26 Noyabr 2022 899

Yunusobod tumanida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB probatsiya xizmati xodimlari jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuviga amaliy yordam ko‘rsatmoqdalar.

Jumladan, Yunusobod tumani IIO FMB va Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining masʼul xodimlari, probatsiya ro‘yhatida turgan fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini tashkil etdilar. Mehnat yarmarkasida tumandagi vaqtincha ishsiz aholi, shuningdek probatsiya ro‘yhatiga olingan 15 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilariga ularning yashash joylari, mutaxassisligi va malakasini hisobga olgan holda bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Yarmarka davomida 8 nafar fuqaroga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga yo‘llanma berilib, ulardan 4 nafari bilan mehnat shartnomasi tuzildi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага