ichki ishlar organlaridagi ishchi va xizmatchilar lavozimiga ishga qabul qilish va hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi mehnat faoliyatining xususiyatidan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ichki ishlar organlari ishchi va xizmatchilarining mehnat munosabatlari mehnat sohasidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
- Xizmat o'tashning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalari qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo'naltirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 20.01.2023 yildagi PQ-10-son)
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi PF-60-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o'zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta'minlash, mahallalar, aholi turar joylari va butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida:
- Quyidagi asosiy maqsadlarga yo'naltirilgan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi (keyingi o'rinlarda — Kodeks) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
ichki ishlar organlari xodimlarini «Inson qadri uchun» tamoyili asosida davlatning yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o'z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish;
ichki ishlar organlari xodimlarida xizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, yuksak mas'uliyat bilan yondashish, jamiyatda umume'tirof etilgan odob-axloq normalariga so'zsiz amal qilish tuyg'usini shakllantirish;
ichki ishlar organlarida sodir etilishi mumkin bo'lgan nojo'ya xatti-harakatlar, suiiste'molchilik va korruptsiya holatlarining barvaqt oldini olish, huquq-tartibot tizimi obro'siga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik.
Belgilansinki:
ichki ishlar organlarining har bir xodimi Kodeksda belgilangan qoida va talablarni bilishi, ularga qat'iy va so'zsiz amal qilishi majburiy hisoblanadi;
Kodeksda belgilangan qoida va talablarga amal qilish xodimning xizmat faoliyati samaradorligi va xizmat intizomini baholashning asosiy mezoni hisoblanadi;
Kodeksdagi qoida va talablarga amal qilmaslik yoki ularni qo'pol ravishda buzish xodimni ichki ishlar organlaridan xizmatdan bo'shatishgacha bo'lgan intizomiy jazo chorasini qo'llash uchun asos bo'ladi.
Ichki ishlar vaziri P. Bobojonov va uning o'rinbosari A. Ikramov Kodeks qoidalari va talablariga so'zsiz rioya etilishi, shuningdek, barcha darajadagi rahbar va xodimlarning o'zaro munosabatlari faqat qonun hujjatlariga asoslangan holda tashkil qilinishini ta'minlash bo'yicha shaxsan mas'ul etib belgilansin.
Barcha darajadagi hududiy, sohaviy va tarmoq ichki ishlar organlari boshliqlari o'z bo'ysunuvidagi shaxsiy tarkib bilan Kodeks talablarini bajarishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, shuningdek, xodimlarning oilaviy-maishiy muammolarini doimiy o'rganish va hal etish bo'yicha samarali choralarni ko'rish uchun shaxsan javobgar ekanligi to'g'risida ogohlantirilsin.
- Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti (keyingi o'rinlarda — Departament) tashkil etilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
Ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyatini oshirish zamon talabi va dolzarb vazifa ekanidan kelib chiqqan holda, quyidagilar Departament faoliyatini yanada takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari etib belgilansin:
ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilish bo'yicha nomzodlarni tanlashning adolatli, xolis va shaffof tizimini yaratib, o'rnatilgan tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni belgilash;
ma'naviy-ma'rifiy ishlarni «ta'lim muassasasidan — xizmatning oxiriga qadar» tamoyili asosida tizimli va uzluksiz tashkil etish orqali ularning samaradorligi hamda ta'sirchanligini oshirish;
xizmatning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o'rtasida manzilli psixologik tadbirlarning zamonaviy usullarini tatbiq etish, lavozimga tayinlash va attestatsiya o'tkazish jarayonlarida mutaxassis-psixologlarning rolini oshirish;
ichki ishlar organlarida istiqbolli yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishning yangi tizimini joriy etish, ularning faoliyatini tizimli monitoring qilish va doimiy ravishda o'qitib borish mexanizmlarini yaratish;
jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasining xususiyatlaridan kelib chiqib, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish va uni baholashni yangi mezonlar asosida amalga oshirish;
inson omilini istisno etish hamda korruptsiya holatlarining barvaqt oldini olish maqsadida ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash, xizmatni o'tash qoidalariga rioya etilishini ta'minlash, shuningdek, shaxsiy tarkib va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini zamon talablariga mos ravishda to'liq raqamlashtirish.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti to'g'risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Departament va uning quyi bo'linmalari faoliyatini belgilangan ustuvor yo'nalishlar asosida yanada takomillashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish mas'uliyati shaxsan ichki ishlar vazirining o'rinbosari A. Ikramov zimmasiga yuklansin.
- Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
ichki ishlar organlarida xizmatga birinchi marta qabul qilingan xodimlarga nisbatan tayinlanadigan dastlabki sinov muddatini bir yil etib belgilash;
hududiy ichki ishlar organlari ehtiyojini inobatga olib, Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari bitiruvchilari uchun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bakalavriatning «Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati» va «Tezkor-qidiruv faoliyati» ta'lim yo'nalishlariga, to'lov-kontrakt asosida o'qitishni nazarda tutgan holda, 200 nafargacha qo'shimcha har yillik qabul kvotasini kiritish.
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov):
intizomiy jazo tariqasida lavozimidan ozod etilayotgan xodimlarni boshqa sohaviy tuzilmalarga o'tkazish amaliyotiga chek qo'yib, o'z yo'nalishi bo'yicha quyi bo'linmalarga yo'naltirish yoki malakasiga baho bergan holda xizmatga loyiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o'tkazish tartibini yo'lga qo'ysin;
2023 yil yakuniga qadar mansab lavozimlarini yuqori ma'naviy-axloqiy, ishchanlik va kasbiy sifatlarga ega bo'lgan nomzodlar bilan to'ldirishni nazarda tutgan holda, ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilishning sifat jihatidan yangi, soddalashtirilgan tartibini o'rnatish hamda «E-nomzod» elektron axborot tizimini yaratish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni ko'rsin;
ikki oy muddatda xizmatning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, ichki ishlar organlari xodimlarida muloqot psixologiyasi va muomala madaniyati hamda nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlash bo'yicha zarur ko'nikmalarni shakllantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni belgilasin;
uch oy muddatda ichki ishlar organlarida malaka toifasini berish tartibi va mezonlarini tanqidiy qayta ko'rib chiqib, unda xodimlarni kasbiy bilimlari, jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasi, axborot texnologiyalaridan foydalana olishi hamda Kodeks qoida va talablarini o'zlashtirganligi bo'yicha sinovdan o'tkazish tizimini joriy etsin.
- Shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq:
ichki ishlar organlariga xizmatga birinchi marta qabul qilingan xodimlar Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida uch oylik boshlang'ich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganidan so'ng tegishli lavozimga tayinlanadi;
ichki ishlar organlariga xizmatga birinchi marta qabul qilingan xodimlar dastlabki sinov muddati davrida Kodeks qoida va talablarini buzgan holatlarda ularga biriktirilgan murabbiylar, aybdorlik darajasidan kelib chiqib, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo'lgan intizomiy jazoga tortiladi;
Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD), shuningdek, fan doktori yoxud fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga, professor yoki dotsent ilmiy unvonlariga ega bo'lgan kafedra boshliqlari mehnatga haq to'lash shartlariga ko'ra, oliy ta'lim muassasasining kafedra boshlig'i (mudiri)ga tenglashtiriladi;
2023 yil 1 sentyabrdan boshlab huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo'l-patrul` va patrul`-post xizmati bo'linmalari xodimlarini «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo'yicha uzluksiz o'qitish amaliyotini yo'lga qo'yish orqali ularning sohada samarali xizmat olib borishdagi shaxsiy mas'uliyati oshiriladi.
Bunda, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida davomiyligi 144 soatdan kam bo'lmagan dastur asosida xodimlar har uch yilda bir marta o'qitilib, maxsus sinovdan o'tkaziladi hamda sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga kelgusida ushbu sohada xizmat qilish huquqini ta'minlaydigan sertifikat beriladi.
- Ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyati darajasini oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar «yo'l xaritasi» 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimini yaratish maqsadida Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo'linmalarida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblangan, soha olimlari, faxriylari va jurnalistlardan iborat jamoatchilik kengashlari tuzilsin.
Quyidagilar jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
ichki ishlar organlari faoliyatida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, soha bo'yicha ijtimoiy fikrni o'rganish va tizimli monitoring olib borish;
ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida ijtimoiy fikr va jamiyat manfaatlari hisobga olinishini ta'minlash choralarini ko'rish;
ichki ishlar organlari faoliyatidagi korruptsiya holatlari bo'yicha internet va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan xabarlarni batafsil o'rganish va uning natijasini keng jamoatchilikka etkazish.
- Quyidagilarga:
a) Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga — ichki ishlar organlari ta'lim va o'quv muassasalarining pedagog kadrlarini, shu jumladan shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
b) Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga — o'quv-tayyorlov markazlarini tashkil etgan holda, ish vaqtidan tashqari paytda akademik litsey o'qituvchilari tomonidan o'quvchi va fuqarolar uchun ixtiyoriylik asosida qo'shimcha o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish bo'yicha pulli ta'lim xizmatlarini ko'rsatish huquqi berilsin.
Bunda, qo'shimcha o'quv mashg'ulotlaridan tushgan mablag'lar akademik litsey jamg'armasida jamlanib, uning 50 foizi mashg'ulot o'tkazgan o'qituvchining oylik maoshiga, 50 foizi akademik litseyning moddiy-texnik va o'quv bazasini rivojlantirish hamda boshqaruv-yordamchi xodimlarini rag'batlantirishga yo'naltiriladi.
- Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov, A. Ikramov) uch oy muddatda:
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida ichki ishlar organlari ta'lim va o'quv muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilasin;
Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida pulli ta'lim xizmatlarini ko'rsatish tartibi to'g'risidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Ichki ishlar organlarida jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish kontseptsiyasini tasdiqlasin;
barcha darajadagi hududiy, sohaviy va tarmoq ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar shaylik va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishni nazarda tutib, sportning yakka kurash turlari (qo'l jangi, sambo va kurash) bo'yicha hududiy terma jamoalar va sport sektsiyalarini tashkil etish choralarini ko'rsin;
ichki ishlar organlarida psixologik xizmat ko'rsatish bo'yicha yangi tizim joriy etish, uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, mutaxassislarni xorijiy ilmiy va ta'lim muassasalarida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni belgilasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsin.
- Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas'ul va shaxsiy javobgar etib ichki ishlar vaziri P. Bobojonov belgilansin.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o'rinbosari D. Kadirov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYoEV
Toshkent sh.,
2023 yil 20 yanvar`,
PQ-10-son
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-son qaroriga
1-ILOVA
Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi
KODEKSI
1-bob. Umumiy qoidalar
- Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi (keyingi o'rinlarda — Kodeks) O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o'rinlarda — IIV) ta'lim muassasalari kursantlari va tinglovchilari (keyingi o'rinlarda — xodimlar)ning xizmat hamda xizmatdan tashqari faoliyatida odob-axloqi va intizomiga qo'yiladigan talablarni belgilaydi, boshliqlar va xodimlarning o'zaro munosabatlarini, shuningdek, ularga nisbatan rag'batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo'llash masalalarini tartibga soladi.
Ichki ishlar organlari harbiy tuzilmalari boshliqlari va harbiy xizmatchilarining harbiy xizmat hamda harbiy xizmatdan tashqari faoliyatida odob-axloqi va intizomiga qo'yiladigan talablar, boshliqlar va harbiy xizmatchilarning o'zaro munosabatlari, shuningdek, ularga nisbatan rag'batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo'llash O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom ustavi bilan tartibga solinadi.
Ichki ishlar organlari ishchi va xizmatchilarining mehnat hamda mehnatdan tashqari faoliyatida odob-axloqi va intizomiga qo'yiladigan talablar, boshliqlar hamda ishchi va xizmatchilarning o'zaro munosabatlari, shuningdek, ularga nisbatan rag'batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo'llash O'zbekiston Respublikasining mehnat munosabatlariga doir qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
- Kodeksda belgilangan qoida va talablar xodimlarning xizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, chuqur mas'uliyat va tashabbuskorlik hissi bilan yondashish, ularda yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlar, vatanparvarlik va o'z kasbiga sadoqat tuyg'usini shakllantirish, sodir etilishi mumkin bo'lgan nojo'ya xatti-harakatlar, suiiste'molchilik va korruptsiya holatlarining barvaqt oldini olishga yo'naltirilgan.
Har bir xodim ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilingan kundan e'tiboran Kodeks qoida va talablarini bilishi, ularga qat'iy va so'zsiz rioya qilishi majburiy hisoblanib, egallab turgan lavozimi va bajaradigan ishining xususiyatidan qat'i nazar, ularning barchasiga birdek tatbiq etiladi.
Kodeks qoidalariga amal qilish xodimning xizmat faoliyati samaradorligi va xizmat intizomini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
- Shaxsiy vaj va boshqa sub'ektiv sabablar xodimlar tomonidan qonunchilik talablari va Kodeks qoidalari buzilishiga asos bo'la olmaydi.
2-bob. Ichki ishlar organlarida kasbiy madaniyat qoidalari
- Kasbiy madaniyat qoidalari qaysi lavozimni egallashidan qat'i nazar, xodimlarning odob-axloqi va xizmatda o'zini tutishning asosiy talab va mezonlarni o'z ichiga oladi.
- Xodimlar kasbiy madaniyat qoidalarining quyidagi asosiy talablariga amal qilishga majburdir:
fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, kamtar va bosiq bo'lish, ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat'i nazar, hech bir shaxs, guruh yoki tashkilotning kamsitilishi yoki afzal ko'rilishiga yo'l qo'ymaslik;
O'zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining urf-odat va an'analarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruh hamda konfessiyalarning madaniy va boshqa xususiyatlarini inobatga olish, ijtimoiy barqarorlik, millatlar va dinlararo hamjihatlikka ko'maklashish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini to'liq, xolisona va o'z vaqtida qonuniy ko'rib chiqish;
o'z xizmat burchini vijdonan bajarishiga nisbatan fuqarolarda shubha uyg'otuvchi xatti-harakatdan tiyilish, shuningdek, ichki ishlar organlari obro'siga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik;
o'z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmaslik, ularning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini hisobga olish;
xizmat majburiyatlarini bajarishga to'sqinlik qiladigan yoki ularni bajarishda biron-bir shaxsiy, mulkiy yoki boshqa manfaatlarga daxldor bo'lishi mumkin bo'lgan harakatlar (harakatsizlik)dan o'zini tiyish;
guruhbozlik, mahalliychilik, tanish-bilishchilik ko'rinishlariga, shuningdek, o'z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy holatlarga yo'l qo'ymaslik va qat'iy ravishda ularning oldini olish;
ichki ishlar organlarining faoliyati to'g'risida jamoatchilikni xabardor qilishda rasmiy ommaviy axborot vositalari vakillariga hurmat bilan munosabatda bo'lish, shuningdek, ularning belgilangan tartibda ishonchli ma'lumotlarni olishiga ko'maklashish;
o'z xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiiste'molchilikka yo'l qo'ymaslik;
ichki tartib qoidalarga, shuningdek, telefonda so'zlashish va kiyinish madaniyatiga qat'iy rioya etish;
ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda, shu jumladan, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan noxolis, sub'ektiv materiallarni joylashtirmaslik;
o'z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda xizmat xonalari, davlat mulki, moddiy-texnika bazasidan hamda ichki ishlar organlarining boshqa mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanish.
- Xodimlar korruptsiyaning har qanday ko'rinishiga qarshi kurashishi va uning profilaktikasiga faollik bilan ko'maklashishi shart.
Xodimlar o'z boshlig'i yoki vakolatli organlarga o'zlarini boshqa shaxslar huquqbuzarlik sodir etishga undab murojaat qilgan har bir holat, shuningdek, boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan har qanday o'ziga ma'lum bo'lgan huquqbuzarliklar haqida xabar berishi zarur.
- Xodimlar xayrixoh, xushmuomala va e'tiborli, fuqarolar va hamkasblariga sabr-toqat va hurmat bilan munosabatda bo'lishi lozim.
- Xodimlar fuqarolarga nisbatan qo'pollik qilmasligi, ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitish, asossiz ruhiy va jismoniy ta'sir o'tkazish holatlariga yo'l qo'ymasligi lozim.
- Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida xodimlarning tashqi ko'rinishi ish sharoiti va xizmat tadbiri xususiyatini inobatga olgan holda, aholida ichki ishlar organlariga nisbatan hurmat uyg'otishi, ular toza va orasta kiyingan bo'lishi zarur.
- Xodimlarga xizmat majburiyatlarini bajarish va xizmat vaqtida yoxud xizmat kiyimida spirtli ichimliklar iste'mol qilish taqiqlanadi.
- Xodimlar mansab vakolatlarini siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va ularning organlari manfaatlari yo'lida amalga oshirishi taqiqlanadi.
- Xodimlarga tadbirkorlik faoliyati sub'ekti sifatida yoki uning nomidan bu sohada qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o'zi tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyat bilan shug'ullanishi taqiqlanadi.
Xodimlarga tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati sub'ektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishga ruxsat berilmaydi, bundan aktsiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aktsiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno.
- Xodimlar o'z mansab vakolatini suiiste'mol qilgan holda, fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga zarar etkazish orqali shaxsiy foyda olishi mumkin emas.
Xodimlar o'z mansab vakolatlaridan noqonuniy foydalanib, fuqarolar, jamiyat yoki davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga zarar etkazgan taqdirda qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
- Xodimlarga xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini ko'zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan har qanday sovg'alar hamda har qanday ko'rinishdagi moddiy boyliklarni olish yoxud ularning xizmatlaridan foydalanish taqiqlanadi. Bundan xodim tomonidan alohida xizmatlari uchun davlat organining tegishli qarori asosida olingan sovg'alar, shuningdek, musobaqalar va tanlovlarda erishgan yutuqlari, umumxalq bayramlari, rasmiy ravishda nishonlanadigan sanalar hamda boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan mukofotlash natijasida olingan sovg'alar mustasno.
- Xodimlar fuqarolar bilan munosabatda o'zlarining xolisligi, mustaqilligi va beg'arazligini shubha ostiga qo'yadigan, shuningdek, har qanday afzalliklar, g'araz va korruptsiyani keltirib chiqaruvchi vaziyatlardan o'zini tiyishi shart.
- Xizmatdan tashqari vaqtda xodimlar:
jamiyatda umume'tirof etilgan odob-axloq normalariga amal qilishi, milliy urf-odat, qadriyat va an'analarga hurmat bilan munosabatda bo'lishi;
ichki ishlar organlarining obro'siga putur etkazishi mumkin bo'lgan xatti-harakatlardan tiyilishi;
dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlarga yo'l qo'ymasligi;
xizmat faoliyati bilan bog'liq ma'lumotlarni oila a'zolari, tanish-bilishlari yoki xizmatga aloqador bo'lmagan boshqa shaxslar ishtirokida muhokama qilmasligi;
g'ayriijtimoiy harakatlar sodir etmasligi shart.
- Xodimlar chet el va O'zbekiston Respublikasi hududlariga xizmat safarlari davomida qonunchilik hujjatlari va IIVning normativ hujjatlarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan holda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi lozim.
3-bob. Ichki ishlar organlarida xizmat intizomiga oid talablar
- Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi xodimlar tomonidan ushbu Kodeks talablariga qat'iy va so'zsiz rioya etishdan iborat.
Xizmat intizomi har bir xodimning xizmat burchini yuksak darajada anglashiga va qo'yilgan vazifalar uchun shaxsiy javobgarligini chuqur tushunishiga asoslanadi.
- Xizmat intizomi har bir xodim zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi:
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga amal qilish, IIVning normativ hujjatlari talablarini qat'iy bajarish;
ichki ishlar organi xodimining qasamyodiga sodiq bo'lish, faqat va faqat xalq va davlat manfaatlariga xizmat qilishdan iborat bo'lgan o'z xizmat burchini so'zsiz bajarish;
fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi yo'lida fidoyilik bilan xizmat qilish;
o'ziga yuklatilgan xizmat vazifalari va funktsional majburiyatlarini samarali amalga oshirish;
ishonib topshirilgan tabel` quroli, mol-mulk va texnikani asrab-avaylash;
hushyor bo'lish, davlat va xizmat sirini qat'iy saqlash;
murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko'maklashish;
xodimlar o'rtasida o'zaro munosabatlarga oid qoidalarga amal qilish, boshliqlar va hamkasblarni hurmat qilish;
xizmat guvohnomalarini saqlash va foydalanish tartibiga qat'iy rioya etish, ulardan xizmatga aloqador bo'lmagan holatlarda foydalanmaslik, shu jumladan, xizmat guvohnomasini ko'rsatib, mavqeini suiiste'mol qilmaslik;
doimiy ravishda o'z bilim va kasbiy ko'nikmalarini takomillashtirib borish, malaka va huquqiy madaniyatini oshirish;
xizmatdan tashqari holatlarda o'zini munosib ravishda tutish, jamoat tartibi va odob-axloq qoidalariga amal qilishda namuna bo'lish.
4-bob. Ichki ishlar organlarida boshliqlar va xodimlarning o'zaro munosabatlari
- Xodim xizmat vazifasini bajarish paytida bevosita va to'g'ridan-to'g'ri boshliqqa bo'ysunadi.
- Xodimlar xizmat bo'yicha bo'ysunadigan, shu jumladan, vaqtincha bo'ysunadigan rahbarlar to'g'ridan-to'g'ri boshliqlar bo'lib hisoblanadi.
Xodimga eng yaqin bo'lgan to'g'ridan-to'g'ri rahbar bevosita boshliq hisoblanadi.
- Boshliq o'zi rahbarlik qilayotgan ichki ishlar organi bo'linmasida xizmat intizomiga rioya etilishi, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
- Boshliq unga bo'ysunuvchi xodimlar tomonidan Kodeksga amal qilinishida talabchan bo'lishi, yuksak kasbiy mahorat, qonuniylik talablari hamda qasamyodga rioya etish borasida doimiy ravishda ularga namuna ko'rsatishi, xizmat burchi hissini kuchaytirishi va qo'llab-quvvatlashi, tashabbus, intilish va xizmatlarini rag'batlantirishi, shuningdek, xizmat intizomi buzilgan holatlarda ta'sir choralari qo'llanilishini ta'minlashi zarur.
- Buyruq va topshiriqlar bo'ysunish tartibida beriladi. Yuqori turuvchi boshliq zarur hollarda xodimga bevosita boshlig'ini xabardor qilmasdan buyruq yoki topshiriq berishga haqli. Mazkur hollarda xodim o'zining bevosita boshlig'ini bundan xabardor qilishi zarur.
- Noqonuniyligi yaqqol ko'rinib turgan va xizmat faoliyatiga aloqasi bo'lmagan buyruq va topshiriqlar berilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Boshliq qo'l ostidagi xodimlardan ularning xizmat majburiyatlari doirasidan chiquvchi topshiriqlarni bajarishni, shuningdek, qonunga xilof xatti-harakatlar (harakatsizlik) sodir etishni talab qilishga haqli emas.
Xodim qonunga yaqqol zid bo'lgan (xizmat faoliyatiga aloqador bo'lmagan) buyruq yoki topshiriq olganda zudlik bilan yuqori turuvchi rahbarga yoki xizmatni o'tash joyidagi shaxsiy xavfsizlik bo'linmasiga xabar beradi.
Xodim yuqori turuvchi rahbar yoki shaxsiy xavfsizlik bo'linmasiga xabar berish imkoniyati bo'lmagan taqdirda qonunchilik talablariga rioya etgan holda g'ayriqonuniy buyruq va topshiriqlarni bajarishdan bosh tortishga haqli, imkon paydo bo'lishi bilan ularni xabardor qilishi lozim.
- Boshliqning buyruq va topshiriqlari (qonunga zid buyruq va topshiriqlardan tashqari) so'zsiz, aniq va o'z vaqtida bajarilishi shart. Buyruq va topshiriqlarni muhokama etishga, shuningdek, ularni tanqid qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Xodim buyruq yoki topshiriqning bajarilgani to'g'risida buyruq yoki topshiriq bergan boshliqqa, shuningdek, bevosita boshlig'iga axborot beradi.
Buyruq yoki topshiriqni bajarish imkoniyati bo'lmagan taqdirda, xodim zudlik bilan bu haqda buyruq yoki topshiriq bergan boshliqni xabardor etishi shart.
- Boshliq xodimlarni qarindosh-urug'chilik, mahalliychilik, tanish-bilishchilik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bo'yicha tanlash va joy-joyiga qo'yish holatlariga yo'l qo'ymasligi lozim. U o'z xizmat burchini o'tash paytida mahalliychilik va tanish-bilishchilik, shuningdek, boshqa salbiy omillarning namoyon etilishiga barham berishi kerak.
- Boshliq quyidagilarga majbur:
bo'ysunuvidagi xodimlarga professionalizm, halollik, xolislik va adolatlilikda o'rnak bo'lish;
jamoada sog'lom ma'naviy-ruhiy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish;
xodimlarni qonunga xilof xatti-harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etishga undamaslik hamda ulardan bunday harakatlarni bajarishni talab qilmaslik;
manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va hal qilish, xodimlar uchun qulay va munosib xizmat sharoitlarini yaratish bo'yicha o'z vaqtida choralar ko'rish;
jamoada guruhbozlik va favoritizm (ayrim xodimlarni yaqin olish va qo'llab-quvvatlash) ko'rinishlariga yo'l qo'ymaslik;
korruptsiya va o'z vakolatlarini suiiste'mol qilish holatlarining oldini olish choralarini ko'rish, xodimlarni hurmat qilish, ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarni amalga oshirmaslik;
shaxsiy tarkibni samarali boshqarish, xodimlarning xizmat faoliyatini xolisona baholash;
o'ziga biriktirilgan mol-mulk va moliyaviy mablag'larga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo'lish;
xodimlarning individual xususiyatlarini o'rganish, ular bilan o'zaro yaqin munosabat o'rnatish, jamoani birlashtirish, xodimlar tomonidan sodir etilgan nojo'ya xatti-harakatlarning sababini o'z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish, xizmat intizomi buzilishiga murosasiz munosabatda bo'lish;
xodimlarning, ular oila a'zolarining talab va ehtiyojlarini o'rganish, ularni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ijtimoiy adolat printsiplariga amal qilish, yuqori turuvchi rahbarga qo'l ostidagi xodimlarning huquqlarini ta'minlash bo'yicha takliflar kiritish;
xodimlar oldiga qo'yilayotgan vazifa va berilayotgan topshiriqlarni aniq va tushunarli ifodalash.
5-bob. Ichki ishlar organlarida kasbiy madaniyat va xizmat intizomini ta'minlash
- Ichki ishlar organlarida kasbiy madaniyat qoidalari va xizmat intizomi talablariga rioya etish xodimlarda yuksak ongu tafakkurni shakllantirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni izchil olib borish, shuningdek, ularga nisbatan rag'batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo'llash orqali ta'minlanadi.
- Xodimlarga nisbatan quyidagi rag'batlantirish choralari qo'llaniladi:
a) minnatdorlik e'lon qilish;
b) qimmatbaho yoki esdalik sovg'asi yoxud pul mukofoti bilan taqdirlash;
v) faxriy yorliq bilan taqdirlash;
g) idoraviy ko'krak nishoni bilan taqdirlash;
d) muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvon berish;
e) egallab turgan lavozimi bilan nazarda tutilgandan bir pog'ona yuqori maxsus unvon berish.
Shuningdek, rag'batlantirish tariqasida Kodeksning 34-bandi «a», «b» va «v» hamda 35-bandi «a» va «b» kichik bandlarida nazarda tutilgan muqaddam qo'llanilgan intizomiy jazo muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
- IIV ta'lim muassasalarida Kodeksning 30-bandida nazarda tutilgan rag'batlantirish choralaridan tashqari kursantlar (tinglovchilar)ga nisbatan quyidagi rag'batlantirish choralari ham qo'llaniladi:
a) ta'lim muassasasi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelishga ruxsat berish;
b) «Hurmat taxtasi»ga kiritish;
v) kursant (tinglovchi)ning ota-onasi yoki turar joyiga minnatdorlik xati yuborish;
g) O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki «Jaloliddin Manguberdi» stipendiyasini tayinlash.
- Alohida xizmatlari uchun xodimlar O'zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlariga tavsiya etilishi mumkin.
- Oylik ish haqi, davriy mukofotlar, qo'shimcha to'lovlar, ustama haqlari va xodimlarning pul ta'minotida nazarda tutilgan boshqa to'lovlar rag'batlantirish choralariga kirmaydi.
- Xodimlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo'llanilishi mumkin:
a) tanbeh;
b) hayfsan;
v) qattiq hayfsan;
g) lavozim maoshining ellik foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda jarima;
d) maxsus unvonini bir pog'ona pasaytirish;
e) egallab turgan lavozimidan ozod etish;
j) gauptvaxtada hibsda ushlab turish;
z) ichki ishlar organlari xizmatidan bo'shatish.
- IIV ta'lim muassasalarida Kodeksning 34-bandida ko'zda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari ta'lim muassasalarining belgilangan ichki tartib-qoidalarini buzgan, o'quv dasturini qoniqarsiz o'zlashtirgan kursantlar (tinglovchilar)ga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ham qo'llanilishi mumkin:
a) navbatdan tashqari naryadda xizmat o'tashga yoki besh sutkagacha xo'jalik ishlariga jalb etish;
b) bir oy muddatgacha ta'lim muassasasi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum etish;
v) kursantlar (tinglovchilar) ro'yxatidan o'chirish.
Ushbu bandning «a» va «b» kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari IIV ta'lim muassasalari magistratura bosqichi tinglovchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
- Rag'batlantirish va intizomiy jazo choralari boshliqlar tomonidan o'ziga berilgan vakolatlar doirasida qo'llaniladi.
- Tuman (shahar) ichki ishlar organlari, transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmalari, jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari boshliqlari, brigada va batal`on komandirlari, mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari rahbarlari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan rahbarlar quyidagi huquqlarga ega:
Kodeksning 30-bandi «a», «b» va «v» kichik bandlarida nazarda tutilgan rag'batlantirish choralarini qo'llash;
Kodeksning 34-bandi «a» va «b» kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qo'llash.
- O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o'rinbosarlari — departament boshliqlari (o'z yo'nalishlari bo'yicha hududiy va tarmoq ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan), Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti hamda ta'lim muassasalari boshliqlari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan rahbarlar quyidagi huquqlarga ega:
Kodeksning 30-bandi «a», «b» va «v» kichik bandlari hamda 31-bandida («g» kichik bandidan tashqari) nazarda tutilgan rag'batlantirish choralarini qo'llash;
Kodeksning 34-bandi «a», «b», «v» va «g» kichik bandlari hamda 35-bandida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qo'llash.
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o'rinbosari — Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti boshlig'i ichki ishlar xodimlariga nisbatan:
Kodeksning 30-bandi «a», «b» va «v» kichik bandlarida nazarda tutilgan rag'batlantirish choralarini qo'llash;
Kodeksning 34-bandida nazarda tutilgan («d» va «z» kichik bandidan tashqari) intizomiy jazo choralarini qo'llash huquqiga ega.
- O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Kodeksda nazarda tutilgan barcha rag'batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo'llaydi, qo'llanilgan intizomiy jazolarni bekor qilish orqali rag'batlantiradi, shuningdek, xodimlarni O'zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlariga tavsiya etadi.
- Ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish va xizmatdan bo'shatish vakolatiga ega boshliqlar xodimlarga nisbatan Kodeksning 34-bandi «e», «j» va «z» kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qo'llash huquqiga ega.
- Qo'l ostidagi xodimlariga nisbatan o'z vakolatlariga kirmaydigan rag'batlantirish choralarini qo'llash zaruriyati tug'ilgan holatda boshliq yuqori turuvchi rahbarga bu haqda iltimosnoma kiritadi.
- Boshliq qo'l ostidagi xodim tomonidan sodir etilgan nojo'ya xatti-harakatning o'ta jiddiyligi sababli uni lozim darajada jazolash uchun o'ziga berilgan vakolatlarni etarli emas deb hisoblasa, yuqori turuvchi rahbarga xodimga nisbatan og'irroq intizomiy jazo qo'llash to'g'risida iltimosnoma kiritadi.
- Intizomiy jazo chorasini qo'llashda o'z vakolatini oshirgan yoki Kodeksda nazarda tutilmagan intizomiy jazo chorasini qo'llagan boshliq intizomiy javobgarlikka tortiladi, qo'llanilgan intizomiy jazo esa yuqori turuvchi rahbar tomonidan bekor qilinadi.
- Xodim xizmat safari yoki davolanishda bo'lgan vaqtda xizmat intizomini buzgan taqdirda mazkur xatti-harakatdan xabar topgan boshliq ushbu holatni bartaraf etish choralarini ko'radi va bu haqda xodimning xizmat joyiga xabar beradi.
- Rag'batlantirish choralari alohida xodimga nisbatan ham, bir guruh xodimlarga nisbatan ham qo'llanilishi mumkin.
Xodimga nisbatan bir yutug'i (natijasi) uchun faqat bitta rag'batlantirish chorasi qo'llanilishi mumkin.
Rag'batlantirish chorasini belgilashda xodimning xizmat ko'rsatkichlari xususiyati, shuningdek, uning avvaldan xizmatga bo'lgan munosabati e'tiborga olinadi.
- Kodeksning 34-bandi «a», «b» va «v» kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo qo'llanilgan xodim mazkur jazoni bekor qilish orqali rag'batlantiriladi. Intizomiy jazoni bekor qilish huquqi uni qo'llagan boshliqqa yoki unga teng vakolatga ega, shuningdek, yuqori turuvchi vakolatli rahbarga beriladi.
- Rag'batlantirish choralari, qoida tariqasida, quyidagicha qo'llaniladi:
minnatdorlik e'lon qilish — kasbiy madaniyat qoidalariga rioya etib, yuklatilgan vazifani, boshliqning buyrug'i yoki topshirig'ini muvaffaqiyatli bajargan xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan;
qimmatbaho yoki esdalik sovg'a yoxud pul mukofoti bilan taqdirlash — kasbiy madaniyat qoidalari va xizmat intizomi talablariga rioya etgan xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgani, xizmat vazifasini namunali bajargani va benuqson xizmati uchun, shuningdek, zaxiraga (iste'foga) chiqishi munosabati bilan yoki musobaqa (bellashuv)ning yakuniy natijalariga ko'ra;
faxriy yorliq bilan taqdirlash — kasbiy madaniyat qoidalari va xizmat intizomi talablariga rioya etgan xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgani, xizmat vazifasini namunali bajargani uchun, shuningdek, musobaqa (bellashuv)ning yakuniy natijalariga ko'ra va o'qishni (o'quv yilini) muvaffaqiyatli yakunlaganda;
idoraviy ko'krak nishoni bilan taqdirlash — xodimga nisbatan yuqori xizmat intizomi, kasbiy madaniyati va ko'p yillik benuqson xizmati, ichki ishlar organlari tizimini takomillashtirishga salmoqli hissa qo'shgani, xizmat burchini bajarish chog'ida mardlik va jasorat ko'rsatgani, shuningdek, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo'shgani uchun;
muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvon berish yoki egallab turgan lavozimi bilan ko'zda tutilgandan bir pog'ona yuqori maxsus unvon berish — xodimga nisbatan yuqori xizmat intizomi, kasbiy madaniyati, xizmat burchini bajarish chog'ida ko'rsatgan qahramonligi, jasorati va fidoyiligi, ichki ishlar organlari amaliy faoliyatiga salmoqli ilmiy hissa qo'shgani (ilmiy darajani olganda), xizmat vazifalarini yuksak darajada bajarishda namuna bo'lgani uchun (ichki ishlar organlarida xizmat o'tash masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga muvofiq);
ta'lim muassasasi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish — yuklatilgan vazifalarni, komandirlarning buyruq yoki topshiriqlarini vijdonan bajargan IIV ta'lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari)ga nisbatan;
«Hurmat taxtasi»ga kiritish — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etgan, o'quv dasturlarini a'lo baholarga o'zlashtirgan IIV ta'lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari)ga nisbatan;
ota-onasiga yoki turar joyiga minnatdorlik xati yuborish — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etgan, o'quv mavsumini a'lo baholar bilan yakunlagan IIV ta'lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari)ga nisbatan;
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri yoki «Jaloliddin Manguberdi» stipendiyasini tayinlash — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etgan, o'quv va xizmat intizomiga rioya qilishda namuna bo'lgan, o'quv yilini a'lo baholar bilan yakunlagan IIV ta'lim muassasalarining kursantlariga nisbatan.
- Qo'llanilgan rag'batlantirish chorasi buyruq bilan e'lon qilinadi. Minnatdorlik e'lon qilish va ta'lim muassasasi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish buyruq orqali ham, og'zaki ham e'lon qilinishi mumkin.
Rag'batlantirilganligi haqida xodimga shaxsan, saf oldida yoki kengaytirilgan majlis (yig'ilish)da tantanali tarzda e'lon qilinadi.
Rag'batlantirish to'g'risidagi buyruq e'lon qilingan vaqtda, qoida tariqasida, xodimlarga faxriy yorliq, qimmatbaho yoki esdalik sovg'a yoxud pul mukofotlari, ko'krak nishonlari topshiriladi.
- Buyruq bilan e'lon qilingan rag'batlantirish chorasi xodimning shaxsiy hujjatlar yig'ma jildiga kiritish orqali hisobga olinishi lozim.
Rag'batlantirish choralarini hisobga olish tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
- Kodeksda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo'llash taqiqlanadi.
- Sodir etilgan nojo'ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo tayinlanadi.
Xizmat intizomi bir necha xodimlar tomonidan buzilganda, intizomiy jazo ularning har biriga nisbatan alohida qo'llaniladi.
Sodir etilganligi ma'muriy jazo tayinlashga olib kelgan xatti-harakatlar uchun intizomiy jazo qo'llashga yo'l qo'yilmaydi.
Intizomiy jazo choralari qo'llangan xodimlar, agarda ularning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari bo'lsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi.
- Intizomiy jazo choralarining qo'llanilishi asosli bo'lishi va sodir etilgan nojo'ya xatti-harakat og'irligi hamda ayb darajasiga muvofiq kelishi zarur. Intizomiy jazo choralarini belgilash chog'ida nojo'ya xatti-harakat xususiyati, sodir etish holati, uning oqibatlari, aybdorning avvalgi xulq-atvori, ichki ishlar organlarida xizmat o'tagan muddati, shuningdek, yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarishga bo'lgan munosabati e'tiborga olinadi.
Xodim tomonidan sodir etilgan nojo'ya xatti-harakat kam ahamiyatli bo'lsa, boshliq unga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo'llamasligi va boshqa bunday holatlarga yo'l qo'ymaslik borasida og'zaki ogohlantirish berish bilan kifoyalanishi mumkin.
Jamoada yuzaga kelgan nizoli vaziyatlarni hal etish, nojo'ya xatti-harakatlar sodir etgan xodimlarga jamoatchilik ta'sirini o'tkazish maqsadida ichki ishlar organlarida saylov asosida intizomiy kengashlar tashkil etilib, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda faoliyat ko'rsatadi.
- Intizomiy jazo choralari, qoida tariqasida, quyidagicha qo'llaniladi:
tanbeh — yuklatilgan vazifalarni, boshliqning topshiriqlari va uslubiy ko'rsatmalarni bajarmagan, xizmat kiyimini kiyish qoidalarini buzgan xodimlarga nisbatan;
hayfsan — normativ-huquqiy hujjatlar va Kodeks talablarini, xizmat guvohnomasidan foydalanish, fuqarolar hamda hamkasblari bilan muomala madaniyati qoidalarini buzgan, belgilangan kun tartibiga muntazam ravishda amal qilmagan va xizmat majburiyatlarini bajarmagan, jamoadagi ma'naviy-ruhiy muhitga salbiy ta'sir ko'rsatgan xodimlarga nisbatan;
qattiq hayfsan — amaldagi «hayfsan» intizomiy jazosi bo'lgan xodimlarga nisbatan, kasbiy madaniyat qoidalari va xizmat intizomi talablarini, normativ-huquqiy hujjatlar va Kodeks normalarini takroran buzganligi uchun;
lavozim maoshining ellik foizdan ko'p bo'lmagan miqdorda jarima — amaldagi intizomiy jazosi bor-yo'qligidan qat'i nazar, kasbiy madaniyat qoidalari va xizmat intizomi talablarini, normativ-huquqiy hujjatlar va Kodeks normalarini qo'pol ravishda buzgan, xizmat burchiga mas'uliyatsiz yondashgan, ish samaradorligi past bo'lgan xodimlarga nisbatan;
maxsus unvonini bir pog'ona pasaytirish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etish — amaldagi intizomiy jazosi bo'lgan, kasbiy madaniyat qoidalari va xizmat intizomi talablarini, normativ-huquqiy hujjatlar va Kodeks normalarini qo'pol ravishda buzgan, xizmatni o'tashga loqaydlik bilan munosabatda bo'lgan, yuklatilgan xizmat majburiyatlarini bajarmagan xodimlarga nisbatan;
gauptvaxtada hibsda ushlab turish — intizomiy jazoning qat'iy chorasi sifatida ichki ishlar organlari xizmatidan bo'shatish uchun asos bo'ladigan nojo'ya xatti-harakatni sodir etgan xodimlarga nisbatan;
ichki ishlar organlari xizmatidan bo'shatish — xizmat intizomini qo'pol ravishda buzgan, ichki ishlar organi xodimi sha'niga putur etkazuvchi xatti-harakat sodir etgan, intizomiy jazo chorasi mavjud bo'lgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzgan, qonun hujjatlarida belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etmagan xodimlarga nisbatan;
navbatdan tashqari naryadda xizmat o'tashga yoki besh sutkagacha xo'jalik ishlariga jalb etish, bir oy muddatgacha ta'lim tashkiloti hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum qilish — yuklatilgan vazifalarni yoki komandir (boshliq)ning topshiriqlarini bajarmagan, ta'lim tashkilotining o'rnatilgan ichki tartib-qoidalarini buzgan, o'quv dasturini qoniqarsiz o'zlashtirgan IIV ta'lim muassasalari kursantlari (tinglovchilari)ga nisbatan;
kursant (tinglovchi)lar ro'yxatidan o'chirish — IIV ta'lim muassasalari kursant (tinglovchi)lariga nisbatan kasbiy madaniyat qoidalari va xizmat intizomi talablarini buzganligi, o'quv dasturini o'zlashtira olmaganligi uchun.
- Amaldagi intizomiy jazo bor-yo'qligidan qat'i nazar, xizmat intizomini qo'pol ravishda buzgan xodimga nisbatan ichki ishlar organlaridan bo'shatish intizomiy jazosi ham qo'llanilishi mumkin.
Quyidagilar xizmat intizomini qo'pol ravishda buzish deb e'tirof etiladi:
xodimning sababsiz ravishda uzluksiz uch kundan ortiq muddatda xizmat joyida bo'lmasligi;
xizmat joyida alkogol` ichimlik, giyohvandlik vositasi va (yoki) boshqa moddalar ta'sirida mast holatda bo'lish;
fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini buzishga, odamlarning hayoti va (yoki) sog'lig'iga xavf tug'dirishga olib keluvchi xatti-harakatlar sodir etish (agar bu jinoiy javobgarlikka sabab bo'lmasa);
maxfiylikka oid tartib-qoidalarini buzish (agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa);
xodimga ishonib topshirilgan tabel` quroli va uning o'qlarini, mol-mulk va (yoki) texnikalarni qasddan yo'q qilish, zarar etkazish yoki uning (ularning) yo'qolishiga sabab bo'ladigan tarzda ehtiyotsizlik bilan saqlash (agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa);
mahbusning yoki qo'lga olingan shaxsning qochib ketishiga, pul mablag'i yoki tovar boyliklarini va hujjatlarni yo'qolishiga sabab bo'lgan tarzda post va konvoy xizmatini o'tash qoidalarini buzish (agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa).
Xodim xizmat joyida alkogol` ichimlik, giyohvandlik vositasi va (yoki) boshqa moddalar ta'sirida mast bo'lgani sababli intizomiy javobgarlikka tortish uchun ushbu holatni isbotlash maqsadida tibbiy tekshiruv natijalariga, agar xodim tekshiruvdan bosh tortsa, kamida ikki xodim yoki boshqa shaxslar ko'rsatmalariga asoslaniladi.
- Kasbiy madaniyat qoidalarini, shuningdek, boshliq va xodimlar o'rtasidagi munosabat qoidalarini qo'pol ravishda buzish ichki ishlar organi xodimi sha'niga putur etkazuvchi xatti-harakat sodir etish hisoblanadi.
Jamiyatdagi odob-axloq qoidalarini ochiqdan-ochiq pisand qilmaslik bilan bog'liq bo'lmagan oilaviy kelishmovchiliklar, janjallar va maishiy nizolar ichki ishlar organi xodimi sha'niga putur etkazuvchi xatti-harakat sirasiga kirmaydi.
- Intizomiy jazo chorasi mavjud bo'lgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzish, deganda buyruq asosida e'lon qilingan amaldagi intizomiy jazosi bo'lgani holda, xodim tomonidan xizmat intizomini bir necha bor buzish tushuniladi.
- Maxsus unvonini bir pog'ona pasaytirish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etish tarzidagi intizomiy jazo choralari, qoida tariqasida, aybdorga boshqa intizomiy jazo turlari tegishlicha ta'sir ko'rsatmagan hollarda qo'llaniladi.
- Gauptvaxtada hibsda ushlab turish tarzidagi intizomiy jazo qo'llanilganda, xodim ushbu nojo'ya xatti-harakati uchun (agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa) ichki ishlar organlari xizmatidan bo'shatilmaydi.
Gauptvaxtada hibsda saqlash muddati safdorlar, serjantlar va kichik ofitserlar tarkibi xodimlari uchun — 10 sutkagacha, katta ofitserlar tarkibi xodimlari uchun — 5 sutkagacha bo'lishi mumkin.
Gauptvaxtada hibsda ushlab turish tarzidagi intizomiy jazo ayollarga nisbatan qo'llanilmaydi.
- Intizomiy jazo qo'llashdan avval xodimdan yozma tushuntirish olinishi lozim. Agar xodim ushbu tushuntirishni berishdan bosh tortsa, tegishli ravishda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Tushuntirishni berishdan bosh tortish holati sodir etilgan qilmish uchun intizomiy jazo tayinlashga to'sqinlik qila olmaydi va jazoning og'irroq ko'rinishi va choralarini qo'llashga olib kelmaydi.
Intizomiy jazo choralarini qo'llash paytida boshliq xodimning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, u bilan munosabatda qo'pollikka yo'l qo'ymasligi zarur.
- Intizomiy jazoning qo'llanilishi xodimni nojo'ya xatti-harakat oqibatida etkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
- Intizomiy jazo nojo'ya xatti-harakat boshliqqa ma'lum bo'lgan kundan boshlab bir oy muddat ichida, xizmat tekshiruvi o'tkazilganda esa — tekshiruv tugagan kundan boshlab 10 sutkadan kechikmay qo'llanilishi kerak, bunda aybdorning xastalik va ta'tilda bo'lgan vaqti hisobga olinmaydi.
Intizomiy jazo nojo'ya xatti-harakat sodir etilgan kundan bir yildan ortiq muddat o'tgandan keyin qo'llanilishi mumkin emas.
- Mast holatda bo'lgan aybdorga nisbatan intizomiy jazo qo'llash, shuningdek, undan har qanday tushuntirish olish xodim hushyor holga kelguncha kechiktiriladi.
- Qo'llanilgan intizomiy jazo chorasi buyruq bilan e'lon qilinadi. Navbatdan tashqari naryadda xizmat o'tashga yoki besh sutkagacha xo'jalik ishlariga jalb etish, bir oy muddatgacha ta'lim muassasasi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum etish ham buyruq orqali, ham og'zaki e'lon qilinishi mumkin.
Buyruqda e'lon qilingan intizomiy jazo qo'llash haqidagi qaror intizomiy kengash xulosasi, shuningdek, o'tkazilish tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan xizmat, kompleks yoki inspektorlik tekshiruvlari asosida qabul qilinadi.
Intizomiy jazo chorasi qo'llanilganligi haqida xodimga shaxsan, saf oldida yoki kengaytirilgan yig'ilish (majlis)da e'lon qilinadi.
- Amaldagi intizomiy jazosi mavjud bo'lgan xodimning nomzodi ushbu jazo bekor qilingunga qadar rag'batlantirishga, navbatdagi maxsus unvon olishga va yuqori lavozimlarga tayinlanishga taqdim etilmaydi.
- Shikoyat bilan arz qilingan hollarda tayinlangan intizomiy jazoni ijro etish to'xtatilmaydi.
Xodim intizomiy jazo e'lon qilingan kundan e'tiboran bir oy muddat ichida yuqori turuvchi boshliqqa yoki xizmatni o'tash joyidagi shaxsiy xavfsizlik bo'linmasiga shikoyat bilan murojaat etishi mumkin.
- Buyruq asosida tayinlangan intizomiy jazo tayinlangan vaqtdan boshlab bir yil o'tgach bekor qilinadi (agar xodim shu muddat ichida yangi intizomiy jazoga tortilmasa). Rag'batlantirish tartibida intizomiy jazo bir yil o'tmasdan bekor qilinishi mumkin.
Agarda bir yil ichida xodimga nisbatan bir necha intizomiy jazo tayinlansa, ularni bekor qilish muddati oxirgi tayinlangan intizomiy jazo chorasi sanasi bo'yicha hisoblanadi.
- Buyruqda e'lon qilingan intizomiy jazo chorasi xodimning shaxsiy hujjatlar yig'ma jildiga kiritish orqali hisobga olinishi lozim.
Intizomiy jazo choralarini hisobga olish tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
6-bob. Boshliqning harakatlari ustidan shikoyat qilish
- Har bir xodim boshliqning unga nisbatan qonunga zid yoki nohaq harakatlari ustidan yuqori turuvchi rahbar yoki xizmat joyidagi shaxsiy xavfsizlik bo'linmasiga yozma shikoyat berishga haqli.
- Xodimning shikoyatida bayon etilgan masalalarni hal etish vakolatiga kirmaydigan yuqori turuvchi rahbar ushbu murojaatni besh kun muddatda vakolatli idoraga yuboradi.
- Yuqori turuvchi rahbarga yoki xizmat joyidagi shaxsiy xavfsizlik bo'linmasiga qonunchilikni buzish faktlari yoxud o'ziga nisbatan nohaq munosabatda bo'linganligi haqida murojaat etganligi uchun qo'l ostidagi xodimni ta'qib etgan boshliq intizomiy tartibda javobgarlikka tortiladi (agar uning xatti-harakatlari jinoiy javobgarlikka olib kelmasa).
- Xodimlarning shikoyati bir oy ichida hal etiladi, qo'shimcha tekshiruv talab etmaydiganlari esa zudlik bilan, biroq kelib tushgan kundan e'tiboran 15 kundan kechiktirmagan holda ko'rib chiqiladi.
- Qasddan yolg'on shikoyat bilan murojaat etgan xodimlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
- Kodeks normalarining bajarilishi ustidan nazorat ichki ishlar organlari ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
- Kodeks normalarining buzilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-son qaroriga
2-ILOVA
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti to'g'risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti (keyingi o'rinlarda — Departament) ichki ishlar organlarida kadrlar siyosatini amalga oshirish, ma'naviy-ma'rifiy va mukofotlash ishlarini tashkil etish, xizmatni o'tash qoidalari va mehnat munosabatlariga rioya etish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, ijtimoiy himoya jarayonlarini ta'minlaydigan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o'rinlarda — IIV) markaziy apparatining mustaqil bo'linmasi hisoblanadi.
- Departament o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonuni va boshqa qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, IIVning normativ hujjatlari, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
- Ichki ishlar organlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash bo'linmalari tizimiga quyidagilar kiradi:
Departament;
IIV departamentlari va ularning quyi tuzilmalari, harbiy tuzilmalari, ta'lim, o'quv va tibbiyot muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash bo'linmalari (boshqarma, bo'lim, bo'linma, guruh);
Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmatlari;
tuman va shaharlar ichki ishlar organlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash bo'linmalari (bo'lim, bo'linma, guruhlari).
- Departament o'z faoliyati bilan bog'liq masalalar bo'yicha belgilangan tartibda ichki ishlar organlarining boshqa bo'linmalari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli idoralari bilan o'zaro hamkorlikni amalga oshiradi.
- Departament O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'zining to'liq nomi yozilgan muhri hamda blankasiga, shtampiga ega.
Departament O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ta'sis etiladigan va faoliyatining o'ziga xos xususiyatini aks ettiradigan ramziga ega bo'lishi mumkin.
2-bob. Departamentning asosiy vazifalari va funktsiyalari
- Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ichki ishlar organlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash bo'linmalari tizimiga kiradigan tuzilmalarning (keyingi o'rinlarda — kadrlar bilan ishlash bo'linmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish, kompleks tahlil qilish, baholash, ularga amaliy va uslubiy yordam ko'rsatish;
ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy-ruhiy ishlarni tashkil etish, kasbiy madaniyat va xizmat intizomi talablariga so'zsiz rioya etilishini ta'minlash, shuningdek, shaxsiy tarkibni vatanparvarlik ruhida doimiy ravishda tarbiyalash faoliyatini amalga oshirish;
ichki ishlar organlaridagi xizmatga, shuningdek, idoraviy ta'lim muassasalariga nomzodlarning tanlov asosida qabul qilinishini tashkil etish, kadrlar siyosatini amalga oshirishni ta'minlash, xizmatni o'tash tartibining qoidalari va mehnat munosabatlariga rioya etilishini, uzluksiz o'quv-kar`era jarayoniga doir talablarning bajarilishini nazorat qilish;
ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning doimiy ravishda malakasini oshirish jarayonini tashkil etish;
ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkibni mukofotlash ishlarini ta'minlash, nomzodlarni davlat va idoraviy mukofotlarga xolislik tamoyili asosida taqdim etish, tizimda geral`dika faoliyatini amalga oshirish;
ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkibning xizmat, jangovar, jismoniy va psixologik tayyorgarligini ta'minlash, tizimda musobaqalarni o'tkazish orqali xodimlar va ularning oila a'zolarida sportga bo'lgan qiziqishni oshirish;
ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini ta'minlash, sog'lig'i muhofaza qilinishini va malakali tibbiy xizmat ko'rsatilishini tashkil etish;
ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash sohasidagi qonunchilikni, faoliyat shakllari va usullarini yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish.
- Zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq Departament quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) kadrlar bilan ishlash bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, kompleks tahlil qilish, baholash, ularga amaliy va uslubiy yordam ko'rsatish sohasida:
kadrlar bilan ishlash bo'linmalari faoliyati ustidan tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalarining yaqin hamkorlikda samarali ishlashini tashkil etish;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalari faoliyati ustidan idoraviy nazoratni amalga oshirish, shu jumladan, joylarga chiqqan holda, ularning ishlarini o'rganish, nazorat tekshiruvlarini o'tkazish, aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish choralarini ko'rish;
ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash sohasidagi hisobotlarning yagona shaklda yuritilishini ta'minlash, axborot-tahlil hamda hisobot ma'lumotlari bazasi va tizimlarini shakllantirish;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalari faoliyatini kompleks, tizimli tahlil qilish, baholash, faoliyat samaradorligini oshirish bo'yicha choralar ishlab chiqish, ijobiy ish amaliyotini tizim miqyosida ommalashtirish;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish, amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borish, ichki ishlar organlari xodimining ijobiy imijini shakllantirish;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to'ldirish, ularning xodimlarini rag'batlantirish ishlarini tashkil etish va ta'minlash;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalari xodimlari o'rtasida xizmat intizomi va qonuniylik buzilishi holatlarining oldini olish, korruptsion omillarga barham berish borasida ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;
ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash yo'nalishida axborot-tahliliy materiallar, sharhlar, uslubiy tavsiyalar va ko'rsatmalar tayyorlash;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishda qonuniylikka rioya etilishini tashkil etish;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishida ularga uslubiy, amaliy yordam ko'rsatish, shu jumladan, joylarga chiqqan holda bevosita ko'maklashish;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalarining ichki ishlar organlari boshqa sohaviy xizmatlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorligini tashkil etish;
b) ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy-ruhiy ishlarni tashkil etish, kasbiy madaniyat va xizmat intizomi talablariga so'zsiz rioya etilishini ta'minlash, shuningdek, shaxsiy tarkibni vatanparvarlik ruhida doimiy ravishda tarbiyalash faoliyatini amalga oshirish sohasida:
ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish kontseptsiyasini hayotga samarali tatbiq etish faoliyatini amalga oshirish, bu borada barcha sohaviy, tarmoq va hududiy ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibi bilan ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy va psixologik ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;
«xodimbay» ishlash tizimi asosida shaxsiy tarkib o'rtasida odob-axloq qoidalari, qonuniylikka va xizmat intizomiga so'zsiz rioya etilishini ta'minlash, korruptsion holatlarni barvaqt oldini olish;
ichki ishlar organlarida «murabbiylik instituti»ni samarali amalga oshirishni tashkil etish, murabbiylar va yosh xodimlar faoliyatini monitoring qilish, baholash hamda uslubiy ta'minlash ishlarini yo'lga qo'yish;
yoshlarga oid davlat siyosatining ichki ishlar organlarida amalga oshirilishini ta'minlash, yosh xodimlarni sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni tashkil etish;
tegishli tashkilotlar va muassasalar bilan hamkorlikda ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibi va ularning oila a'zolari uchun madaniy-ma'rifiy ishlar amalga oshirilishini tashkil etish;
madaniyat, san'at va badiiy tadbirlarni tashkil etish orqali shaxsiy tarkibni g'oyaviy, vatanparvarlik ruhida va madaniy-estetik tarbiyalashni targ'ib etish;
ichki ishlar organlari faxriylar kengashi faoliyatini samarali tashkil etish orqali «Ustoz-shogird» an'anasini ommalashtirish;
xodimlarning ma'naviy-axloqiy xatti-harakatlari bilan bog'liq xizmat intizomining buzilishi va boshqa salbiy holatlar bo'yicha xizmat tekshiruvlar o'tkazish, ichki ishlar organlarida intizomiy jazo choralarini qo'llash faoliyatini tashkil etish;
shaxsiy tarkib o'rtasida yuksak vatanparvarlik ruhidagi muhitni shakllantirish, ularning ruhiy-psixologik tayyorgarligini ta'minlash va muvofiqlashtirish;
ichki ishlar organlarida ma'naviy-ruhiy muhitni muntazam ravishda o'rganish va monitoringini olib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilash;
ichki ishlar organlariga xizmatga, oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilinayotgan nomzodlarni individual-psixologik va psixofiziologik o'rganish choralarini tashkil etish va amalga oshirish;
ichki ishlar organlarida psixologlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish hamda xizmat faoliyatini yaxshilash bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
ichki ishlar organlarida xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha faoliyatini tashkil etish;
v) ichki ishlar organlaridagi xizmatga, shuningdek, idoraviy ta'lim muassasalariga nomzodlarning tanlov asosida qabul qilinishini tashkil etish, kadrlar siyosatini amalga oshirishni ta'minlash, xizmatni o'tash tartibining qoidalari va mehnat munosabatlariga rioya etilishini, uzluksiz o'quv-kar`era jarayoniga doir talablarning bajarilishini nazorat qilish sohasida:
ichki ishlar organlaridagi xizmatga nomzodlarni qabul qilish, lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish, xizmat muddatini uzaytirish, ichki ishlar organlari ixtiyorida qoldirish va xizmatdan bo'shatish uchun kelib tushgan taqdimnomalarni ko'rib chiqish va ushbu masalalar yuzasidan rahbariyatga taklif kiritish;
ichki ishlar organlaridagi bo'sh lavozimlarni yuksak vatanparvar kadrlar bilan to'ldirish, ichki ishlar organlari ixtiyorida qoldirilgan xodimlarni lavozimga tayinlashni tashkil etish;
ichki ishlar organlarida xizmat o'tash, maxsus va harbiy unvonlar berish hamda rahbar kadrlarni rotatsiya qilish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
shaxsiy tarkibning kasbiy salohiyati va faoliyati natijalarini KPI tizimi asosida baholash, baholash natijalari bo'yicha ularning reytingini yuritish;
ichki ishlar organlarida xizmatda bo'lishning belgilangan chegaradagi yoshiga to'lgan va to'ladigan xodimlar monitoringini yuritish;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va IIV nomenklaturasi (ro'yxati)ga kiritilgan rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish;
maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun ruxsatnoma talab etiladigan lavozimlar ro'yxatini shakllantirish, xodimlar va nomzodlarga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, saqlash va yuritishni tashkil etish;
shaxsiy tarkib va uning yaqin qarindoshlariga nisbatan qo'shimcha maxsus tekshiruv ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish, chet el davlatlariga chiqish uchun ruxsat so'rab qilgan murojaatlarni ko'rib chiqish;
shaxsiy tarkibni attestatsiyadan o'tkazish borasidagi ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;
xodimlarning anketa hamda xizmat faoliyatiga oid ma'lumotlarini yuritish, ularni lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish, rotatsiya qilish, xizmat muddatini uzaytirish, xizmatdan bo'shatish, ularga maxsus unvonlar berish haqidagi taqdimnomalarni ko'rib chiqish uchun kiritish ishlarining «E-kadr» yopiq axborot tizimi orqali amalga oshirilishini ta'minlash;
shaxsiy tarkibning shaxsiy hujjatlari yig'majildlarini saqlash, yuritish hamda xizmat o'tashga oid ma'lumotlarni qayd etib borish;
xizmatdan bo'shatilgan xodimlarning mehnat daftarchalari yoki mehnat faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish va hisobini yuritish, harbiy hisobga qo'yish uchun yo'llanmalar berishni ta'minlash;
shaxsiy tarkibga xizmat guvohnomalari va jetonlar berilishini tashkil etish hamda ushbu masalaga oid hisobotlarni yuritish;
IIV tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo'linmalari xodimlariga xizmat yillari uchun foizli ustama haq o'rnatishga oid hujjatlarni rasmiylashtirish;
g) ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning doimiy ravishda malakasini oshirish jarayonini tashkil etish sohasida:
kadrlarni maqsadli tayyorlashni tashkil etish, idoraviy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilish, ularning o'quv-tarbiya jarayonini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish;
idoraviy ta'lim muassasalarining o'quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, kadrlar bilan ishlash va tarbiyaviy yo'nalishlardagi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
ichki ishlar organlarining kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini o'rganish va idoraviy hamda turdosh ta'lim muassasalari, shu jumladan xorijiy davlatlar huquq-tartibot organlarining ta'lim muassasalariga o'qishga qabul o'rinlarini ajratish bo'yicha takliflar kiritish;
idoraviy ta'lim muassasalariga nomzodlarni qabul qilish bo'yicha tanlovlar o'tkazilishini tashkil etish, ushbu faoliyatni nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
idoraviy ta'lim muassasalarida o'qitiladigan mutaxassislik yo'nalishlarida kadrlar tayyorlash bo'yicha davlat ta'lim standartlari, malaka talablari hamda o'quv rejalari va dasturlarini tayyorlashni tashkil etish;
idoraviy ta'lim muassasalarida o'quv-tarbiya jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilganligini, oliy ta'limdan keyingi ta'lim jarayonini muntazam ravishda o'rganib borish;
ichki ishlar organlarining kadrlarga bo'lgan ehtiyojidan kelib chiqib, idoraviy va turdosh oliy ta'lim muassasalari, shu jumladan xorijiy davlatlar huquq-tartibot organlarining ta'lim muassasalari bitiruvchilarining taqsimotini o'tkazish;
yosh kadrlarga biriktirilgan murabbiylar faoliyatini o'rganish orqali ularning kasbiy o'sishlari uzluksiz monitoring qilinishini tashkil etish;
idoraviy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari tarkibiga pedagog kadrlarni ishga qabul qilish bo'yicha komissiya (ishchi guruh) faoliyatini nazorat qilish;
idoraviy ta'lim muassasalari va hududiy ichki ishlar organlarida konferentsiya, ilmiy anjumanlar, o'quv-uslubiy seminarlar, davra suhbatlari va fan olimpiadalari, shuningdek, xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish yuzasidan o'quv yig'inlari va treninglar o'tkazilishini tashkil etish;
idoraviy ta'lim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga belgilangan namunadagi ko'krak nishonlari va stipendiyalar tayinlashga oid hujjatlarni ko'rib chiqish va rasmiylashtirish;
IIVning tarkibiy va hududiy bo'linmalari bilan birgalikda xodimlarning malaka oshirishga bo'lgan ehtiyojini o'rganish;
kadrlarni boshlang'ich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish, monitoringini o'tkazish va muvofiqlashtirish;
shaxsiy tarkibning respublika davlat boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta'lim muassasalari va boshqa tashkilotlarda belgilangan kelishuvlar asosida malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish;
xodimlarning xorijiy davlatlar, xususan ta'lim muassasalarida uzoq muddatli o'quv dasturlari asosida malaka oshirishi va tajriba orttirishi bo'yicha chora-tadbirlarni tashkil etish;
d) ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkibni mukofotlash ishlarini ta'minlash, nomzodlarni davlat va idoraviy mukofotlarga xolislik tamoyili asosida taqdim etish, tizimda geral`dika faoliyatini amalga oshirish sohasida:
ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkibni rag'batlantirish choralarini qo'llash faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va amalga oshirish;
davlat mukofotlari va faxriy unvonlariga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlarini ko'rib chiqish, mukofotlashga taqdim etish bo'yicha tegishli taqdimnomalar rasmiylashtirish hamda ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish;
ichki ishlar organlarining davlat mukofotlari va geral`dika bo'yicha markaziy, hududiy va sohaviy komissiyalar faoliyatini tashkil etish;
shaxsiy tarkibga nisbatan qo'llanilgan rag'batlantirish choralarining hisobini yuritish, bu borada shaxsiy hujjatlar yig'majildlariga ma'lumotlarni kiritib borishni ta'minlash;
mukofotlash ishlariga mas'uliyatsizlik bilan yondashgan, nomzodlarni taqdim etishda xolislik tamoyiliga rioya etmagan ichki ishlar rahbarlari va xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llash bo'yicha takliflar kiritish;
ichki ishlar organlarida geral`dika faoliyatini muvofiqlashtirish, tizim bo'yicha tayyorlanayotgan barcha turdagi farqlovchi belgilar (ramzlar)ning asosliligini o'rganish va kelishish, idoraviy ko'krak nishonlarni ta'sis etish bo'yicha ishlarni amalga oshirish;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O'zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari va geral`dika bo'yicha komissiya bilan hamkorlikni amalga oshirish;
e) ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkibning xizmat, jangovar, jismoniy va psixologik tayyorgarligini ta'minlash, tizimda musobaqalarni o'tkazish orqali xodimlar va ularning oila a'zolarida sportga bo'lgan qiziqishni oshirish sohasida:
jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy shakl va usullariga mos ravishda shaxsiy tarkibning xizmat, jismoniy, jangovar va psixologik tayyorgarligini oshirib borishini tashkil etish va nazorat qilish;
shaxsiy tarkibning xizmat, jismoniy, jangovar va psixologik tayyorgarligi bo'yicha mashg'ulotlarning doimiy ravishda samarali o'tkazilishini ta'minlash va nazorat qilish;
ichki ishlar organlarida xodimlarning xizmat, jismoniy, jangovar va psixologik tayyorgarligi borasida olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish, hisobini yuritish, tahlil qilish, soha samaradorligini oshirish va takomillashtirish bo'yicha ilg'or tajribalarni joriy etish hamda chora-tadbirlarni belgilash;
shaxsiy tarkibning xizmat, jismoniy, jangovar va psixologik tayyorgarlik darajasini aniqlash bo'yicha davriy sinovlar o'tkazish hamda bu borada markazlashtirilgan reyting tizimini yuritish;
shaxsiy tarkibga malaka toifalarini berish borasidagi ishlarni tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
ichki ishlar organlaridagi xizmatga nomzodlarni qabul qilish yuzasidan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha sinovlar metodikasini ishlab chiqish va o'tkazilishini ta'minlash;
jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishda xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligi bo'yicha sport musobaqalarini o'tkazish va muvofiqlashtirish;
shaxsiy tarkibning ichki ishlar organlari tizimida, respublika, shuningdek, xalqaro miqyosida o'tkaziladigan sport musobaqalarida ishtirokini ta'minlash;
shaxsiy tarkibning jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etilishini ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilash;
ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining o'qotar qurollardan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirib borish maqsadida tabel` va sport qurollaridan o'q otish musobaqalarini tashkil etish va nazorat qilish;
ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan saf tayyorgarligi mashg'ulotlarini tashkil etish va nazorat qilish;
idoraviy ta'lim muassasalari kursantlari va tinglovchilari, shuningdek, xizmatga qabul qilingan xodimlar bilan o'quv-dala mashg'ulotlari o'tkazilishini tashkil etish;
ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va xizmatga nomzodlar o'rtasida test sinovlari o'tkazilishini ta'minlash, natijalarini tahlil qilish va muvofiqlashtirish;
xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini ta'minlash sohasida hududiy, mahalliy va tarmoq ichki ishlar organlarining faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
aholi o'rtasida musobaqalar o'tkazish orqali sportga qiziqishni oshirish choralarini belgilash;
j) ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va uning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini ta'minlash, sog'lig'i muhofaza qilinishini va malakali tibbiy xizmat ko'rsatilishini tashkil etish sohasida:
ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va uning oila a'zolarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash choralarini amalga oshirish;
ijtimoiy himoya qilish kafolatlaridan foydalanish borasidagi barcha xizmatlar «yagona darcha» tamoyili asosida faqat «E-ijtimoiy-himoya.iiv.uz» yagona interaktiv xizmatlar portali orqali adolatlilik bilan ko'rsatilishini, elektron navbat oshkora yuritilishini ta'minlash;
ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibiga ta'tillar berilishini ta'minlash va nazorat qilish;
ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibini ijtimoiy himoya qilish faoliyatiga oid hisobotlarni yuritish va monitoring qilish;
ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining sog'lig'ini muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
IIV tibbiyot muassasalari tomonidan shaxsiy tarkib va uning oila a'zolariga malakali tibbiy xizmat ko'rsatilishini tashkil etish, nazorat qilish va monitoringini o'rnatish;
shaxsiy tarkib o'rtasida turli surunkali kasalliklar kelib chiqishining oldini olish va profilaktikasini ta'minlash yuzasidan davriy tibbiy ko'riklar o'tkazilishini nazorat qilish;
antropometrik ko'rsatkichlari bo'yicha semizlikning turli darajalari bo'yicha ortiqcha vaznga ega xodimlar bilan davolash-sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va monitoring qilish;
z) ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash sohasidagi qonunchilikni, faoliyat shakllari va usullarini yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
IIV faoliyatini joriy va istiqbolli rejalashtirishda, kadrlar bilan ishlash bo'linmalari rivojlanishining asosiy yo'nalishlari va kontseptsiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalari faoliyatining holati to'g'risida, ijtimoiy himoyani ta'minlashning muammoli masalalari yuzasidan axborot-tahliliy ma'lumotlar tayyorlash;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalda bajarilishini tizimli tahlil qilish, ularning samarali amalga oshirilishiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan kamchilik va muammolarni aniqlash, shuningdek, ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlashning shakl va usullarini yanada takomillashtirish, boshqaruvni tashkil etishning zamonaviy usullarini, ilg'or ilmiy-texnik vositalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo'yicha takliflar tayyorlash;
ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash sohasiga doir qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarining to'liq va samarali ijrosiga to'sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalari bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, munosabat bildirish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan xulosalar tayyorlash;
ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash sohasi bo'yicha xalqaro tajriba va xorijiy qonunchilikni doimiy o'rganish, o'rganish natijalarini O'zbekiston Respublikasi sharoitlarida joriy etishning maqsadga muvofiqligi to'g'risida takliflar ishlab chiqish;
ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash sohasida olib borilayotgan islohotlarning amalga oshirilishini ta'minlashdagi dolzarb masalalar bo'yicha seminarlar, davra suhbatlari, konferentsiyalar, simpoziumlar hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish;
geral`dika masalalari bo'yicha xalqaro tajribani o'rganish, shuningdek, mukofotlash tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.
Departament qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Departamentning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
- Departament o'ziga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va boshqa muassasalarning bazalari (shu jumladan elektron bazalari)dan axborot, statistik va boshqa materiallarni so'rash hamda olish;
boshqaruv qarorlarni qabul qilish, axborot-tahlillar va hisobot ma'lumotlarini tayyorlash uchun ichki ishlar organlari tarkibiy va hududiy bo'linmalaridan zarur bo'lgan hujjatlarni (ularning nusxalarini), ma'lumotlar va boshqa materiallarni so'rash va olish;
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda, IIV hay'atida va tezkor yig'ilishlarda ko'rib chiqilishi uchun axborot-tahlillar va boshqa hujjatlarni tayyorlashda IIV tegishli sohaviy xizmatlarini o'rnatilgan tartibda jalb etish;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalari hujjatlari va materiallari bilan tanishish, ularning ijrosi yuzasidan zarur bo'lgan ma'lumotlarni olish;
o'z vakolatlariga kiruvchi masalalar bo'yicha ichki ishlar organlari xodimlari ish yurituvidagi materiallar va ularga nisbatan o'tkazilgan yoki o'tkazilayotgan xizmat tekshiruvlari materiallari hamda boshqa hujjatlar bilan tanishish;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalariga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ichki ishlar organlarining ma'lumotlar bazasidan foydalanish;
ichki ishlar organlari xodimlari va xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlarni o'rganish uchun tegishli sohaviy xizmatlardan zarur ma'lumotlarni talab qilib olish;
ichki ishlar organlariga sohaga oid bajarilishi majburiy bo'lgan boshqaruv qarorlari va topshiriqlar berish;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalarining moddiy-texnik ta'minotini yaxshilash, xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo'yicha takliflarni kiritish;
ichki ishlar organlarida qonuniylik va xizmat intizomiga rioya etilishi holatini tekshirish, xodimlarning formali kiyim boshini belgilangan tartibda kiyib yurishlari, xizmat avtotransport vositalarini boshqarishda belgilangan me'yorlarga amal qilinishini nazorat qilish maqsadida respublika hududida patrul`-tekshiruvlarini olib borish;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalarida qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo'yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish;
davlat va idoraviy mukofotlarga munosib nomzodlarni aniqlash va ularni mukofotlash yuzasidan O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga takliflar kiritish;
mukofotlash ishlariga mas'uliyatsizlik bilan yondashgan, nomzodlarni taqdim etishda xolislik tamoyiliga rioya etmagan ichki ishlar rahbarlari va xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llash bo'yicha takliflar kiritish.
Departament qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
- Departament quyidagi majburiyatlarga ega:
o'z vakolatlari doirasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko'rish;
ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy, kadrlar siyosatini amalga oshirish, ta'limni tashkil etish, jismoniy va jangovar tayyorgarlik, tibbiy xizmat ko'rsatishda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik printsiplariga amal qilish;
ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy hamda tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish, shaxsiy tarkib o'rtasida qonuniylik va xizmat intizomini mustahkamlash choralarini ko'rish;
ichki ishlar organlari muzeylari, kutubxona va axborot-resurs markazlarining fondini boyitish, shaxsiy tarkib o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish choralarini ko'rish;
shaxsiy tarkibni ijtimoiy himoya qilish va ularni psixologik ta'minlash choralarini ko'rish;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalarining ish faoliyati haqidagi zarur ma'lumotlarni tayyorlash va IIV rahbariyatiga taqdim etish.
Departament qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo'lishi mumkin.
- Departament o'ziga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
4-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
- Departamentga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari — Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti boshlig'i (keyingi o'rinlarda — Departament boshlig'i) rahbarlik qiladi.
- Departament boshlig'i O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan uch nafar o'rinbosarga ega.
- Departament boshlig'i:
Departament ishini tashkil etadi va faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Departamentga yuklatilgan vazifalar, funktsiyalar va majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo'ladi;
o'z o'rinbosarlari va Departamentning mustaqil boshqarma (bo'lim) boshliqlarining funktsional majburiyatlarini belgilaydi, ularga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Departamentning ish rejalari va xodimlarning funktsional majburiyatlarini tasdiqlaydi;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalari, idoraviy tibbiyot, sog'lomlashtirish va ta'lim muassasalari faoliyatini bevosita, shuningdek, tegishli ravishda o'z o'rinbosarlari orqali nazorat qiladi;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalarining ichki ishlar organlarining boshqa bo'linmalari bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalari faoliyatini tashkil etish va ichki ishlar organlarining boshqa bo'linmalari bilan hamkorligini ta'minlash masalalari bo'yicha buyruq va farmoyishlar loyihalarini O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga kiritadi;
Departament xodimlariga, shuningdek, IIV ixtiyorida qoldirilgan xodimlarga belgilangan tartibda yillik asosiy va qo'shimcha mehnat ta'tillari beradi;
Departament xodimlarini xizmat safarlariga yuboradi;
IIVning tarkibiy va hududiy bo'linmalari faoliyatiga oid masalalarni o'rganish va tekshiruvlar o'tkazilishini tashkil qiladi;
tekshiruvlar va ularning natijalari bo'yicha takliflar, shuningdek, normativ-huquqiy, uslubiy, axborot-tahlil hujjatlarini tayyorlashga o'rnatilgan tartibda IIVning tarkibiy va hududiy tuzilmalari xodimlarini safarbar etadi;
davlat hokimiyati organlarida, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va muassasalarda Departament vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha IIV nomidan ish ko'radi;
xodimlarni vakolati doirasida maxsus va harbiy unvonlarga tavsiya etadi, mukofotlaydi, intizomiy jazolar qo'llaydi;
kadrlar bilan ishlash bo'linmalari faoliyatini bevosita va o'z o'rinbosarlari orqali nazorat qiladi;
ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash sohasida ichki ishlar organlarining barcha shaxsiy tarkibi tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan hujjatlar qabul qiladi;
o'z vakolati doirasida taalluqli masalalarda buyruq va farmoyishlar qabul qiladi;
ichki ishlar organlariga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va boshqa lavozimga o'tkazishni ta'minlaydi va tashkil etadi;
o'z vakolati doirasida IIV markaziy apparatining ishchi va xizmatchilarini ishga, bo'lim boshlig'igacha bo'lgan xodim va harbiy xizmatchilarni safdorlar, serjantlar hamda ofitserlar tarkibi lavozimlariga xizmatga qabul qiladi, lavozimga tayinlaydi va ichki ishlar organlaridan bo'shatadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo'yicha kadrlar bilan ishlash bo'linmalari xodimlarining xatti-harakatlari qonunga muvofiqligini, shuningdek, sodir etilgan qonun buzilishi holati o'rnatilgan tartibda tekshirilishini ta'minlaydi;
soha faoliyatiga taalluqli respublika komissiyalari va kengashlariga raislik qiladi va Departamentning boshqa komissiyalari ishini nazorat qiladi;
ichki ishlar organlari tizimidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda bolalar sog'lomlashtirish oromgohlariga xodimlarning farzandlarini joylashtirish uchun yo'llanmalar berish faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
- Departament boshlig'i Departamentga yuklatilgan quyidagi asosiy vazifalarni samarali amalga oshirilishini tashkil etadi hamda shaxsan nazorat qiladi:
ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish kontseptsiyasini amaliyotga uzluksiz tatbiq etish;
xodimlarni ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini tashkil etish;
xodimlar o'rtasida ma'naviy-tarbiyaviy tadbirlarni olib borish, ularni ijtimoiy himoya qilish, rag'batlantirish va mukofotlashga doir hujjatlarni ko'rib chiqish, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash choralarini ko'rish;
ichki ishlar organlari faoliyatini psixologik jihatdan ta'minlash;
xodimlarning xizmat o'tashlarini tashkillashtirish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning zaxirasini shakllantirish hamda kadrlar tarkibi sifatini yaxshilash;
xodimlarning xizmat o'tashlarini qayd qilish hamda maxsus va harbiy unvonlar berish;
IIVning tarkibiy va hududiy tuzilmalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga tashkiliy-uslubiy yordam ko'rsatish, faoliyatga oid hisobotlarni yuritish hamda tahlil qilish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, o'qitish va ularning malakasini oshirish, xodimlarning kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog'lig'ini saqlash;
idoraviy ta'lim, sport-sog'lomlashtirish va tibbiyot muassasalarining samarali faoliyatini tashkil etish.
- Departament boshlig'i O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga quyidagilar to'g'risida takliflar kiritadi:
xodimlarni intizomiy jazolash, idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash, shuningdek, ularni davlat mukofotlariga taqdim etish;
ichki ishlar organlari tarkibiy va hududiy bo'linmalari xodimlari, ishchi va xizmatchilarining cheklangan soniga va mehnatga haq to'lash fondiga o'zgartirish kiritish;
ichki ishlar organlari tarkibiy va hududiy bo'linmalari tuzilmasiga va shtatlar soniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish;
o'z o'rinbosarlari, Departament tarkibiy va hududiy bo'linmalari boshliqlarini, shuningdek, xodimlarni IIV nomenklaturasi (ro'yxati)ga kiruvchi lavozimlarga tayinlash va ozod etish, shuningdek, ichki ishlar organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi xodim va harbiy xizmatchilarni ichki ishlar organlaridan bo'shatish;
ichki ishlar organlari faoliyatini yaxshilash hamda bevosita zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali tashkil etish, sohada islohotlarni amalga oshirish.
- Departament xizmatlari boshliqlari:
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabulini amalga oshiradi, shikoyat, ariza va takliflarni ko'rib chiqadi, ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo'yicha kadrlar bilan ishlash bo'linmalari xodimlarining xatti-harakatlari qonunga muvofiqligini, shuningdek, xodimlar tomonidan qonun buzilishi holatlarining o'rnatilgan tartibda tekshirilishini ta'minlaydi;
rahbarlik qilayotgan xizmatning ishini tashkil etadi, shaxsiy tarkibining xizmat va mehnat intizomiga rioya etishini ta'minlaydi, ish rejalarini tasdiqlaydi;
xizmat boshlig'i o'rinbosarlarining funktsional majburiyatlarini belgilaydi, ular zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
o'z vakolati doirasida kadrlar bilan ishlash bo'linmalari faoliyatini tashkil etish masalalari bo'yicha sharh va metodik tavsiyalar chiqaradi, shaxsiy tarkibi tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatma loyihalarini Departament boshlig'iga kiritadi;
rahbarlik qilayotgan xizmatda kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va lavozimga o'tkazish, xizmat safarlariga yuborish masalalari bo'yicha Departament boshlig'iga taklif kiritadi;
rahbarlik qilayotgan xizmat xodimlariga maxsus unvonlar berish, rag'batlantirish, shu jumladan, mukofotlash hamda ularga intizomiy jazolar qo'llash to'g'risida Departament boshlig'iga taqdimnomalar kiritadi;
rahbarlik qilayotgan xizmat xodimlariga ta'til beradi;
o'ziga bo'ysunuvchi kadrlar bilan ishlash bo'linmalari faoliyati ustidan bevosita va o'z o'rinbosarlari orqali nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, tegishli rahbarlarning hisobotlarini eshitadi;
Departament boshlig'ining topshirig'iga binoan davlat, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning rasmiy tadbirlarida ishtirok etadi;
Departamentda o'rnatilgan tartibda safarbarlik tayyorgarligini tashkil etadi, shuningdek, fuqaro muhofazasi bo'yicha tadbirlarning bajarilishini ta'minlaydi;
Departamentda maxfiylik tartibotiga rioya etilishi, shu jumladan, axborotlarni texnik himoyalash bo'yicha tadbirlarning tashkil etilishi uchun javob beradi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
- Departament boshlig'i bo'lmagan taqdirda uning vazifalarini o'rinbosarlaridan biri bajaradi.
- Quyidagilar:
a) Departament boshlig'ining taqdimnomasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi:
Departamentning tarkibiy bo'linmalari va unga bevosita bo'ysunuvchi bo'linmalarning rahbarlari;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar ichki ishlar organlari rahbarlarining o'rinbosarlari — ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati boshliqlari;
b) tegishlicha IIV departamentlari, harbiy tuzilmalari, ta'lim, o'quv va tibbiyot muassasalarining rahbarlari Departament boshlig'ining qo'shma taqdimnomasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi:
tegishlicha IIV departamentlari, qo'mondonlik, ta'lim, o'quv va tibbiyot muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmatlari rahbarlari;
v) tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri ichki ishlar organlari rahbarlari Departament boshlig'ining qo'shma taqdimnomasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi:
tuman va shaharlar ichki ishlar organlari rahbarlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari;
g) Departament boshlig'i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi:
Departamentning xodimlari;
d) Departament bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi:
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar ichki ishlar organlari ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmatlari tarkibidagi bo'linmalar rahbarlari;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar ichki ishlar organlari rahbarlarining o'rinbosarlari — ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati boshliqlarining mukofotlash masalalari va kadrlar tayyorlash bo'yicha yordamchilari.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
- Departament faoliyati ustidan nazorat O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
- Ish yuritish va maxfiylik tartibotini tashkil etish va ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar Departament tomonidan belgilangan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
- Kadrlar bilan ishlash bo'linmalarini qurol-aslaha va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta'minlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-son qaroriga
3-ILOVA
Ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyati darajasini oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarning
«YO'L XARITASI»
T/r |
Chora-tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Mas'ul ijrochilar |
1. |
O'zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi 2016 yil 16 sentyabrdagi O'RQ-407-son Qonuniga Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomikodeksidan kelib chiqqan holda, o'zgartish va qo'shimchalarni kiritish to'g'risida qonun loyihasini tayyorlash. |
O'zbekiston Respublikasi qonun loyihasi |
2023 yil may |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov) |
2. |
Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksining mazmun-mohiyatini barcha shaxsiy tarkibga etkazish (o'qitish) choralarini ko'rish hamda mazkur yo'nalish bo'yicha davriy ravishda sinovlar o'tkazish amaliyotini yo'lga qo'yish. Mazkur Kodeksning audionusxasini tayyorlash va shaxsiy tarkibga tarqatishni tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2023 yil fevral`-mart |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov) |
3. |
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bakalavriat va magistratura bosqichi, Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakul`tetini tamomlaganda Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi bo'yicha davlat imtihonini qabul qilish amaliyotini yo'lga qo'yish. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil mart |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov, R. Xatamov, O. Axmedov) |
4. |
Ichki ishlar organlarida xizmat intizomiga so'zsiz rioya etilishini ta'minlashga qaratilgan «xodimbay nazorat» tizimini joriy etish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: har bir rahbar xodim uchun shaxsiy tarkib ustidan qat'iy nazorat mexanizmlarini belgilovchi «Nazorat harakatlari protokoli»ni tasdiqlash; ma'naviy-ma'rifiy ishlar yo'nalishida xizmat olib boruvchi rahbarlar uchun metodik qo'llanma ishlab chiqish. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil aprel` |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov) |
5. |
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yoshlar o'rtasida vatanparvarlik, kasbga nisbatan sadoqat hissini shakllantirishga qaratilgan «uch avlod» tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda rivojlantirish: Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti boshlig'i huzurida Ma'naviy-ma'rifiy ishlar xizmati, Faxriylar kengashi hamda Yoshlar ittifoqining etakchilar kengashining «Maslahat kengashi» faoliyatini yo'lga qo'yish; ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar o'rtasida tartib-intizom va qonuniylikni mustahkamlash bo'yicha manzilli chora-tadbirlar belgilab borish. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil aprel` |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov) |
6. |
Ichki ishlar organlarida murabbiylik faoliyatini tashkil etish jarayonini tanqidiy o'rganish hamda mazkur yo'nalishni zamon va amaliyot talablarini inobatga olgan holda tubdan takomillashtirish choralarini belgilash. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil aprel` |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov) |
7. |
Ichki ishlar organlarida quyidagilarni o'z ichiga oluvchi «eng yaxshi ma'naviy-ma'rifiy ishlar targ'ibotchisi» nominatsiyasi bo'yicha respublika tanlovini har yili o'tkazish tartibini belgilash: ma'naviy-ma'rifiy ishlar sohasida eng yaxshi rahbar xodimlarni aniqlashning har tomonlama, xolisona, oshkora mexanizmlari va mezonlarini joriy etish; har yili 25 oktyabr` — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni arafasida eng yaxshi rahbar xodimlarni e'lon qilish; byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan g'oliblarni har oylik pul ta'minotining 50 foizi miqdorida bir yil davomida moddiy rag'batlantirish tartibini joriy etish. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil aprel` |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov) |
8. |
Ichki ishlar organlari xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o'rtasida kitobxonlikni ommalashtirish orqali ma'naviy dunyoqarashini yuksaltirishni quyidagilarni nazarda tutgan holda yo'lga qo'yish: 2023-2024 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida «Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi»ni tashkil etish; 2023 yilda tuman (shahar), tarmoq ichki ishlar organlari hamda saf bo'linmalarida kutubxonalar tashkil etib, shaxsiy tarkib sonidan kelib chiqqan holda (har bir xodimga kamida 10 ta kitob) axborot-kutubxona fondini shakllantirish. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil aprel` |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov, A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. |
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar faolligini oshirishni nazarda tutuvchi quyidagi tadbirlar tizimini joriy etish: xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun ularning zaxirasini shakllantirib borish; kadrlar zaxirasiga kiritilgan xotin-qizlarda rahbarlik sifatlarini shakllantirish choralarini ko'rib borish; xotin-qizlarning ijtimoiy-maishiy muammolarini o'rganib borish va hal etishga ko'maklashish; xotin-qizlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini yuksaltirish choralarini ko'rish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2023 yil davomida |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov) |
10. |
Xodimlarning ijtimoiy himoya masalalaridagi murojaatlarini qabul qilish hamda ularni adolatli va xolisona ko'rib chiqish tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: xodimlarning ijtimoiy himoya masalalaridagi murojaatlarini qabul qilish tizimini to'liq raqamlashtirish; xodimlarga ajratiladigan ijtimoiy yordam masalalariga doir murojaatlari komission tartibda ko'rib chiqilishini ta'minlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2023 yil mart — sentyabr` |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov, N. Turaxodjaev) |
11. |
Quyidagilarni nazarda tutgan holda ichki ishlar organlari faoliyatini psixologik ta'minlashning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish: ichki ishlar organlari tizimiga shartnoma asosida mutaxassis-psixologlarni jalb etish va aholiga pullik xizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan psixologik markazlarni tashkil qilish; ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish vakolatiga ega tarkibiy va hududiy bo'linmalarda psixolog mutaxassislarini poligraf apparati bilan ta'minlash; xizmatning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, ichki ishlar organlari xodimlari orasida suitsidal holatlar va tushkun kayfiyatning oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi psixologik tadbirlarning zamonaviy usullarini tatbiq etish; xodimlarning psixologik portreti hisobini majburiy yuritish tartibini joriy etgan holda, ichki ishlar organlarida lavozimga tayinlash va attestatsiya o'tkazish jarayonlarida mutaxassis-psixologlarning qat'iy rolini belgilash. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil aprel` |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov, A. Abidjanov) |
12. |
Ichki ishlar organlarining mukofotlash va geral`dika faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: ichki ishlar organlarida markaziy, hududiy va sohaviy mukofotlash va geral`dika komissiyalarini tashkil etish; davlat mukofotlari va faxriy unvonlariga taqdim etish, shuningdek, idoraviy rag'batlantirish choralarini qo'llashning aniq mezon, talab va tartiblarini tasdiqlash; idoraviy rag'batlantirish choralarining hisobini olib borish bo'yicha elektron bazani yaratish; mukofotlash uchun nomzodlar ro'yxatini xolislik va adolat mezonlari asosida shakllantirish, nomzodlarning erishgan yutuqlarini har tomonlama o'rganish va ularga nisbatan jamoatchilikning ijobiy fikrini inobatga olish talabini o'rnatish; ichki ishlar organlarida geral`dika faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlash; mukofotlash jarayoniga mas'uliyatsiz yondashgan, xolislik va adolat mezonlariga rioya etmagan ichki ishlar organlari rahbarlari uchun qat'iy intizomiy javobgarlik choralarini qo'llash. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil aprel` |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov) |
13. |
Ichki ishlar organlarida xizmat qilishga nomzodlarni tanlashning adolatli va shaffof tizimini yaratib, o'rnatilgan tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik to'siqlarni bartaraf etish zarurligini hisobga olgan holda quyidagilar nazarda tutish: «E-nomzod» yopiq axborot tizimini yaratish, xizmatga qabul qilish jarayonlarini to'liq raqamlashtirish; lavozimlarni yuqori ma'naviy-axloqiy, ishchanlik va kasbiy sifatlarga ega nomzodlar bilan jamlashni nazarda tutgan holda, ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilishning sifat jihatdan yangi, soddalashtirilgan tartibini o'rnatish; tanlovning barcha bosqichlarida faqat «yaxshi» va «a'lo» baho olgan nomzodlarni xizmatga qabul qilish choralarini ko'rish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2023 yil mart — dekabr` |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov, N. Turaxodjaev) |
14. |
2023 — 2025 yillar davomida hududiy ichki ishlar organlarida nomzodlarni xizmatga qabul qilishda ko'rgazmalar ro'yxati, info-kiosk, hujjatlar o'zgarib turish bosqichining elektron tablodagi monitoringi, kutish inventari va h.k. bilan jihozlangan markazlarini tashkil etish va faoliyatini yo'lga qo'yish (Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining tajribasidan kelib chiqqan holda). |
Tadbirlar rejasi |
2023 yil fevralda tasdiqlash |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov, A. Abidjanov) |
15. |
Ichki ishlar organlarida yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishning yangi tizimini joriy etish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: yosh kadrlarni istiqbolli va amaldagi rahbarlar zaxirasiga kiritish tartibi va aniq mezonlarini nazorat mexanizmini o'rnatgan holda belgilash; Ichki ishlar vazirligi ta'lim muassasalarining a'lochi-bitiruvchilari faoliyatini monitoring qilish va xizmat pog'onalaridan ko'tarilishini nazoratini yuritish. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil mart |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov) |
16. |
Xalqaro politsiya tizimida raqobatbardosh kadrlarni tanlash, xizmatga qabul qilish, tayyorlash va malakasini oshirish borasida ilg'or xorijiy tajribalarni o'rgangan holda ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ta'minlash sohasini takomillashtirib borish. Bunda quyidagi yo'nalishlarda ilg'or tajribalarni xorijiy davlatlarga amaliy tashriflar tashkillashtirgan holda o'rganish: kadrlarni tanlashda Germaniya, Frantsiya va Koreya respublikalari, kadrlarni tayyorlashda Yaponiya va Turkiya Respublikasiga xizmat safarlari amalga oshirish orqali ular tajribasini o'rganish; o'rganishlar natijasi bo'yicha ilg'or tajribalarni O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimiga joriy etish choralarini ko'rish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2023 yil mart — noyabr` |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov, A. Ikramov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
17. |
Ichki ishlar vazirligining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarining 2023 — 2027 yillarga mo'ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: kontseptual normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari; magistrlik, falsafa doktori va fan doktori dissertatsiyalari mavzulari (ichki ishlar organlari faoliyatiga mos ravishda); turdosh (milliy, xorijiy) tashkilotlar bilan hamkorlikda bajariladigan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalari mavzulari; monografiya va metodikalar mavzulari; respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy tadbirlar; xorijiy ilmiy stajirovkalar va tajriba almashish bo'yicha ilmiy safarlar. |
Qo'shma qaror |
2023 yil aprel` |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
18. |
2024/2025 o'quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining magistraturasida «ilmiy-pedagogik faoliyat» mutaxassisligi bo'yicha ichki ishlar organlari uchun ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlashga qaratilgan o'quv jarayonini yo'lga qo'yish choralarini ko'rish. Bunda quyidagi talablar nazarda tutiladi: mazkur mutaxassislik bo'yicha tanlovni kamida ikki yillik amaliy xizmat stajiga ega tayanch oliy yuridik ma'lumotli ichki ishlar organlari xodimlari orasidan amalga oshirish; Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriat ta'lim yo'nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan bitiruvchilar uchun mazkur mutaxassislik bo'yicha magistraturaga tanlovsiz kirish huquqini berish hamda o'qishni tamomlagandan so'ng ularga ichki ishlar organlari ta'lim va ilmiy muassasalarida kamida uch yil uzluksiz ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish majburiyatini yuklash. |
Tashkiliy tadbirlar kompleksi |
2023 yil noyabr` |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov, R.Xatamov) |
19. |
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida ichki ishlar organlari ta'lim va o'quv muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini quyidagi choralarni nazarda tutgan holda yo'lga qo'yish: ichki ishlar organlari ta'lim va o'quv muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish muddatlari, talablari va yo'nalishlarini nazarda tutuvchi tartibni belgilash; o'quv dasturlari va rejalarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o'qitishning ilg'or yondashuvlarini inobatga olgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash; o'quv jarayoniga mahalliy va xorijiy etakchi ta'lim va o'quv muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini shartnoma asosida jalb qilish amaliyotini joriy etish. |
Qo'shma qaror |
2023 yil mart |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov, A. Ikramov, R. Xatamov), Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) |
20. |
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida xorijiy mamlakatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlarini tayyorlash va o'qitish tizimini quyidagi choralarni nazarda tutgan holda yo'lga qo'yish: Akademiyaning umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakul`tetini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish ishlarini amalga oshirish; xorijiy mamlakatlar ichki ishlar organlari (politsiya)kadrlarini qabul qilish, tayyorlash va bitiruv tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilash; xorijiy mamlakatlar ichki ishlar organlari (politsiya)kadrlari vaqtincha yashashi va madaniy-hordiq tadbirlarini tashkil etish masalalarini hal qilish; xorijiy mamlakatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlarini tayyorlash va o'qitish tizimini moliyalashtirish choralarini (belgilangan tartibda tuziladigan ikki tomonlama xalqaro shartnomalarga muvofiq beg'araz, imtiyozli hamda to'lov asosida) belgilash. |
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2023 yil may |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov, A. Ikramov, R. Xatamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
21. |
Quyidagilarni nazarda tutgan holda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo'l-patrul` va patrul`-post xizmatlari bo'linmalari xodimlarini «Fuqarolar bilan ishlash moduli» asosida o'qitish amaliyotini yo'lga qo'yish: xodimlarni ularning sohaviy xizmatda ishlash layoqatini aniqlash maqsadida har uch yilda bir marotaba alohida o'quv dasturi asosida o'qitish; o'quv kurslari yakunida umumiy va maxsus modullar bo'yicha sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan xodimlarga sertifikat berish. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil mart |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov) |
22. |
2023 yil yakuniga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Malaka oshirish institutining professor-o'qituvchilar tarkibi faoliyatini «Smart reyting» avtomatlashtirilgan elektron reyting axborot tizimi orqali baholash tartibini joriy etish. Mazkur tizimning natijalarini quyidagi jarayonlarda inobatga olish: professor-o'qituvchilarni rag'batlantirish, ularga individual ustamalarni belgilashda; yuqori lavozimga tayinlashda; malaka toifalar darajalarini belgilashda; maxsus unvonlarni berishda. Tizim orqali tuzilgan reyting natijalari bo'yicha oxirgi o'nta o'rinni egallagan professor-o'qituvchi har yili iyul` oyida navbatdan tashqari attestatsiyaga qo'yilib, pedagogik faoliyatini davom ettirish masalasi ko'rib chiqiladi. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil mart |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov, N. Turaxodjaev) |
23. |
Xorijiy davlatlar ta'lim muassasalariga o'qishga yuborish uchun tanlab olingan nomzodlarni O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlariga xizmatiga qabul qilish hamda ularning tahsil olish tizimini quyidagi choralarni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish: o'qishga qabul qilingan tinglovchilarning tantanali xizmat qasamyodini qabul qilish tartibini yo'lga qo'yish; tinglovchilarning ma'naviy-ma'rifiy va siyosiy bilimlarini mustahkamlash, respublika va tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar bo'yicha «ma'naviyat-ma'rifat darslarini» tashkil qilish; o'quv ta'tiliga kelgan tinglovchilardan semestr yakuni bo'yicha komissiya tartibida o'quv hisoboti va sinovlarni qabul qilish; har yili yozgi o'quv ta'tili vaqtida tinglovchilar bilan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bir haftalik maxsus o'quv kursi tashkil etish. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil aprel` |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov) |
24. |
Ichki ishlar vazirligining Maxsus tayyorgarlik o'quv markazi faoliyatini quyidagi choralarni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish: maxsus va kinologiya bo'linmalari faoliyatiga mos ravishda, amaliy mashg'ulotlarni keskin ko'paytirgan holda o'quv dasturlari va rejalarini qayta ko'rib chiqish; pedagogik faoliyatni tanqidiy ko'rib chiqib, uni instruktorlik xususiyatlariga moslashtirish hamda o'quv jarayonida ortiqcha hujjatlashtirish talablarini kamaytirish; instruktorlar tarkibini maxsus bo'linmalarda xizmat qilgan yoki jangovar va jismoniy tayyorgarlik sohasida yuqori natijalarga erishgan xodimlar orasidan shakllantirish; respublika va xalqaro miqyosida o'tkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashish uchun maxsus bo'linmalar o'rtasida ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash jarayoni, moddiy-texnika va o'quv bazasini tashkil etish; o'quv jarayonida foydalanish uchun maxsus bo'linmalar tomonidan qo'llanadigan zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta'minlash. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil mart |
Ichki ishlar vazirligi (Sh. Sabirov, A. Abidjanov) |
25. |
Ichki ishlar vazirligi Ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash. Jumladan: maktab-internatning ustavini tasdiqlash; o'quvchilar sonini ikki baravarga ko'paytirish; O'zbekiston tarixi, chet tillari va matematika fanlarini chuqurlashtirilgan holda o'qitishni yo'lga qo'yish; maktab-internatning ma'muriy binosi hududida 500 o'ringa mo'ljallangan o'quvchilar yotoqxonasini qurish; o'quvchilarga mo'ljallangan sport majmuasini qurish uchun maktab-internatga tutash hududdagi 16 sotix er maydonini Ichki ishlar vazirligi balansiga o'tkazish choralarini ko'rish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2023 yil may |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi (X. Umarova), Toshkent shahri hokimligi (B. Raxmonov) |
26. |
Ichki ishlar organlarida xodimlarning jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: hududiy bo'linmalarda sportning yakka kurash turlari bo'yicha terma jamoalar va sektsiyalarni tashkil etish; jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlarini o'tkazish uchun sport ustalari, murabbiylar va harbiy pensionerlarni shartnoma asosida jalb etish; jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlarini o'tkazishning zamonaviy metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; hududiy ichki ishlar organlari xodimlarining kunlik tayyorgarligini tashkillashtirish mexanizmi va tartibini tanqidiy qayta ko'rib chiqish; shaxsiy tarkibining jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasini baholash bo'yicha KPI tizimini joriy etish. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil aprel` |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikromov) |
27. |
Ichki ishlar organlarida jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish kontseptsiyasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining xususiyatidan kelib chiqib, xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini tashkil etishning innovatsion mexanizmlarini joriy etish; jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo'yicha professional mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil etish; shaxsiy tarkib o'rtasida sog'lom turmush tarzi va sog'lom ovqatlanishni targ'ib qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, xodimlarning oila a'zolarini sportga jalb etish; ichki ishlar organlarining jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish ob'ektlari va infratuzilmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; ichki ishlar organlari xodimlarining respublika hamda xalqaro sport musobaqalari, shuningdek, xalqaro politsiya o'yinlari bellashuvlarida munosib ishtirokini ta'minlash; xalqaro musobaqalarda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan sportchi xodimlarni rag'batlantirish mexanizmlarini belgilash. |
Qo'shma qaror |
2023 yil aprel` |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov, A. Ikramov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikromov) |
28. |
2023 — 2027 yillarda ichki ishlar organlarida jismoniy va jangovar tayyorgarlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. Bunda quyidagilar moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi: Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablag'lari; Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetining qo'shimcha manbalari mablag'lari. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil may |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov, A. Abidjanov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
29. |
Tizimda professional darajadagi jismoniy, jangovar va kasbiy tayyorgarlikka ega xodimlarni rag'batlantirishning samarali mexanizmlarini joriy etish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: har o'quv yili yakuni bo'yicha eng yaxshi safdor, serjant va ofitser xodimlarni aniqlash bo'yicha «Kasbiy olimpiada o'yinlari»ni o'tkazish hamda sovrindor xodimlarni moddiy rag'batlantirish; «Kasb a'lochisi» ko'krak nishonini ta'sis etish hamda ushbu nishonni «Kasbiy olimpiada o'yinlari» respublika bosqichida birinchi o'rinni egallagan xodimlarga berish amaliyotini yo'lga qo'yish; respublika bosqichida sovrindor bo'lgan o'rta yoki o'rta maxsus ma'lumotga ega safdor va serjant xodimlarni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga sirtqi ta'lim shakliga tanlovlarsiz o'qishga qabul qilish. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil mart |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov, R. Xatamov) |
30. |
Hududiy ichki ishlar organlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan holda «E-XID» — «Xodimbay ishlash daftari» elektron axborot tizimini joriy qilish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: shaxsiy tarkib bilan tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy tadbirlarni individual tartibda elektron shaklda qayd etish hamda xodimlarning «ijtimoiy portreti»ni shakllantirish imkoniyatini beruvchi dastur yaratish; ish yuritish reglamentini tasdiqlash; hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlarini 2023-2024 yillar davomida bosqichma-bosqich planshetlar bilan ta'minlash; «E-XID» elektron axborot tizimini 2023 yil 2-chorak yakuniga qadar Toshkent shahri ichki ishlar organlarida, 2023 yil yakuniga qadar yana 6 ta hududda, 2024 yil 1 iyundan respublikaning barcha hududlarida yo'lga qo'yish. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil may |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov, N. Turaxodjaev, A. Abidjanov) |
31. |
Ichki ishlar organlarida tashkiliy-shtat ishlarini amalga oshirish nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: tashkiliy-shtat tuzilmalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish jarayonining qat'iy tartibi va talablari; lavozimlarni o'zgartirish chora-tadbirlari va mezonlari; tuzilmalar va rahbariy lavozimlarni tashkil etish (kiritish)ning aniq mezonlari; shtat birliklaridan noto'g'ri foydalanilganligi uchun ichki ishlar organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligi. |
Idoraviy normativ hujjat |
2023 yil aprel` |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov) |
32. |
Ichki ishlar vazirligi o'quv-dala markazining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, simulyatsiya-immitatsion poligonlarni tashkil etish choralarini ko'rish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2023 yil aprel` — noyabr` |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov, A. Abidjanov) |
33. |
2023-2024 yillarda ichki ishlar organlari davolash va sog'lomlashtirish infratuzilmasini quyidagilarni nazarda tutgan holda rivojlantirish choralarini ko'rish: Navoiy va Surxondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot bo'limlari tarkibida 40 o'rinli gospitallarni tashkil etish (Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari, Bojxona qo'mitasi va Milliy gvardiya Qo'riqlash bosh boshqarmasining byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan); Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasining Zomin tumanida joylashgan sog'lomlashtirish oromgohi hududida pul`monologiya va reabilitatsiya bo'limlaridan iborat 60 o'rinli viloyatlararo reabilitatsiya markazini tashkil etish (Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmatining byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan). |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2023 yil aprel` |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov, A. Ikramov, A. Abidjanov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
34. |
Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo'yicha moddiy-texnika bazani quyidagilarni nazarda tutgan holda rivojlantirish: Guliston shahridagi «Dinamo» sport majmuasi hududida jismoniy va jangovar tayyorgarlik mashg'ulotlarini kompleks tarzda o'tkazish imkoniyati beruvchi zamonaviy inshoot barpo etish hamda tegishli sport va jangovar (elektron tir va h.k) inventarlar bilan jihozlash; Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadini qo'shimcha bino qurish orqali Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hududiga joylashtirish hamda patrul`-post xizmati bilan birgalikda jangovar va jismoniy tayyorgarlik hamda tezkor harakatlanish mashg'ulotlarini tashkil etish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2023 yil may |
Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov, B. Abdullaev, A. Abidjanov) manfaatdor vazirlik va idoralar |
Normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasiga qarab qayta ko'rib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-son qaroriga
4-ILOVA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi «Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-2883-son qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:
«Belgilansinki, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi va hududiy ichki ishlar organlari tarkibidagi tibbiyot bo'limlari, shu jumladan ambulatoriyalar, davlat tibbiyot muassasalari hisoblanadi».
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi «Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3216-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi «ixtisoslashgan oliy ta'lim» so'zlaridan keyin «va ilmiy-tadqiqot» so'zlari bilan to'ldirilsin;
b) 6-bandning beshinchi xatboshisidagi «Kadrlar bosh boshqarmasi» so'zlari «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti» so'zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«8. Belgilansinki, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta'lim shakliga o'qishga kirgan shaxslar kursantlar safiga, sirtqi ta'lim shakliga, magistraturaga, shuningdek, Malaka oshirish institutining maxsus kasbiy tayyorgarlik va boshlang'ich kasbiy tayyorgarlik kurslariga o'qishga kirgan (yuborilgan)lar esa tinglovchilar safiga qabul qilinadi».
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi «Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3413-son qarorida:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshisi «oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirgan fuqarolar bilan» so'zlaridan keyin «(to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirganlar bundan mustasno)» so'zlari bilan to'ldirilsin;
b) 6-bandda:
ikkinchi xatboshidagi «, biriktirilayotgan xodimlarning sohaviy xizmat yo'nalishi bo'yicha kamida besh yil xizmat qilgan» so'zlari «amaliy xizmat staji besh yildan ortiq bo'lgan» so'zlari bilan almashtirilsin;
to'rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«maxsus kasbiy tayyorgarlik va boshlang'ich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi yoki oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta'lim muassasalari, xalqaro shartnomalar asosida xorijiy davlatlar oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilariga biriktirilgan murabbiylarga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida har oylik ustama haq to'lanadi»;
v) 8-bandning «v» kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«v) O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus byudjetdan tashqari jamg'armasi mablag'larining 10 foizi xizmatda samarali natijalarga erishgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish uchun tashkil etiladigan alohida hisob raqamiga yo'naltiriladi, bunda ularni ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda maqsadli ishlatishni ta'minlash vazifasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti zimmasiga yuklatiladi»;
g) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«10. Ichki ishlar organlarida xizmatni o'tash tartibi to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin»;
d) 1-ilovada:
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«10. Nomzodlarni xizmatga tanlab olish tadbirlari quyidagi saralash va o'rganish bosqichlarini o'z ichiga oladi:
a) saralash bosqichi:
ro'yxatdan o'tish;
dastlabki o'rganish (ushbu Nizomda belgilangan umumiy talablarga mos kelishini tekshirish);
intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash;
test sinovi (nomzodlarning O'zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo'yicha bilimlarini baholash);
jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
b) o'rganish bosqichi:
xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiya ko'rigidan o'tkazish;
2023 yil 1 sentyabrdan e'tiboran, psixofiziologik (poligraf) tekshiruv (ichki ishlar organlarida xizmat qilish uchun to'sqinlik qiladigan salbiy omillarni aniqlash maqsadida).
Dastlabki o'rganish hamda intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash natijalari asosida test sinovi bosqichiga qo'yilgan nomzodlarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etiladi.
Test sinovlari belgilangan tartib asosida O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladi.
Test sinovlarining savollari umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim fanlarining o'quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Nomzodlar test sinovlarini o'zlarining tanlovi bo'yicha davlat tili, rus tili yoki qoraqalpoq tilida topshiradilar.
Test sinovlarini o'tkazish tartibi hamda saralash bali O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar o'rganish bosqichiga qo'yiladi.
Tor ixtisoslik bo'yicha mutaxassislar qatoridan bo'lgan nomzodlar O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan ro'yxat va tartibda saralash bosqichisiz o'rganish bosqichi orqali xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Mavjud bo'sh lavozimlarni hisobga olgan holda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig'majildi rasmiylashtiriladi.
Saralash va o'rganish bosqichlari natijalariga ko'ra nomzodning xizmatga ma'naviy-kasbiy va sog'liq jihatdan mosligi to'g'risida xulosa chiqariladi»;
11-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig'majildlarini rasmiylashtirish ichki ishlar organlarining kadrlar bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Nomzodning tegishli hujjatlarini yig'ish jarayonida unga bir paytning o'zida o'rganish bosqichidan o'tish uchun yo'llanma beriladi»;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«15. Quyidagi nomzodlar, istisno tariqasida, tanlab olish tadbirlarining saralash bosqichidagi test sinovi va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan ozod etiladi:
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo'lganlar;
oliy ta'lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar;
professor-o'qituvchi va ilmiy tarkib lavozimlariga nomzodlar;
ekspert-kriminalistika, ish yuritish, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari, tahliliy va yuridik ta'minlash bo'linmalariga nomzodlar;
sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari bo'yicha Olimpiya va Osiyo o'yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to'rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g'olib va sovrindor (1 — 3 o'rin)) individual turlarida g'olib chiqqan nomzodlar;
talabalar, magistrlar yoki doktorantlar uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo'lgan nomzodlar.
Xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida halok bo'lgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari xizmatga qabul qilinishida O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ustunlikka ega bo'ladi»;
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«17. O'rganish bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan, shuningdek, shaxsiy hujjatlar yig'ma jildi to'liq rasmiylashtirilgan nomzodlar xizmatga qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan boshliqning buyrug'i bilan xizmatga qabul qilinadi va ichki ishlar organlarining boshlang'ich kasbiy tayyorgarlik kurslariga yuboriladi.
Boshlang'ich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan va belgilangan sertifikatga ega bo'lgan xodimlar xizmatga qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan boshliqning buyrug'i bilan tegishli lavozimga tayinlanadi»;
birinchi xatboshi «tayinlanadi va unga» so'zlaridan keyin «lavozimga tayinlangan paytidan boshlab» so'zlari bilan to'ldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi «uch oydan» so'zlari «bir yildan» so'zlari bilan almashtirilsin;
30-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Safdor» maxsus unvoni ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilingan, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta'lim muassasalari va chet davlatlar ta'lim muassasalari (O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan kelishuv asosida yuborilgan) kursant (tinglovchi)lari safiga qabul qilingan shaxslarga ularni qabul qilish bilan bir vaqtda beriladi, serjantlar tarkibining maxsus unvoniga ega xodimlar bundan mustasno»;
31-bandning birinchi xatboshisi «tayyorlash dasturi bo'yicha» so'zlaridan keyin «maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslarini» so'zlari bilan to'ldirilsin;
32-bandning ikkinchi xatboshisi «Ichki ishlar organlari» so'zlaridan oldin «Boshlang'ich kasbiy tayyorgarlikdan o'tib,» so'zlari bilan to'ldirilsin;
33-bandning oltinchi xatboshisidagi «qabul qilinib» so'zlari «tayinlanib» so'ziga almashtirilsin;
36-bandning uchinchi xatboshisi «Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining» so'zlaridan keyin «, Huquqni muhofaza qilish akademiyasining yoki Jamoat xavfsizligi Universitetining» so'zlari bilan to'ldirilsin;
42-bandning ikkinchi xatboshisi «ixtiyorida bo'lganda» so'zlaridan keyin «(bola parvarishlash ta'tili berilgan xodimlar bundan mustasno)» so'zlari bilan to'ldirilsin;
58-band quyidagi mazmundagi «z» kichik band bilan to'ldirilsin:
«z) xodimga bola parvarishlash ta'tili berilganida, egallab turgan lavozimidan ozod etilib, ichki ishlar organlari ixtiyoriga olinishi mumkin.
Xodimlar bolani parvarishlash uchun berilgan ta'til muddati tugamasdan xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishish huquqiga ega.
Bolani parvarishlash uchun berilgan ta'tildan chiqqan xodim muqaddam egallagan lavozimiga (agar bo'sh bo'lsa), buning imkoni bo'lmasa, boshqa teng lavozimga tayinlanadi»;
68-bandning birinchi xatboshisi «o'qishga kirgan fuqarolar bilan» so'zlaridan keyin «(to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirganlar bundan mustasno)» so'zlari bilan to'ldirilsin;
69-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«69. Xizmatga qabul qilingan fuqarolar (kursantlar va maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslari tinglovchilari bundan mustasno) majburiy tartibda uch oy muddatli boshlang'ich kasbiy tayyorgarlikdan o'tadilar»;
105-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Bolani parvarishlash ta'tillari muddati xodimning xizmat stajiga (shu jumladan mutaxassisligi bo'yicha xizmat stajiga ham) qo'shiladi, lekin hammasini jamlaganda olti yildan oshmasligi kerak. Bunda xizmat muddati har bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda hisoblanadi»;
161-bandning uchinchi xatboshisi «xizmat muddati» so'zlaridan keyin «pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblash chog'ida» so'zlari bilan to'ldirilsin;
e) 2-ilova o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 fevraldagi «Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida» PQ-4212-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisida:
«Ichki ishlar vazirligi,» so'zlaridan keyin «Favqulodda vaziyatlar vazirligi,» so'zlari bilan to'ldirilsin;
«taqdimnomasi» so'zlari «tavsiyanomasi» so'zlariga almashtirilsin;
b) 3-bandda:
birinchi xatboshisidagi «farzandlariga (keyingi o'rinlarda — xodimlarning farzandlari)» so'zlari «farzandlari uchun (keyingi o'rinlarda — xodimlarning farzandlari) besh foizli kvota ajratiladi» so'zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«respublika oliy ta'lim muassasalariga — davlat granti asosida oliy ta'lim muassasalari bakalavriati (ikkinchi ta'limdan tashqari)ga umumiy belgilangan qabul ko'rsatkichlari kvotasidan tashqari;
harbiy ta'lim muassasalariga — kursant (o'quvchi)larning umumiy qabul sonidan»;
beshinchi xatboshidagi «uch» so'zi «besh» so'zi bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi «taqdimnomasi» so'zi «tavsiyanomasi» so'zi bilan almashtirilsin;
ettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«xodimlar, shu jumladan halok bo'lgan xodimlarning farzandlarini oliy ta'lim muassasalari va harbiy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish uchun tavsiyanoma (keyingi o'rinlarda — tavsiyanoma) O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan vazirlik Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti boshlig'ining iltimosnomasi asosida beriladi»;
v) 4-banddagi «Kadrlar bosh boshqarmasi» so'zlari «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti» so'zlari bilan almashtirilsin.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi «O'smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va Davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4375-son qarorida:
a) 8-bandning «g» kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«g) «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga O'zbekiston Respublikasi oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta'lim muassasalariga o'qishga kirishda yakka tartibdagi yakuniy suhbat yoki O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan test sinovlarida o'zlari to'plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishda esa o'zlari to'plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo'shimcha ballar ko'rinishida imtiyoz beriladi»;
b) 3-ilovada:
1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi hamda Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyiga o'quvchilarni tanlash va saralash tartibi tegishincha Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi»;
5-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:
«Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi o'quvchilarning kiyim-bosh namunalari va kiyinish tartibi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi».
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi «Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-5076-son qarorida:
a) 4-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:
«Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakul`teti va Ichki ishlar vazirligi Maxsus tayyorgarlik o'quv markazi tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda boshlang'ich kasbiy tayyorgarlik kurslari tashkil etiladi»;
oltinchi xatboshi ettinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 9-bandning «a» kichik bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Akademiyaning byudjetdan tashqari mablag'lari, shu jumladan to'lov-kontrakt asosida o'qitish mablag'lari hisobidan bir o'quv yili davriga Akademiyaning kafedralariga ularning shtatlar sonining 30 foizigacha bo'lgan miqdorda o'qituvchilarning qo'shimcha shtat birliklarini kiritish»;
v) 11-bandning to'rtinchi xatboshisidagi «50» raqami «30» raqami bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023 y., 07/23/10/0043-son)