13 Fevral 2023 708

YPX inspektorlarida shubha uygʻotgan yoʻlovchining yonida taqiqlangan modda borligi aniqlandi

2023-yil 11-fevral kuni soat 22:20 larda, Shayxontohur tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari kichik serjant J.Temirov, safdor Q.Zikirovlar tomonidan Spark rusumli avtomobil toʻxtatilib hujjatlari tekshirilganda, yoʻlovchisi oʻz xatti-harakatlari va gap soʻzidan YPX inspektorlarida shubha uygʻotgan, xolislar ishtirokida yoʻlovchi koʻzdan kechirilganda yonidan 1990-yilda tugʻilgan Sh.Sh.ning yonidan 19 “Regapen” psixotrop dori vositalari va qora rangli, oʻtkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan tabletkalar Shayxontohur tumani IIO FMB ga topshirilgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага