Yoʻqotilgan telefon orqali bank kartasidan pullar yechib olingan
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro 1984-y.t., A.N., IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2012-y.t. voyaga yetmagan oʻgʻli ehtiyotsizligi oqibatida telefon qurilmasini yoʻqotib qoʻyganligi va shu kunning oʻzida telefon qurilmasiga bogʻlangan bank kartasidan jami 540.000 soʻm pullar nomaʼlum shaxs tomonidan yechib olinganligini bildirib, yoʻqotilgan telefon va pullarni topib berishda hamda nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi 1999-y.t. P.M., sodir etganligi aniqlangan.
P.M. jabrlanuvchi tomonidan yoʻqotilgan telefon qurilmasi orqali bank kartasi boshqaruvini oʻz qurilmasiga oʻtkazib olib pullarni oʻzlashtirganligi maʼlum boʻldi.
P.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi