10 Iyul 2022 599

Yunusobod tumanida toʻxtatilgan “Cobalt” avtomobilining haydovchisi qidiruvda boʻlib chiqdi

2022-yil 8-iyul kuni soat 11:00 larda Yunusobod tumani, A.Navoiy va Sh.Rashidov koʻchalari chorrahasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi J.Abdulfayziyev tomonidan “Cobalt” rusumli avtomobil toʻxtatilib, haydovchi, 1984-yilda tugʻilgan I.R.ning maʼlumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2022-yil 11-mart kunidan buyon qidiruvdaligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro I.R. Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan.

Yoʻllarda tekshiruvlar davom etmoqda.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага