4 Avgust 2021 5209

YUNISEF bilan onlayn seminar-trening o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi hamda BMTning bolalar fondi (YUNISEF) bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tuman, shahar ichki ishlar organlari tarkibida voyaga etmaganlar masalalari bo'yicha inspektor-psixolog lavozimlari joriy etilmoqda.

Voyaga etmaganlar masalalari bo'yicha inspektor-psixologlarni tayyorlash maqsadida  BMTning bolalar fondi (YUNISEF) bilan hamkorlikda 5 kunlik onlayn tarzda o'quv seminar-treningi tashkil etilgan bo'lib, mazkur seminar-treningda voyaga etmaganlar va yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tashkil etish guruhlari xodimlari ishtirok etishi tashkil etildi.

Seminar-trening davomida, Yoshlar va voyaga etmaganlarni jamiyatga barkamol avlod qilib etkazib berish, ular bilan alohida shart-sharoitlarga ega bo'lgan tartibda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida o'zlarini qiziqtirgan savollar va fikr mulohazalari bilan faol ishtirok etib, YUNISEF vakillari va Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan batafsil javoblar berildi.

IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага