20 Yanvar 2023 588

Yozyovon tumanida telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Yozyovon tumanida fuqaro A.A IIBga murojaat qilib, unda 02-yanvar kuni nomaʼlum shaxs Mustaqillik koʻchasida joylashgan savdo doʻkoni savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirgan narxi 800.000 soʻmlik “RedMi Note-7” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.R ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага