12 Mart 2023 465

YPX inspektoriga pora taklif qilgan shaxs qoʻlga olindi

Joriy yilning 6-mart kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV YPX inspektori S.A.ning bildirgisiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida, fuqaro F. Sh. shu yilning 6-mart kuni qudasi U. D. tomonidan “Neksiya 2” rusumli avtomashinasini spirtli ichimlik taʼsirida boshqarib, avtomashina jarima maydonchasiga quyilgan holati toʻplangan materiallarni sudga yubormasdan, avtomashinani jarima maydonchasidan olib chiqib berish evaziga YPX inspektori S. A.ga 2 million soʻm pullarni pora sifatida berayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага