4 Dekabr 2021
4805
“Yoshlar press-klubi” koʻrsatuvida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ishlar muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi “Yoshlar ishlari agentligi”da tasvirga olingan “Yoshlar press-klubi” koʻrsatuvida Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Unda spiker sifatida ishtirok etgan mutasaddilar jurnalist va blogerlarning mavzu doirasidagi savollarida javob berib, korrupsion jinoyatlar va ularning oldini olish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Qizgʻin munozara va savol-javoblarga boy oʻtgan matbuot anjumanida pora olish va berish singari jinoyat sodir etganligi uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar intervyusi orqali tayyorlangan video rolik ham qoʻyib berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati