7 Avgust 2022 860

Yunon-rum kurashi musobaqasida 10-son tergov hibsxonasi xodimlari faxrli 2-oʻrinni egalladi

IIV huzuridagi JIED 2-mintaqaviy hudud 10-son tergov hibsxonasi xodimlari vatanparvarlik oyligi doirasida oʻtkazilgan Fargʻona viloyati “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati kengashining 2022-yil taqvimiy rejasiga asosan, joriy yilning 5-avgust kuni sportning “Yunon-rum” turi boʻyicha Fargʻona shahri 2-sonli sport maktabi sport majmuasida huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari oʻrtasida “Dinamo” birinchiligi boʻyicha 10-son tergov hibsxonasining tartibot va qoʻriqlash boʻlimi nazoratchilari safdor Uktamov Dostonbek Umidjon oʻgʻli 1-oʻrinni, safdor Qoʻchkorov Iskandar Yusufjonovich 2-oʻrinni, tartibot va qoʻriqlash boʻlimi qoʻriqlash otryadi nazoratchisi safdor Meliboev Аzizbek Аbdullaevich 2-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Shuningdek, Fargʻona shahri 2-sonli sport maktabi sport majmuasida huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Dinamo” birinchiligining umum jamoasi boʻyicha IIV huzuridagi JIED 2-mintaqaviy hudud 10-son tergov hibsxonasi faxrli 2-oʻrinni egalladi.

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага